F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Bolaga ta'lim berish bo'yicha quyidagi uch omil mavjud


Download 0.84 Mb.
bet72/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Bolaga ta'lim berish bo'yicha quyidagi uch omil mavjud:

  1. Bolaning ushbu yosh guruhiga oid ma’lum bo'lgan bilimlarni e'tiborga olish;

  2. Har bir bolaning shaxsiga oid ma'lumotlarni e'tiborga olish;

  3. Bolalarni qurshab turgan ijtimoiy muhit va madaniy qadriyatlar haqidagi ma'lumotlarni e'tiborga olish.

Bolaning uydagi va o'zini jamoadagi hayotini takomillashti- rishdagi qadriyatlar, orzu-umidlar, xatti-harakat va xususiyat- larini o'rganish pedagogga bolalar uchun muayyan mazmun kasb etadigan, ularni madaniyatga mos keladigan, bolalar va ularning oilasiga hurmat bilan munosabatda bo'lishiga yordam beradigan ta'lim muhiti va mashg'ulotlarni tashkil etish imkoniyatini yaratadi.

  1. Rivojlantiruvchi yondashuv - bolaning tabiiy ravishda ulg'ayishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo'naltirilgan yondashuv.

Bu yondashuvga muvofiq bolalar:

  • O'yin jarayonida atrof-muhit haqidagi ma'lumotlarni o'zlashtirib, faol ta'lim oladi;

  • Rivojlanishning qonuniy bosqichlarini bosib o'tadi;

  • Hissiy va kognitiv (aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o'zaro munosabatlarga ehtiyoj sezadi.

  • Har biri o'ziga xos sur’atda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi.

  1. Individuallashuv - o'ta muhim masala, chunki yondashuv qay darajada individual bo'lsa, har bir bola shu darajada mo'ljaldagi ta'lim natijalariga erishishning ehtimoli ortadi va shu tufayli dasturning amalga oshi r i Ii s hi oson kechadi. Muayyan fan bilan bog'liq muammolar kamayadi, o'zlashtiril- gan bilim va ko'nikmalar oshadi. Individuallashtirishning ta'lim jarayonini bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyati va talab-ehtiyojlari bilan moslashtirish imkoniyatini beradi. Bu jarayonda bolalarning bilim doirasi kengayib, o'ziga nisbatan hurmat oshadi. Ularda yanada murakkabroq masalalarni hal etishga tayyorgarlik hissi paydo bo'ladi. Pedagog o'zgaruvchan vazifalar va faoliyatning qiziqarli turlarini rejalashtirishni, bolalarni diqqat bilan kuzatishi, zarur hollarda material va vazifalarni almashtirishi va moslashtirishi lozim. Bolalarni kuzatish va ota-onalar bilan suhbat natijasida pedagoglar har bir bolaning kuchi va zaif jihatlari va qiziqishlarini o'rganadi.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling