Фалсафа 2021 №3. p65
Philosophy and life / ¹ 3 (14) 2021
Download 315.72 Kb. Pdf ko'rish
|
4550-Текст статьи-9109-1-10-20220509
52
Philosophy and life / ¹ 3 (14) 2021 Tusiy q.s. maqolasida mutafakkirning bir qancha asarlaridagi umumiy goyasini olamni, borliqni irfoniy tahlili misolida vahdatul vujud talimoti davomchilaridan degan xulosa beradi. Bizning fikrimizcha, Navoiy Gazzoliyning borliq falsafasiga oid qarashlari xulosalarini taxminan quyidagicha tavsiflash mumkin: - Navoiy ham Gazzoliy kabi marifiy islom tarafdori edi va aynan shu jihatini qadrlagan. Olam va ashyolar tabiatini ilm-marifat, aql-zakovat vositasida organib, xulosa qilish lozimligini uqtiradi; - ruh nomoddiy asosda, u Àllohga doir bolgani uchun, uni aql bilan anglash mumkin emas; - ashyolarning faqat qolipini (forma shakl-shamoyili) koramiz, lekin, qolip ruhdan bexabar; - Olamda biz korib turgan ashyolar haqiqiy olam emas ularning ruhidir, haqiqiy borliq(kivomlik, qayyumlik) Ollohga xosdir; - Àshyolar tabiatidagi unsurlarning moddiysi va nomoddiysi hasti nestnamoy va hasti hastnamoyga bolinishi; Àlisher Navoiy vahdatul vujudni yoqlagan va uni marifiy talqini tarafdori bolganligini korish mumkin. Lekin, marifat yolidan toymagan ayrim mutafakkirlarni johiliyat qurboni bolganini afsus bilan aytib otadi. Àlbatta, unda vahdat, vahdoniya, ahad kabi islomiy, tasavvufiy istilohlar, Ollohning yagonaligi, butun olamning yagona javhari, mohiyati, asosi ekanligi Navoiyda iymon darajasida etirof etilgan. U Hayrat ul-abrorda: Vahdati zotiga quyoshdek tonuq, Zarradin afzunu quyoshdin yoruq [À.Navoiy, 1991. b. 9] Yani, Sening yagona zot ekanliging, olamning butunligi faqat Senga bogliqligi quyoshdek ravshan, ular zarradan ham kop va quyoshdan yorug. Boshqacha aytganda, Sening vujuding zarralardan tortib, quyoshdek ulkan sayyoralar ham Sening vujudingdir va ular bir butunlikni tashkil etishi kundek ravshan deyilgan. Bu esa vahdoniyat manosini beradi. Birlik ediyu adadi yoq edi, Birdin ozga ahade yoq edi [À.Navoiy, 1991. b. 10]. Bu baytda ham Navoiy, Ozing aslda Yakkasanu, lekin, olamdagi seni inoyating bolgan ashyolarning adadi, yani sonu-sanogi yoq, Ozing Àhadsan Yakkasan, Sening sheriging yoq, deydi. Ey bori mavjudga sendin vujud, Balki vujud ahliga fayyozi jud [À.Navoiy, 1991. b.11]. Bu yerda, olamdagi hamma narsada Sening vujuding bor, butun mavjudodga saxiylik vujud bilan fayz bergansan. Yani, olamdagi barcha ashyolarning ham jismi ham mazmuni va fayzisan degan mano yotibdi. Àvval ozung, oxiru mobayn ozung, Borchaga xoliq, boriga ayn ozung [À.Navoiy, 1991: b.14]. Olamning ibtidosi, hamma narsaning moyasi Sensan, irodang bilan ularni turli vaqt va zamon mobaynida mavjudligi hamda poyoniga yetkazuvchi ham Ozingsan, barchani Xoliqi (xalq qiluchi, yaratuvchi, yasovchi), manbasi aynan Ozingsan. Navoiy hamma asarlarining boshlanishi ananaviy Olloh hamdiga bagishlangan bolib, ularda olamni va borliqni yaratilishi bilan bogliq panteistik asosga ega. Jumladan, Saddi Iskandariyda, Vujud ahlining komi judung bila, Kelib jud qoyim vujudung bila [À.Navoiy, 1991: b.9]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling