F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat qilishga tayyorgarlik va uning bosqichlari
- Ми him muaminoning yechimini topishga yordam be r a di va «Qanday» savoli orqali muammo hal qilinadi
- Nazorat qilishning usul va uslublari
- Maktabgacha ta’lim muassasalarini frontal yalpi tekshirishning asosiy yoIlari
- Tematik tekshirishning maqsad va vazifalari
- Tayanch tushunchaiar
.—— - ... ... . . -- - - — - - --- J
Tekshirishning rejali bo'lishi va sistemaliligi Ish ahvolini analiz qilishning har tomonlama va ilmiy-pedagogik chuqurligi islitarga balio berishning xolisligi va xulosalarning isbotlanganligi Tekshirishni o'z vaqtida boshlash va tugatish Takliflarning bajarilishini nazorat qilish Nazoratni yordam berisli bilan qo’shib olib borish Har qaysi masalaga alohida yondashish (farq qilmoqj Talabchanlik bilan pedagogik taktni qo’shib olib borish Nazorat qilishga tayyorgarlik va uning bosqichlari Nazorat qilishga nazoratchi-metodistning tavvorgarligi Maktabgacha ta'lim muassasalarini tekshirish oldi- dan tekshiriladigan muassasalar maktabgacha ta’lim bo'limlari tomonidan belgilanadi, buning uchun yuqori boshqarma tomonidan «Ruxsatnoma» xati olinadi. Bizning institutimiz tomonidan esa Toshkent shahar maktabgacha ta'lim maktabgacha ta'lim boshqarmasiga ma’lumotnoma yuboriladi, Bunda tekshiriladigan tuman muassasalarning nomi, raqami ko'rsatiladi. Keyin tuman maktabgacha ta’lim bo'limi mudiri nomiga «Ruxsatnoma» xati olinadi. Tekshirish shahar, hokimiyat - shahar qo'mitalari tomonidan bo'lsa, tekshirish uchun «eslatma-savollar» tuziladi, shu orqali muassasa ishi tekshiriladi. Tekshirishi lozim bo'lgan muassasa haqida maktabgacha ta'lim boTimidan ma’lumot olish; bunda nazoratchi-metodistga muassasasa haqida dastlabki ma'lumotlar berilib, maktabgacha ta'lim muassasalarning maktabgacha ta'lim miqyosida tutgan o'rni, uning butun faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar bilan tanishiladi; Tekshirish rejasi tuzilib, tekshirish muddati, kim tomonidan tekshirilayotganligi ko'rsatiladi (Bu tinglovchi- amaliyotchilar uchun). Nazorat qilishga tayyorgarlik bu - davlatimizning «Maktabgacha ta’lim» bo'yicha qaror, ko'rsatma, buyruq, instruktiv va direktiv hujjatlarini yana bir bor ko'zdan kechirib chiqishni nazoratchi-metodistdan talab qiladi. Bu - «Maktabgacha ta’lim» dasturining hamma bo'limlarini yana bir bor chuqur o'rganishni talab qiladi. Shu o'rinda biz yuqorida aytib o'tilgan «Direktiv» va «Me'yoriy» hujjat nima ekanligini tushunib olishimiz lozimdir. Direktiv hujjat - bu farmon, farmoy ish, yo'l-yo'riq, ko'rsatma, ya'ni yuqori bo'limlar tomonidan quyi bo'limlarga yoki rahbarning o'z xodimlariga bergan ko'rsatma, yo'l-yo'riqlariga aytiladi. Me’yoriy hujjat esa - me'yorlar qoidasiga asoslangan hujjat- dir. Masalan: Bolalarning yoshi bo'yicha yosh guruhlariga to'g'ri taqsimlash, xodimlarni shtat me'yori bo'yicha ishga qabul qilish, smeta bo'yicha xarajatlarni taqsimlash - sarflash, bolalarning ovqatlantirish me'yorlari, tarbiyachilarning oylik ish haqlari va hokazolardan iborat. Shuningdek, xalq xo'jalik rejalarida ko'zda tutilgan . ijtimoiy maktabgacha ta'lim rivojlantirish bo'yicha asosiy ko'rsatkichlarning bajarilishi, Maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidam maktabgacha ta’lim muassasalarini kadrlar bilan ta'minlash, qishloq maktabgacha ta'lim xodimlariga beriladigan imtiyozlardan foydalanishi me’yorlari kiradi. Demak, nazorat qilishni tashkil etish, unga tayyorgarlik tekshiruvchilardan o'z ustida ko'proq ishlashni, goyaviy- siyosiy va ilmiy yetuklikni, tashkiliy, pedagogik va metodik ishlarning mohirono o'z ishida qo'llashni talab etadi. Ми him muaminoning yechimini topishga yordam be r a di va «Qanday» savoli orqali muammo hal qilinadi Nazorat qilishning mazmunli tizimini amalga oshirishda nazorat qilishni olib borish bosqichlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar: Tekshirish rejasini tuzish va tasdiqlatish; Tekshirishning maqsadi va vazifalari to'g'risida mudirani ogohlantirish; lshning borishini xarakterlovchi hujjatlarni o'rganish (hisobot, akt va hokazo). Muassasa xodimlari bilan suhbat; Maktabgacha ta’limni boshqarish ishini o'rganish, uning holatini tahlil qilish; Maktabgacha ta'lim muassasalarining ishni tanlangan holda tekshirish; Maktabgacha ta'limni tashkil etish va uni rivojlantirish- da ijobiy natijalari tajribalarini aniqlash, ularni amalda tatbiq etish yo'llarin ishlab chiqish, tavsiyanomalar ishlab chiqish; Aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish, ularni yo'qotish uchun ko'rsatmalar, amalda yordam berish. Jamoada muhokama qilish; Tekshirish yakunlari bo'yicha ma'lumotnoma yoki akt tuzish; Bajarilgan ishlar bo'yicha boshqarma, bo'lim (amaliyot rahbari oldida hisobot berish). Nazorat qilishning usul va uslublari Bu bosqichiarni amalga oshirish maqsadida biz nazorat qilishning usul va uslublarini o'rganamiz. Nazorat qilishning asosiy usul va uslublari quyidagilar: Bolalar hayotini uyushtirish mashg'ulotlari, kun tartibining turli jarayonlarini kuzatish va tahlil; Pedagogik va moliyaviy, xo'jalik ish hujjatlarni o'rganish va tahlil qilish; Bolalar ishlarini tahlil qilish: Mudira, tarbiyachilar, ota-onalar va bolalar bilan (ularniig bilimi, ongi, nutqining rivojlanishini aniqlash maqsadida) suhbatlashish; «Pedagogik kengash», «Ishlab chiqarish majlislarida», ota- onalar kengashlarida ishtirok etish; Jamoat tashkilotlari vakillari bilan suhbatlashishdan iborat. Bu usul, uslublarni qo'llash - nazorat qilish turiga, qaysi guruhda tarbiyaviy jarayonning qaysi qismi yoki muassasa moliyaviy-xo'jalik ishlarining qaysi tomonlari tekshirishga, nazoratchi-metodistning mutaxassisligi va ish tajribasiga bog'liqdir. Bu ko'p qirrali usularni qo'llash - maktabgacha ta’lim ishini har tamonlama o'rganishda g'oyat ahamiyatlidir. Kuzatish usuli - bu pedagogik jarayondagi yutuq va kamchiliklarni, ishdagi qiyinchiliklarni yo'qotish va ta'lim- tarbiyaviy ish sifatini o'stirishni ta'minlaydi. Kuzatish - pedagogik jarayonini, metodik va moliyaviy- xo'jalik faoliyatining ahvoliga to'g'ri baho beradi va kerakli xulosalar chiqaradL Frontal-yalpi - yangi tekshirish turida bu usul kun davomida tekshirilayotgan pedagogik jarayonni o'z ichiga oladi, bunda: rejali, ta'lim-tarbiya ish mazmunini va turli tarbiya ishini muvofiqlashganligi, maishiy hayotda bolalar hayotini va tarbiyasini tashkil etish, o'quv-tarbiya usul va uslublarini tashkil etish, bolalarning o'yini, mehnati faoliyatlari kuzatiladi. Tematik nazorat turida esa kuzatish usuli tanlangan temaga va uning xarakteriga bog'liqdir. Agar ahvoli kuzatilayotgan bo'lsa, unda tekshiruvchi mashg'ulotlarini chuqur kuzatadi, uning dastur mazmuniga, tuzilishiga, metodikasiga chuqur ahamiyat beradi. O'yin jarayonini kuzatayotganda diqqatni o'yin turiga, o'yin uchun sharoit, bolalarning munosabatlariga va tarbiyachining o'yinga rahbarligiga qaratadi. Pedagogik ishlarni kuzatishdan aniq, yaqqol tushuncha hosil qilmasa qo'shimcha yoki takroriy kuzatish o'tkazish kerak. Tashkiliy-pedagogik faoliyatni kuzatishda: Mudiraning shu ishni to'g'ri tashkil etganligiga, uning tarbiyaviy va xo'jalik ishlarini bir tekisda olib borishiga, jamoa bilan munosabati, tarbiyachi va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar bilan suhbatning mazmuniga, ota-onalarni qabul qilish tartibiga qaratish kerak, Kuzatishda - kuzatilayotgan jarayonning, kun tartibi jarayonlardagi aniqlilik, kun tartibining buzilishi, bolalarning bilim darajasini, ularning axloq me’yorlari, tarbiyachining dastur tinglovchilarini va metodikani egallaganligi va boshqa- larga ahamiyat berish kerak. Kuzatish -jarayonida shu narsa ayon bo'ladiki, tarbiyachining yetarli darajadagi mutaxassisligi, bu kuzatilayotgan kunda tarbiyachining tayyorgarligi, uning ishdagi tajribasi sayozligi, bolalar jamoasini tashkil eta olmasligi, uning o'ta hayajonlanishi, tormozlanib qolish namoyon bo'ladi. Moliyaviy xo'jalik ishdagi kamchiliklar mudiraning tartibsiz, pala-partish ish yuritishdan ham kelib chiqish mumkin. Tahlil qilish - tarbiyachi va mudiraga qanday yordam berish va ulardan qanday qilib talab qilish kerakligini belgilab beradi. Kuzatish turlicha xarakterga ega bo'lib, nazoratchi- metodist bu jarayonlarni amalga oshirish uchun tekshirish reja-sxemasini tuzadi. - Maktabgacha ta’lim muassasalarini frontal yalpi tekshirishning asosiy yo'Ilari Amalda nazorat qilishning asosiy turlari frontal-yalpi va tematik tekshirish turlaridan foydalaniladi Frontal-yalpi tekshirishi - bu maktabgacha ta’lim muassa- sasi ishini hayotiy har tomonlama, atroflicha tekshirish shaklidir. Ya'ni, muassasaning kadrlar tarkibi, maktabgacha ta’lim dasturi talablarini bajarilishi, mudira va metodistning ta'lim-tarbiyaviy va metodik, moliyaviy-xo'jalik ishlariga, ularning kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar va jamoatchilik bilan ish faoliyati, ish shakllari, tibbiy yordam xizmati, maktab bilan aloqa, ilg'or ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir. Frontal-yalpi tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalari, ularning kuchli yoki kuchsizligidan qat’i nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga ahamiyatni ko'proq jalb qilishi lozimdir. Frontal-yalpi tekshirish 4 yilda bir marta maktabgacha ta’lim bo'limlari (viloyat MTM, shahar, tuman MTM) tomonidan o'tkaziladi. Frontal-yalpi tekshirish o'tkazishda avval to'la-to'kis tuzilgan, tasdiqlangan tekshirish plant unda nazariyadagi asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi, tekshirish metodi, tekshiruvchilarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddati ko'rsatiladi So'ngranazoratchi-metodistyanabirbormaktabgacha ta’lim bo'yicha chiqarilgan qaror, ko'rsatma, buyruqlarni, pedagogik va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi sonlarini ko'zdan kechirib, maktabgacha ta’lim dasturi talablarini yaxshilab o'qib oladi, shu muassasa hujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u bu muassasada xalq xo'jaligi rejasi, bolalarning muassasaga qatnash rejasining bajarilishi tahlil qilinadi. Kadrlar, ularning tuman, shahar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka oshirish ishlarini qarab, o'rganib chiqadi. Muassasani kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda avvalgi tekshirish materiallari yaxshi o'rganib chiqiladi, kamchiliklarni yo'qotish bo'yicha qabul qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi aniqlanadi. Yuqoridagi materiallar bilan tanishishda nazoratchi- metodist nimalarga ko'proq ahamiyat berish kerakligini belgilab beradi. Tumanlarni nazrot qilishda, albatta, shu tuman selkengash, organlari bilan, korkabinet va tashkilotlarga qarashli bo'lgan maktabgacha ta’lim muassasalar bilan aloqa o'rnatiladi. Nazorat qilishni, albatta, mudiraning ishtirok bilan o'tkazish kerak, tashkilotlarga qarashli maktabgacha ta’lim muassasalarda esa shu korkabinetning vakili qatnashadi. Frontal-yalpi tekshirish olib borishning asosiy yo'llari. Frontal-yalpi tekshirish nazoratchi-metodist va brigada a’zolarining mudiri bilan suhbatlashishidan boshlanib, tekshirish maqsadi, brigada ishi, tartibi, vaqti bilan tanishtiri- ladi. So'ngra mudira muassasa haqida, nechta guruhdan iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning guruhlarga taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, muassasaning texnikaviy materiallar bilan jihozlanishi, uning bazasi, kadrlar tarkibi (pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi] xodimlar bilan, ularning ta'lim-tarbiyaviy ishlariga baho berib, xodimlarning g'oyaviy-siyosiy va ishlash malakalari, muassasada mehnat va ishlab chiqarish intizomining ahvoli, jamoaning yutuq va kamchiligi, kamchiliklar o'sishdan ko'rilayotgan tadbir- choralar xususida, tuman maktabgacha ta'lim bo'limi va boshqa tashkilotlardan iltimoslar so'raydi. Bu suhbat muassasa to'g'risidagi tekshirish ishiga dastlabki taassurot beradi. So'ngra nazoratchi-metodist turli bo'limlar bo'yicha tekshirish, o'rganish ishlarini boshlaydi. Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz. Maktabgacha ta'lim muassasadagi ta'Iim-tarbiyaviy ishlarning ahvoli va «Maktabgacha ta’lim muassasasida ta'lim- tarbiya dasturi» talablarining bajarilishi, bolalarning ko'nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati, tarbiyachining ishlash metodlari»; Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, kadrlarni tarbiyalash, ishlash malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik ishlar, metod kabinet faoliyati; Tashkiliy-pedagogik va moliyaviy-xo'jalik ishlarning ahvoli. Xalq xo'jalik rejalarning bajarilishi, yo'llanmalar soni, bolalarning davomati (bolalarning muassasaga qatnashi] ishlarning bajaralishi; Bolalarga tibbiy yordam tomonidan xizmat ko'rsatish sifati. Bolalar ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi; Ota-onalarning pedagogik, maorif ishlari; Mudiraning maktabgacha ta’lim mua.ssasasiga rahbarligi, rahbarlik uslubi. Mudira va metodist tomonidan ta'Iim- tarbiyaviy ishlarga, dastur talablarining bajarilishiga, ularning kontrolligi tekshirish; Muassasasining joriy-texnika bazasining ahvoli, xo'jalik faoliyati, xarajatlarni to'g'ri sarflash ishlari; Ta'Iim-tarbiyaviy ish rejalarining sifatliligi. Rejalarning bajarilishi, Pedagogik kengash, ishlab chiqarish majlislarini, ota- onalar yig'ilishlarini, maktabgacha ta’lim bo'limlari tomonidan chiqarilgan, instruksiya va buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish; Muassasada ishlab chiqarish masalalariningyo'lga qo'yilishi, hujjatlar, ularning to'g'ri jihozlashishi va saqlanishi; Nazoratchi-metodistning tekshirish bo'yicha xulosalari va takliflari. Yakuniy Pedagogik kengashning o'tkazilishi; Frontal-yalpi nazorat qilishning yakuniy tekshirish maqsadiga va vazifasiga bog'liqdir. Nazoratchi-metodist pedagogik yoki ishlab chiqarish majlislari o'tkazib, tekshirilgan masalalar, maktabgacha ta'lim muassasasining ahvoli, ishlarni yanada yaxshilash uchun taklif va mulohazalar beradi. Nazoratlash natijasi akt bilan izohlanadi va ma'lumotnoma tuzilib, unda konkret takliflar, mulohazalar, ko'rsatiladi. Akt 2 nusxada tuzilib, biri tuman, shahar maktabgacha ta'lim bo'limiga, biri muassasaga beriladi. Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta'lim- tarbiya ishning bir qismi boTinishi nazorat qilish shaklidir. Masalan: «Mehnat tarbiyasi», «Axloqiy tarbiya», «Maktab bilan aloqa», «O'yin» xodimlarning mehnati va hokazo. Asosan bu tekshirish turi 1 yilda bir marotaba o'tkaziladi. Tekshirish yo'llari va savollari quyidagicha (mehnat tarbiyasi bo'yicha): Guruh rejalarini uzoq muddatni qamrab olgan holda tekshirish (chorak, yarim yillik). Maqsad: bajarilgan va bajariladigan ishlarni aniqlash; Mashg'ulotlarni kuzatish va tahlil qilish; bolalar mehnatning eng muhim tomonlarini ko'ra olish; Kundalik hayotdagi mehnat bilan ta'minlash va tahlil qilish; Kattalar va bolalarning birgalikdagi mehnatlarini kuzatish; Bolalarning kattalar mehnatiga munosabatlari, axloq malakalarini kuzatish; Bolalar o'yinlarida mehnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish; Bolalar bilan individual suhbatlashish; Bolalar ishlarining tahlili; Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko'rish; Guruhdagi o'quv materiallarini tekshirish. Nazoratchi-metodist guruh rejalarini (3-6 oylik) tekshirib, unda ko'zda tutilgan tarbiya maqsadlarini amalga oshirish yo'llarini qidiradi, osondan murakkablikka, oylik, istiqbolli ish rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtirilganligi, qaysi bo'lim rejadan tushirib qoldirilganligi, ularni yuzaga keltirgan sabablarni qidirib topishi kerak. Rejani tahlil qilishdan maqsad - dastur talablarini bajarish yo'liari, haftalik rejadagi mashg'ulotlarning turlari, ishi, talab darajasida ekanligi, mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi mashg'ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishini ko'rish mumkin. Aniqlangan kamchiliklar o'z vaqtida muhokama qilinishi kerak, aks holda bu kamchilik va xatolar keyingi oylarda takrorlanishi mumkin. Mehnat bo'limini tekshirishda ko'rgazmalilik, kattalarning faoliyati, mehnat jarayonini kuzatishda bir qator mashg'ulot larni kuzatish. Masalan: ekskursiya sifatida, kuzatishda, suratlarni ko'rishda katta ahamiyatberish mumkin. Ekskursiya jarayonida - tarbiyachilik bolalarda qiziqish tuyg'ularini uyg'ota olishga, bolalarni asosiy narsani ko'ra olishga, kuzata olishga, tanish bo'lgan voqea va hodisalarni solishtira olish malakalarini o'stirish, ko'rganlariga yakun yasay olish, fikrlash qobilatlarini o'stirishni tarbiyalash. Tematik tekshirishning maqsad va vazifalari Mudiraning ishini tematik tekshirishda: ajmudiraning guruhlardagi ishlarini tekshirish. Mudira o'z vazifasida turli yosh guruhlarining hamma rolini, jarayonlari bilan alohida kuzatishi, tahlil qilishi kerak. Nazoratchi-metodist huddi shu ishning sifatini, amalga oshirish yo'llarini tekshiradi. b) Sharoitning yaratilganligi; v) tekshirilgan mavzu bo'yicha Pedagogik kengashda birgalikdagi muhokamasi; g) Konsultatsiyaning ishlashini o'stiruvchi vositalar; Guruh tarbiyachisining ishini avval tarbiya ishning o'zi bilan muhokama qilinadi, keyin Pedagogik kengash ishiga olib chiqiladi. Yutuq, kamchiliklar, taklif-mulohazalar ochiqchasiga, oshkora holda chaqiriladi. Kerakli yo'llanma, metodik yordam o'z vaqtida ko'rsatiladi. Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana quyidagi tekshirish turlari mavjud: 1) birlamchi; 2) ikkilamchi; 3) katta tekshiruv; 4) ogohlantiruvchi tekshiruv turlari mavjud. Maktabgacha ta'lim muassasalari ishini tekshirish yakuni bo'yicha АКТ tuziladi. Bu hujjatni tuzishda - tekshirish bo'yicha olingan ma'lumotlarni, chuqur tahlil qilish talab etiladi. Ta'Iim- tarbiyaviy jarayonlar, tashkiliy-metodik, moliyaviy-xo'jalik faoliyatlarni kuzatish, suhbatlarni maxsus kuzatish daftariga yozib borish lozim. Hujjatlarni chuqur o'rganib, muassasa faoliyatiga aniq, isbotlangan xulosalar chiqariladi. Akt 2 nusxada tuziladi: birinchisi Tuman Maktabgacha ta’lim bo'limiga, ikkinchisi bolalar muassasiga. Kuzatish sxemasi quyidagicha: Kuzatilgan jarayon. Kuzatilayotgan kun, у il, oy. Ish mazmuni. Tayyorgarlik. Bolalarning bilim, ko'nikma va malakasi. Tarbiyachining bilim, ko'nikma va malakasi. Qo'llanilayotgan usul va usublar. Yutug'i. Kamchiligi. Taklif va mulohazalar. Tayanch tushunchaiar: Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling