Фалсафа 2021 №3. p65


Download 315.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana13.01.2023
Hajmi315.72 Kb.
#1091481
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
4550-Текст статьи-9109-1-10-20220509

Keywords: Muslim oriental philosophy, being, the universe, one existence, mysticism,
"rational knowledge", "irrational knowledge", "everything is from Him", "everything is
from Him"
KIRISH
“Vahdatul vujud” tasavvufiy, falsafiy istilohi mazmunini ochish uchun, avvalo bu
istilohning lisoniy va falsafiy asoslarini aniqlashtirib olish kerak. Shuning uchun, tasavvufiy
falsafaning o’zagi bo’lgan, - “vahdat”, “vohid”, “vahdoniyat”, “vujud” kabi so’zlarning
o’ziga qisman izoh bersak. Bu o’rinda bu tushunchalarga shu paytgacha berib kelingan
lug’oviy, ilmiy-falsafiy, qomusiy ta’rif va xulosalarni asos qilib oldik.
Vahdatul vujud - (arab. - jismoniy birlik) - abadiy yagona Àllohgina bor deb hisoblovchi
panteistik ta’limot. Bu ta’limotga ko’ra, jismoniy olam, predmetlar dunyosi haqiqiy emas,
haqiqat faqat Àllohda mujassamlangan, moddiy olam Àllohning nuri, shu’lasidir. Vahdatul
vujud namoyandalari xudo butun borliqni yaratib turadi, deb hisoblaganlar [O’zbekiston
milliy entsiklopediyasi, 1996: b. 80].
Vahdoniyat va vahdatul vujud ta’limoti - Àlloh bilan birga yagona moddiy olam bor deb
hisoblaydigan ta’limot. Bu ta’limot tarafdorlari tabiatning abadiyligini tan oladilar, Àlloh olamning
o’zida, unga singib ketgan deb qaraydilar. Vahdati mumkin vakillari odam bu dunyodan voz
kechmay, tarki dunyo qilmay yashashga intilishi kerak degan fikrni olg’a surdilar. Shuning
uchun ko’pchilik musulmon ruhoniylari bu ta’limotga shubha va hushyorlik bilan qarar edilar.
Kindiy, Forobiy, Ibn Rushd, Bedil bu ta’limotning namoyandalari hisoblanadi. Vahdati mumkin
namoyandalari fikricha, tabiat abadiy, undagi narsa va hodisalar o’zaro bog’liq, dunyo hamisha
o’zgarish, rivojlanish holatida turadi. Vahdati mumkin tarafdorlari musulmon Sharqida
tabiatshunoslik bilimlarining rivojlanishi uchun falsafiy asoslar yaratib berdi [O’zbekiston milliy
entsiklopediyasi, 1996: b. 82].

Download 315.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling