F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Gipoprotektsiyashunday holatki, unda ota-onaning bola bilan 
shug’ullanishga yo vaqti yetishmaydi, yoki bu ishni boshqalarga yuklab qo`yadi. 
Ayrim ota-onalar shu tarzda hayot kechirib, farzandlarini umuman nazorat ham 


122 
qilmaydi, uning taqdiriga befarq bo`ladi, g’amxo`rlik ko`rsatmaydi, bolasining 
kelajagiga qayg’urmaydi. Gipopretektsiyaning yashirin shaklida ota-ona bola 
ustidan nomiga nimalardir qilganday bo`ladi. Lekin aslida ularni faqat o`zlarining 
kundalik muammolari qiziqtiradi. Bola bu holatlarni tahlil etib, o`zining kerak 
emasligini, oilada ortiqcha ekanligini anglab boradi. 
Tashlab qo`yilgan bolalar yoki tashlandiq bolalar – odatda yoshligidan na 
moddiy, na ma’naviy ehtiyojlari qondirilmagan bolalardir. Ular masalan, qorni 
to`ymaganidan jismoniy taraqqiyotdan orqada qolsa, nazorat va e’tiborning 
yo`qligidan turli jinoyat yo`llariga kirib qoladi, yaxshi, samimiy e’tibor va 
mehrning yo`qligidan jamiyatda, odamlar orasida o`z o`rnini topishga 
qiynaladigan, odamovi, savodsiz bo`lib o`sadi. Bularning barchasi ularning 
kelajakda jinoyat yo`llariga kirib qolishiga yoki zararli odatlarga o`rganishi 
(giyohvand moddalar iste’mol qilish)ga sabab bo`ladi. “Mehr tayanchi” markazi 
Toshkent shahrida aynan shunday bolalar toifasini to`g’ri hayotga qaytaradigan, 
gipoprotektsiyaning qurbonlarini oilaviy muhiti sharoitini o`rganganidan so`ng ota-
onasini chaqirtirib kelib, ular bilan pedagogik-korrektsion, psixologik uslublarda 
ishlaydigan muassasa hisoblanadi. Markazdagi bolalarning barchasi oiladagi 
noto`g’ri tarbiyaning qurbonlaridir. 
Gipoprotektsiyaning ham haddan ziyod shakli borki, unda bola ota-ona 
nazoratidan ataylab tashlab qoldirilgani sababli, uning noto`g’ri yo`llarga kirib 
ketayotganligiga ham kattalar befarq bo`ladilar. A.E. Lichko, A.A. 
Vdovichenkolarning Rossiyada o`tkazgan tadqiqotlarida yomon yo`lga kirib 
ketgan, voyaga yetmagan jinoyatchilarning ota-onalarida jiddiy xatoliklar 
aniqlangan. Ular bolasining noto`g’ri xatti-harakatini oqlamoqchi ham bo`ladi, 
yoki aybni boshqalarga, masalan, ko`cha bolalariga, maktabdagi intizomsizlikka, 
o`qituvchilarning befarqligiga to`nkamoqchi bo`ladi, faqat o`zlarining aybini 
sezmaydi yoki tan olmaydi. 
Oilaviy tarbiyaning yana bir shakli – ziddiyatli tarbiya. Bunda oila 
a’zolarining har biri bitta bolaga nisbatan turlicha tarbiya uslublarini qo`llaydi, 
masalan, otasi o`ta qattiqqo`l, ona o`ta mehribon, yoki ota-ona bolaning xulqini 


123 
juda nazorat qilib, mas’uliyat bilan uning axloqiy tarbiyasi bilan shug’ullalanadi, 
buvilari esa aksincha, uni erkalatib, izdan chiqib ketishini – “hali yosh, katta 
bo`lganda o`zi yaxshi bo`lib ketadi”, qabilida ma’qullayveradi. Bunday beqaror 
tarbiya uslublarini E.Eydemiller, V.Yustitskiy, N.Lengardlar o`rganib, uning 
oqibatida bolada salbiy xarakter xususiyatlari, masalan, qaysarlik, obro`li 
shaxslarning tazyiqini noto`g’ri baholash kabilar shakllanishini isbotlaganlar. Ota-
ona tarbiyadagi beqarorlikning oqibatlarini tasavvur qilsalarda, uning oldini olishni 
bilmaydi. Ko`pincha bu – bolalikka xos sifatlar ekanligi fikri ularni tinchlantiradi. 
Aksariyat ota-onalar bolasini yo`qotib qo`yish yoki uning ko`ngli qolishidan 
qo`rqib ham noto`g’ri tarbiya yo`llarini tutadi. SHuning uchun oilaviy tarbiya o`ta 
murakkab jarayon bo`lib, unda ota-onalar oldindan psixologik jihatdan tayyor 
bo`lishlari kerak. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling