F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujjatlashtirish
- Kuzatishdan kozlangan asosiy maqsad
Kuzatish - bu bolaning ishlayotgan yoki o'ynayotgan paytida, uning faoliyatiga aralashmagan holda kuzatish jarayonidir. Pedagog bolani kuzatish orqali xatti-harakatining turi, bilim olish bo'yicha qiziqishlari, ko'nikmalar darajasi va rivojlanishdagi ijobiy o'zgarishlarni aniqlaydi.
Hujjatlashtirish - kuzatilayotgan jarayonlar natijasini qayd etishdan iborat. Qayd etish - kuzatilayotgan faollikni hujjatlashtirish jarayoni bo'lib, aksariyat pedagoglar bu ishni tabiiy ravishda amalga oshirsa ham, bolalarni muntazam kuzatish to'liq ma'lumot to'plash imkoniyatini beradi. Kuzatishdan ko'zlangan asosiy maqsad: Har bir bolaning qiziqishlari, ehtiyojlari va ko'nikmalarini aniqlash uchun; Bugun bolalarni shaxs bilishni, ularda intiluvchanlik, rag'batlantirish va bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarini to'liq qondirishga yordam beradi; Vaqt o'tishi va ta'lim natijalariga ko'ra boladagi o'zgarish va rivojlanishni tushunish uchun, bunda bolalarning jismoniy rivojlanib va hissiy jihatdan, yil davomida nutqining rivojlanishini va savodga tayyorlanishini ko'rish imkoniyatini yaratadi; 0‘qitish muhitiga o'zgarishlar kiritish uchun - bunda bolalar uchun tayyorlangan joy va materiallardan ular qanday foydalanayotganligini kuzatib, mavjud materiallar bolalarning ehtiyojiga javob berish-bermasligi, ko'pincha materiallarga zarurat bor-yo'qligi masalasiga javob topish mumkin; E'tibor talab qiladigan holatlarni aniqlash uchun bunda bolalarda qondirilishi zarur bo'lgan alohida ehtiyojlar bor yoki yo'qligini ko'rish imkoniyatini beradi. Bu eshitish, tayanch-harakat apparati va bola rivojlanishidagi boshqa jismoniy va ruhiy muammolar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu kabi muammolar aniqlanishi bilan o'z vaqtida tegishli mutaxassislarga murojaat etish zarur. Muammoviy vaziyatlarni mukammal tarzda hal etish usullarini aniqlash uchun - bu pedagogga muayyan vaziyatda boladan qanday xatti-harakat kutish mumkinligini aniqlash va shu orqali bolalarga o'z xatti-harakatini boshqarishni o'rganishga yordam beradi. Rejalashtirishga o'zgartirishlar kiritish uchun. Pedagog kuzatishi natijalaridan foydalanib, u yoki bu narsani o'zgartirishga ehtiyojini,bolalarningehtiyojlarigamosravishda rejalashtirishga mos ravishda rejaga qanday o'zgartirishlar kiritish lozimligini aniqlaydi. Ota-onalar va maktabgacha ta'lim muassasalari mutaxassislari foydalanishi mumkin bo'lgan ma’lumotlarni olish uchun. Kuzatish bolalarni, ularning qiziqishlari, yutuqlari, muloqot va o'zaro aloqa ko'nikmalarini, muammolarini alohida ehtiyojlarini tushunishni hamda xulosalarining asosliligini tushunishga yordam beradi. Pedagoglar ota-onalar bilan ishlash jarayonida oilaga bola- lar, ularning kuchli va zaif tomonlari, alohida ehtiyojlari hamda ko'proq bilishga ko'maklashadi. Bu ma'lumot almashinuvi chinakam hamkorlik mehnatini yaratadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling