F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inklyuziv talim tamoyillari. Inklyuziv talim
O'yin faoliyati. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning asosiy faoliyat turi hisoblangan o'yin jarayoni bolani shaxs sifatida to'liq shakllanishida yetakchilik qiladi. Bunda dastur asosida o'ynaladigan syujetli-rolli, didaktik, stol bosma, sport, ko'ngil ochish, o'zbek xalqining milliy, ertak o'yinlaridan foydalaniladi. Bola tarbiyasida o'yin texnologiyalari (L.S.Vigotskiy, G.K.Selevko) kayfiyatni ko'taruvchi, hamkorlik, o'zini namoyon etuvchi, millatlararo o'yin turlari, interfaol o'yinlardan foydalanish maqsad qilib olinadi.
Inklyuziv ta'lim tamoyillari. Inklyuziv ta'lim - ta’lim-tarbiyaning mutlaqo yangi tizimi. Bu hoi pedagog tomonidan ta'lim jarayonini tashkil etishda har bir bolaning fiziologik va ruhiy rivojlanishi, ayniqsa, o'ziga xos bolalarninig individual xususiyatlarini e'tiborga olishni anglatadi. Bu jarayonda bolalarning zaif toifasiga alohida e’tibor talab etiladi. Jamoada bolalar bir-biri bilan o'zaro aloqa bog'Iashi, jinsi, irqi, millati, madaniyati, yili, e'tiqodi, yoshi, alohida talab-ehtiyojlari, oilaning tuzilishi va uning ijtimoiy- iqtisodiy holatidan qat'iy nazar, boshqa kishilar bilan o'zaro do'stona munosabatlar o'rnatishga o'rganadi. Shu munosabat bilan aynan pedagog har bir bolaning ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish huquqini ta’minlashi lozim degan g'oya ilgari surilib, bu quyidagi tamoyillarga asoslanadi: Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va erishilgan yutuqlari bilan belgilanmaydi; Har bir inson his etish va fikr yuritishga qodir; Har bir inson muloqot yuritishga va uning fikrlari e’tirof etilishiga haqlidir. Barcha kishilar bir-biriga ehtiyoj sezadi; Chinakam ta'lim muayyan o'zaro munosabatlar doirasida amalga oshirilishi mumkin; Barcha insonlar qo'llab-quvvatlashga va tengdoshlar bilan do'st bo'lishga ehtiyoj sezadi; Ta'lim olayotganlar uchun ijobiy yutuqlarga erishish qo'lidan kelmaydigan ishdan ko'ra, uddalay oladigan ishda ko'proq namoyon bo'ladi; Rang-baranglik inson hayotiga bog'liq; Bir-birimizdan farq qilishimiz va har birimiz individual shaxs ekanimizni tan olish; Rivojlantiruvchi dasturlarning individuallashuvini ta’minlash, ya'ni dasturning har bir bolaning birgalikdagi faoliyat doirasidagi talab-ehtiyojlari hamda maktabgacha ta'lim muassasasi va unda tashkil etilgan qisqa guruhlarning umumiy maqsadlarini e'tiborga olgan holda tuzish; Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning o'kishini, ularning rivojlanishi va maktabgacha ta'lim muassasasi hayotida faol ishtirokni qo'llab-quvvatlash borasida qimmatli uslubiy tajriba to'plash; Bir guruhga mos bo'lgan umumiy o'quvrejasidan foydalana olish imkoniyatini yaratadigan ta'limning differensiailashgan strategiyalariga tayanish; Maktabgacha ta'lim muassasasi va qisqa guruhlarda bolaning talab-ehtiyojlarga uzluksiz moslashuvini ta’minlash. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling