Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/37
Sana19.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1361834
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
1-ma\'ruza matni

Falsafaning strukturasi. Falsafa o
‘z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va 
ma'naviyatni, shuningdek sababiy bog
‘lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va 
ratsionallik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada 
rang-barangligi va serqirraligi tufayli o
‘sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim bo‘limlar 
ajralib chiqa boshladi, vaqt o
‘tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan to‘ldirildi. 
Pirovard natijada ular falsafiy bilimning tuzilishini (strukturasini) tashkil etdi. 
Falsafaning asosiy masalasi strukturasida ikki tomon ajratiladi. Ruh birlamchimi yoki tabiatmi, degan savol mazkur 
masalaning ontologik tomonini tashkil qiladi. Dunyoni bilish imkoniyati to
‘g‘risidagi masala, «inson tafakkuri dunyoni 
haqqoniy bilishga qodirmi, u o
‘zining haqiqiy dunyo haqidagi tasavvurlarida voqyelikni to‘g‘ri aks ettirishga qodirmi», 
degan savol falsafa asosiy masalasining gnoseologik tomonini o
‘zida ifodalaydi.
«Dunyo 
– inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi predmetli-amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, 
axloqiy va boshqa xil munosabatlar bilan belgilanadi. Quyidagilar falsafiy bilimning strukturasi hisoblanadi: 
 
ontologiya 
– mavjudlik, borliq haqidagi bilim; 
 
gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko
‘ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi; 
 
ijtimoiy falsafa 
– jamiyat haqidagi ta'limot; 
 
etika 
– axloq haqidagi ta'limot; 
 
aksiologiya - qadriyatlar haqidagi ta'limot; 
 
falsafiy antropologiya 
– inson haqidagi ta'limot va boshqalar.
Falsafa ularning muhim xususiyatlari, birinchi sabablari va asoslarini aniqlashdan manfaatdor. U yoki bu munosabatni 
dunyoga yondashuv mezoni sifatida tanlash (masalan, dunyoga uyg
‘unlik, go‘zallik, mutanosiblik nuqtai nazaridan 
yondashish) u yoki bu falsafiy fanni (ayni holda estetikani) belgilaydi. Dunyoga uni bilish imkoniyatlari va qonuniyatlari 
nuqtai nazaridan yondashish bilish nazariyasi 
– gnoseologiyani vujudga keltiradi. «Inson – dunyo» tizimiga hokimiyat 
munosabatlari nuqtai nazaridan yondashish siyosatshunoslikning predmetini tashkil etadi. Munosabatlar o
‘zagini axloqiy 
me'yorlar tashkil qilgan taqdirda esa tadqiqotchi etika sohasiga qadam qo
‘yadi.
Shunday qilib, falsafaning asosiy masalasi strukturasi falsafaning o
‘z strukturasini aks ettiradi, falsafa esa o‘z asosiy 
masalasining keng nazariyasi sifatida namoyon bo
‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, falsafaning asosiy masalasi xususida 
mulohaza yuritish jarayonida biz borliq nima, tafakkur nima degan savollarga turli xil javoblar olamiz. Vaqt o
‘tishi bilan bu 
javoblar o
‘z dalillar tizimi, metodologik tamoyillarini shakllantiradi va falsafiy yo‘nalishlarga aylanadi. Masalan, borliqda 
eng avvalo faqat fan doirasida aniqlanishi va til tizimida belgilar yordamida ifodalanishi mumkin bo
‘lgan aloqalar va 
qonuniyatlarni ko
‘rish maxsus yo‘nalish – pozitivizm, aniqroq aytganda, uning oxirgi bosqichi – analitik falsafa nuqtai 
nazari bilan muvofiq keladi. Bu yerda borliq nima degan masala u yoki bu bilimlarni to
‘g‘ri ifodalash muammosiga, til 
tahliliga borib taqaladi. Analitik falsafa doirasida «lingvistik burilish» amalga oshirilgan va til falsafasi butun falsafaning 
asosi sifatida qabul qilingan.
Pozitivizm falsafani konkret fanlarga qarama-qarshi qo
‘yadi va ilmiy bilimni dunyoni o‘zlashtirishning birdan-bir ijobiy 
shakli deb e'tirof etadi. Metafizika falsafaning sinonimi sifatida eng avvalo til mantiqiy me'yorlari nuqtai nazaridan 
mazmundan xoli deb e'lon qilinadi. Neopozitivistlar fikriga ko
‘ra, falsafaning hayot mazmuni, cheklilik va cheksizlik, 
borliqning birinchi asoslari, universumning atributivligi kabi azaliy muammolari soxta tushunchalar sanalgan atamalar 
yordamida shakllantiriladi, zero ularga berilgan ta'riflarni tekshirish mumkin emas.
Ayni shu darajada fan falsafasi ham amal qiladi va ilmiy bilish faoliyati muammolarini tadqiq etadi. Avvaliga unda 
ilmiy faoliyatni muayyan metodologik tamoyillar va normativ-mantiqiy ideallar bilan muvofiq holatga keltirish, aniqroq 
aytganda fanni fizika tili negizida unifikatsiya qilish vazifasi qo
‘yilgan edi. U fizikalizmga qarab mo‘ljal olardi. Keyinchalik 
bilishning ijtimoiy-madaniy omillariga qiziqish sezilarli darajada kuchaydi. Bilish jarayoniga normativ yondashuvning 
imkoniyatlari tor ekanligi namoyon bo
‘lganidan so‘ng ilmiy bilish faoliyati me'yorlarining relyativligi g‘oyasi tug‘ildi. Fan 
falsafasiga ijtimoiy-madaniy bilim (sotsiologiya, psixologiya, lingvistika, antropologia va kulturologiya) natijalari va 
metodlari kirib kela boshladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling