F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Maktabgacha ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiya berishda
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fikriy
Maktabgacha ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiya berishda
Sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish. Davlat va huquqning vujudga kelishi to‘g‘risida Sharqning alloma-yu fuzalolari, mutafakkirlari o’zlarining tarixiy asarlari orqali turli falsafiy fikr va qarashlarni bildirganlar. IX-X asrlarda yashagan Abu Nasr al-Farobiy O‘rta asrlar Sharq mutafakkirlaridan birinchi bo‘lib jamiyat va davlat, odilona davlat tuzumi muammolari haqida fikr yuritdi. Bu ta’limotda ijtimoiy hayotning ko‘p masalalari – davlatni boshqarish, ta’lim, tarbiya, axloq, ma’rifat, diniy e’tiqod, mehnat va boshqa jihatlar qamrab olindi. Farobiy o‘zining “Fozil shahar aholisining maslagi” asarida jamiyat (“Inson jamoasi”) ning kelib chiqishi, insonning yetuklikka erishuvi yo‘lidagi zahmati, kishilarning jamoa bo‘lib yashashidagi xulq-atvori, axloq-odob me’yorlari haqida fikr yuritib, inson fazilatlarini ikki guruhga bo‘ladi. Birinchisi – fikriy fazilat; Ikkinchisi – xulqiy fazilat. Fikriy – aql, donolik, faxm-farosat, zehnlilikdan iborat. Xulqiy fazilatni - iffatlilik, adolatlilik, saxiylik, odoblilikdan iborat deydi. Farobiy yomon fazilatlarni qoralaydi va unga – razillik deb ta’rif beradi. Mutafakkir inson qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatga qarshi chiqadi. Uning “Baxt-saodatga erishuv yo‘llari” haqidagi asarida davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borish, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo‘lga kiritilishini ta’kidlaydi. Farobiy davlatni yetuk shaxs, yaxshi fazilatlarga ega bo‘gan kishilar tomonidan boshqarish lozimligi ta’limotini ilgari surdi. Mutafakkir davlat va shahar birlashmasining o‘ziga xos xususiyatlari, davlatni boshqarish shakllari, vazifalari, uslublarini yoritib berib, unda insonlarning farovon hayot kechirishi haqidagi siyosiy-ijtimoiy-huquqiy turmush tarzlarini yoritadi. Farobiyning fozil jamoa va komil insonlar haqidagi ta’limotlari so‘nggi olim-mutafakkirlar ijodiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sinoning dunyoqarashi Farobiy asarlari ta’sirida shakllandi, u ijtimoiy-falsafiy masalalarda Farobiy qarashlarini davom ettirdi, ilg‘or falsafiy oqimni yangi tabiiy-ilmiy fikrlar bilan boyitdi va tizimlashtirdi. Uning falsafiy qarashlari: Shaxs haqidagi ilm; Insonning o‘zaro munosabatlari haqidagi ilm; Davlatni, mamlakatni boshqarish haqidagi ilmdir. Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishish mumkin, insonlar o‘zaro yordam asosida yashashlari kerakligini ta’kidlaydi. Jamiyat kishilarning o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini uqtiradi. Jamiyat a’zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik, jazolanish, basharti davlat boshlig‘i o‘zi adolatsizlikga yo‘l qo‘ysa, xalqning unga qarshi chiqishi to‘g‘ri va bu holatni jamiyat qo‘llab-quvvatlashi lozimligini ta’kidlaydi. Uning “Tadbir al-manozil” (Turar joyni boshqarish), “Axloq haqida risola”, “Burch haqida risola”, “Adolat haqida kitob”, “Donishnoma” asarlarida insonlarning umumiy fazilatlari, ularda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo‘lish sabablari to‘g‘risida fikr yuritib, bu sifatlar odatdan paydo bo‘ladi, odatlarning yaxshi yoki yomon bo‘lishida hukumat ahllarining ta’siri katta deydi. Ibn Sino axloqiy fazilatlardan iffat, qanoat, saxiylik, shijoat, sabr, adolatlik, do‘stlik, vafodorlik kabilarga o‘z ta’rifini beradi. Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvoriga yomon nuqsonlardan aldov, adolatsizlik, bo‘xton, o‘ch olish, irodasizlik kabi illatlarni bartaraf etishda davlat va jamiyat a’zolari va oilaning ta’siri ustida so‘z yuritadi. U bola tarbiyasi haqida fikr bildirib, bola tarbiyasini unga ism berishdan boshlashni lozim deb biladi. Bolaga munosib ism tanlash ota-onananing dastlabki oliyjanob vazifalaridan deb bilib, uning tarbiyasi bilan avvalo ota-ona shug‘ullanishi kerakligini ta’kidlaydi. Ibn Sino o‘zining ko‘p tarmoqli falsafiy qarashlari va boy merosi bilan mamalakat taraqqiyotida katta rol o‘ynadi. Yuksak davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temur ilm-fan, ma’naviyat va davlatni boshqarishga katta e’tibor qaratib, yangi davlat tizimini tuzgan mashhur shaxsdir. Amir Temur davlati o‘z davrida Ovro‘pa va Osiyodagi eng yirik mustahkam va rivojlangan davlat sifatida tanildi. U davlatni boshqarishga katta e’tibor berib, yangi davlat tizimi bo‘yicha Devoni Buzrugdan tashqari har bir viloyatda Devon deb ataluvchi boshqarma tuzib, bu boshqarmalar soliq yig‘ish, tartibni saqlash, ijtimoiy binolarga qarab turish va aholining xulqiy-axloqiy harakatlarini ostiga olish bilan shug‘ullangan. Uning “Temur tuzuklari” da davlat tuzilishi, davlatdagi turli lavozimlarning vazifasi, davlat boshqarishga asos bo‘lagan qoidalar haqida fikr yuritadi. U davlat ishlarini har doim islom va shariat hukmlari asosida boshqargan. O‘z davlatining martabasini qonun-qoidalar asosida boshqarganligi, davlat ishlariga noqonuniy hech bir kimsani aralasha olmasligi, bu ishga qurbi yetmaganligini ta’kidlab, jamiyat ishlaridagi odamlarning 12 toifaga bo‘linishi, saltanatni boshqarishda 12 qoidaga amal qilganligi, saltanat 4 qat’iy qoidaga asoslanishi kabi masalalar yoritiladi. Amir Temur saltanatni boshqarishda to‘rt narsaga amal qilgan. Ya’ni: Kengash; Mashvarat-u maslahat; Qat’iy qaror, tadbirkorlik, xushyorlik; Ehtiyotkorlik. Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, Amir Temur davlat, jamiyat hayotida bo‘lib o‘tadigan har bir muhim rejani oldidan kengash o‘tkazar va bu kengashga nafaqat davlat arboblari, sarkardalar, tamurzodalar, balki sayyidlar, shayxlar, ilm-fan ahlini ham taklif etgan. Temuriylar davri madaniyati ma’naviyatini tez va yuksak darajaga ko‘tarilishiga olib keldiki, unig yutuqlari so‘nggi uzoq asrlar davomida madaniy huquqiy rivojlanish uchun ozuqa bo‘ladi. Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan falsafiy, madaniy-ma’rifiy ta’limotlar, ya’ni: Axloq-odob, muomalani inson tarbiyasining asosiy maqsadlaridan deb bilib, uning adolat, yuksalish, ma’naviyatga intilishiga yo‘l ochish, imkoniyat yaratish zarur; Komil inson faqat rivojlangan davlatchilikda shakllanadi. Bunda davlatchilik esa aql va ilmga o‘zaro kelishuv, birgalikga ega bo‘lish natijasida amalga oshriladi. Mustahkam davlatchilik fozil jamoani vujudga keltira oladi, bu davlat, jamoaga rahbarlik, hokimlk qilayotgan shaxsning ma’rifatli, ilmli, axloqli bo‘lishi jamoani kelishib boshqara olishga bog‘liqdir – degan falsafiy qarashlari huquqiy tarbiyaning negizi hisoblanadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling