F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet73/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Pedagogik strategiya - bu bolalarni qo'yilgan maqsadlarga erishishiga yordam beradigan pedagog qo'llaydigan muayyan uslublar yig'indisidir. Uning asosini bolaning qiziqishlari, uning kuchli va zaif jihatlari, ta'lim uslubi, yosh xususiyatlari va shaxsiy sifatlarni e'tiborga olish tashkil etadi.
V. Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti - bu faollikning turli shakllaridan iborat ta'lim jarayonini amalga oshirish funksionallik, jihozlarning yetarliligi, ko'p darajaliligi (rivojlanishi turlicha bo'lgan bolalarning o'z maqsadlariga erishishni ta'minlaydigan) va funksionalligi (bolalarni faoliyatning turli shakllariga jalb etilishini ta'minlaydigan) bir-biridan ajralib turadigan rivojlantiruvchi oqilona muhitni tashkil etishni talab etadi. Bu tayyorlov guruhi bolalarning mazmunli, mustaqil faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega.
Guruh xonasida:

  • Bolalarning qiziqishlari bo'yicha erkin mustaqil faoliyat uchun joy ajratiladi;

  • Stullar bilan ajratilgan syujetli o'yinlar, sinov va tajriba, stol ustida o'ynaladigan o'yinlar va didaktik mashg'ulot, qo‘l mehnati va tasviriy faoliyat uchun joy;

  • Kitob burchagi (rasmli albomlar, jurnallar);

  • O'zbekiston xaritasi, globusi, rasmlar stendi;

  • Harakatlanadigan ikki tomonlama doska (bolalar bo'yi baravar o'rnatilishi lozim).

Yaratiladigan bu muhit bolada mustaqil tanlay olish ko'nikmalarining shakllanishini ta’minlaydi.
Наг bir guruh xonalari bir necha markazga bo’linib, o'yin va o'rganish, sinov va tajriba, tengdoshlari va kattalar bilan o'zaro aloqalari uchun yetarli darajada material mavjud bo'ladi.
Turli gurublarda markazlar to'plami bolalarning yoshi, qiziqishlari, ehtiyojlariga ko'ra o'zgacha bo'lishi, vaqt o'tishi bilan boshqasiga aylantirilishi mumkin. Maktabga tayyorlov guruhlarida kamida 5 ta turli faoliyat markazlarini tashkil etish tavsiya etiladi. Shuningdek, muzey, istirohat bog'i, tarixiy joylarga sayohat uyushtirilishi kerak. Shuni unutmaslik kerakki, maktabgacha ta'lim muassasasi hududini ham talab darajasida jihozlash ham rivojlantiruvchi muhit sifatida ijobiy ta’sirni yanada oshiradi.


  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling