Materiya moddiy ob’ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunѐda materiyaning ayrim predmet ѐki biror konkret buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma konkret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunѐda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir.
Materiya to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotning asosiy tomonlari quyidagilardan iboratdir:
- materiya kategoriyasining universalligini, yalpi umumiyligini tan olish;
- materiya kategoriyasining falsafiy abstraksiya ekanligini tan olish;
- materiya va moddiy sistemalarning ob’ektivligini tan olish;
- materiyaning rivojlanishini va moddiy sistemalarning evolyutsiyasini tan olish;
- materiya va moddiy sistemalarning nihoyasizligini, bitmas-tuganmasligini, cheksizligini tan olish.
«Harakat» tushunchasi, unin asosiy shakllari va ular orasidagi bog‘liqlik
Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyati harakat hisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o‘zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.
Falsafiy adabiѐtlarda moddiy borliqning quyidagi harakat shakllarini ajratib ko‘rsatishadi: 1) moddiy harakatning eng sodda shakli - mexanik harakat (uni moddiy nuqtalarning fazodagi siljishi deb ta’riflashadi); 2) fizik harakat (elementar zarachalar, atom yadrosi va atomning harakatidan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, ѐrug‘likdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir); 3) ximiyaviy harakat (bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jaraѐnlari, ximiyaviy reaksiyalar, ximiyaviy sintez va parchalanish, ѐnish va oksidlanish va boshqa ximiyaviy jaraѐnlar kiradi); 4) biologik harakat (haѐtiy jaraѐnlar); 5) sotsial (ѐki ijtimoiy) harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jaraѐnlarning namoѐn bo‘lishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jaraѐnlari bilan bog‘liq bo‘lgan ideal, g‘oyaviy, ma’naviy ko‘rinishdagi harakat shakllari ham mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |