Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/37
Sana19.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1361834
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
1-ma\'ruza matni

Borliq nima, degan savolga javob izlar ekan, falsafa borliqni eng avvalo inson mavjudligi dunyosi sifatida qayd etuvchi 
nuqtai nazarda to
‘xtaydi. Bu o‘ziga xos tushunchalar apparatiga ega bo‘lgan ekzistensial falsafa vujudga kelganini 


anglatadi. Ikkinchi jahon urushidan, insoniyat sivilizatsiyasida yuz bergan tub o
‘zgarishlardan so‘ng borliq insoniyat ko‘z 
o
‘ngida metafizik dahshat, qo‘rquv, tashvish, zerikish va hatto behuzurlik tarzida namoyon bo‘ladi. Ekzistensial falsafa ikki 
yo
‘nalishda – ham diniy, ham ateistik falsafa sifatida rivojlanadi. Diniy ekzistensial falsafa borliqni e'tiqod sifatida 
tushunadi, e'tiqodni va ayni paytda uning inson borlig
‘i ufqida paydo bo‘lishini «haqiqiy mavjudlik»ka erishish usuli deb 
e'lon qiladi. Ateistik ekzistensializmda esa butunlay boshqacha kayfiyat hukm suradi. Ta'riflarda ko
‘p sonli ziddiyatlar 
mavjudligi tufayli Xudoning borligi inkor etiladi. Mustaqil va anonim tarzda o
‘z-o‘zida mavjud bo‘lgan borliq ongga ega 
bo
‘lishi mumkin emas, u insonga nisbatan rahmsizdir, bu esa amalda Xudo yo‘qligini anglatadi, degan xulosaga kelinadi.
Borliq hayot fenomeni sifatida, materiya va ruhning ajralishidan oldin yuz bergan yaxlit organik jarayon sifatida talqin 
qilinganda hayot falsafasi
yuz ko
‘rsatadi. Bu yerda birlamchi hayot voqyeligi o‘zini turli xil ko‘rinishlarda namoyon etadi. 
Nitsshening volyuntarizmida u «hokimiyatga intilish» sifatida namoyon bo
‘ladi. Bergson tasavvurida hayot kosmik 
yuksalish bo
‘lib, uning mohiyati ong va o‘ta yuksak ong bilan belgilanadi. Diltey va Zimmel hayotni madaniy-tarixiy 
xususiyatga ega bo
‘lgan kechinmalar oqimi sifatida tavsiflaydi. Biroq taklif qilingan talqinlarning barchasida hayot ijodiy 
shakllanish jarayoni sifatida namoyon bo
‘ladi. 
Harakat, eng avvalo 
– oqilona unumli harakat sifatida tushunilgan borliq bizni AQShda ayniqsa keng tarqalgan 
pragmatizm sohasiga olib kiradi. Ushbu falsafiy konsepsiyaga ko
‘ra har qanday harakat kelajakka qaratilgandir
Amerikalik faylasuf Ch.Pirs (1839
–1914)ning: «Narsa g‘oyasi uning hissiy oqibatlari g‘oyasidir», degan tezisi 
pragmatizmning manifesti sifatida qaralishi mumkin. Haqiqat u yoki bu g
‘oyaning samaraliligi va ish qobiliyati, uning 
maqsadga erishish uchun foydaliligi demakdir.
Borliqqa intuitiv tarzda anglab yetiladigan sir sifatida yondashuv, intuitivizm
deb nomlanadi. Intuitsiya intellektga 
qarama-qarshi turadi va predmetning mohiyatiga biron-bir manfaatni ko
‘zlamasdan, xolisona nazar tashlashni, sub'ekt va 
ob'ekt o
‘rtasidagi masofani qisqartirishni nazarda tutadi. Intuitivizmda bilim kechinma tarzida amal qiladi.
Borliq vaziyatlardan tarkib topsa va ularni talqin qilish usuli birinchi darajali ahamiyat kasb etsa, demak, bu yerda gap 
germenevtika haqida boradi
. Uning doirasida tushunuvchi talqin qilish borliqni gavdalantirishning asosiy modusi 
hisoblanadi. Biror narsani tushunish uchun uni tushuntirish kerak, tushuntirish uchun esa 
– tushunish zarur.
Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib yetish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan 
oshno bo
‘lish – ko‘rsatilgan bo‘limlarni sinchiklab o‘rganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida 
yondashish demakdir. Pirovardida biz falsafaning o
‘ziga xos tili, o‘z yondashuvlari va metodlari, nihoyat, tabiat, jamiyat va 
tafakkurga oid eng muhim aloqalar, xossalar va qonunlarni o
‘zida aks ettiruvchi umumiy tushunchalar – kategoriyalar tizimi 
vujudga kelganining guvohi bo
‘lamiz. Bunda falsafadagi har bir bo‘lim yoki yo‘nalish ham o‘z tushunchalar apparatiga, 
ya'ni bilimning faqat shu sohasiga xos bo
‘lgan va uning asosiy mohiyatini yoritib beradigan kategoriyalar tizimiga egadir.
Falsafada ko
‘rib chiqilgan mavzular bilan bir qatorda shunday bilim sohalari ham mavjudki, ular qolgan barcha bilim 
sohalariga kirib boradi, ular bilan uyg
‘unlashadi va ularni to‘ldiradi. Masalan, tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkurida yuz 
beruvchi harakat, rivojlanish va o
‘zgarishlar haqidagi falsafiy ta'limot 
dialektika ana shunday bilim sohalaridan biri 
hisoblanadi.
Ob'ektiv sabablarga ko
‘ra falsafiy bilimning ayrim sohalari sezilarli darajada rivojlandi va vaqt o‘tishi bilan mustaqil 
falsafiy fanlarga aylandi. Bunday bilim sohalari qatoriga, masalan, insonning bilishni amalga oshirish shakllari, qonunlari va 
usullarini o
‘rganadigan fan - mantiqni; ma'naviyat va axloq haqidagi ta'limot – etikani; go‘zallik qonunlariga muvofiq 
ijodning mohiyati va shakllari haqidagi fan 
– estetikani kiritish mumkin.
Shu ma'noda falsafa tarixi fani alohida diqqatga sazovordir, zero u, mohiyat e'tibori bilan, nafaqat falsafiy, balki tarixiy 
fan hisoblanadi. Ayni vaqtda u falsafiy bilim tarkibiga ham kiradi, chunki falsafiy tafakkurning vujudga kelishi, shakllanishi 
va rivojlanishini, falsafiy g
‘oyalar evolyusiyasi va xususiyatini turli faylasuflar, yo‘nalishlar, oqimlarning ta'limotlarida 
qanday tavsiflangani nuqtai nazaridan o
‘rganadi. Falsafa tarixi fanida falsafiy ta'limotlarni tizimga solish va tasniflashga
matnlar, tarixiy sanalarni tahlil qilishga, daliliy material, biografik ma'lumotlar yig
‘ishga alohida e'tibor beriladi. Shu 
munosabat bilan dunyoqarashni kengaytirish va teranlashtirishga, o
‘z falsafiy yondashuvlarini yaratishga qaratilgan falsafani 
o
‘rganish, uning tarixi, asosiy namoyandalari va eng muhim falsafiy asarlari bilan albatta tanishishni nazarda tutadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling