Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari
) Ulug’bek - o’rta asr sharq madaniyatining atoqli vakili
Download 162.87 Kb.
|
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e
- Bu sahifa navigatsiya:
- 31) Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari.
30) Ulug’bek - o’rta asr sharq madaniyatining atoqli vakili.
Buyuk olim va davlat arbobi Muhammad Tarog‘ay Ulug‘bek (1394- 1449) astronomiya va matematika sohalarida jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan kashfiyotlar qildi. U Samarqandda hokimlik qilgan davrda ilm-fan rivojiga katta e’tibor berdi. O‘z zamonasida jahonda eng yirik hisoblangan Samarqand rasadxonasi-observatoriyasini, Sharqning yirik dorulfununi hisoblangan madrasani qurdirdi, XV asr fanlar akademiyasi hisoblangan astronomiya-matematika ilmiy maktabiga asos soldi. Uning «Ziji Ko‘ragoniy» asari jahon astronomiya fanida buyuk asarlardan biridir. Mirzo Ulug‘bek o‘zining astronomiya va matematika sohalaridagi tadqiqotlari bilan Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy qarashlar rivojiga katta hissa qo‘shdi. U fanda kuzatish usuliga katta e’tibor berdi, ilmiy tadqiqotda matematik vositalar va mantiqiy usullar rolini alohida qayd etdi. Shunisi diqqatga sazovorki, Ulug‘bekning astronomik hisob-kitoblari hozirgi davr astronomik hisob-kitoblarga juda yaqindir. Mirzo Ulug‘bek buyuk ma’rifatparvar hamdir. U ilmli bo‘lish,ilmiy haqiqatni yechish inson uchun oliy fazilat ekanligini alohida ta’kidlaydi, ana shu asosda ma’rifatli hayot, ma’rifatli jamiyat g‘oyalarini ilgari suradi. Ulug‘bekning «Ilm olish har bir musulmon yigit va qiz uchun farzdir» degan shiori keyingi davrlar ma’rifati uchun g‘oyat katta ma’naviy ahamiyatga ega bo‘ldi. 31) Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari. Alisher Navoiy(1441-1501) ijodida borliq va uning mohiyati, inson va inson hayotining mazmuni haqida chuqur falsafiy mulohazalar, insonning baxt-saodat haqidagi orzu-umidlari, adolat va axloqiy kamolot, komil inson va fozil jamoa, ularga yetish yo‘llari va choralari xususidagi g‘oyalar o‘z ifodasini topgan. Navoiyning ijodi o‘zining g‘oyaviy mazmuniga ko‘ra serqirra bo‘lib, unda axloq masalasi muhim o‘rinda turadi. Shoir o‘zining «Xamsa» asaridagi dostonlarda inson axloqining bir ko‘rinishi bo‘lgan ishq-muhabbatni yuksak ijtimoiy-axloqiy tushuncha darajasiga ko‘taradi. Ishq-muhabbat Navoiy talqinida Farhod, Majnun va boshqa romantik qahramonlarning boshqaruvchi va tartibga soluvchi asosiy omildir. Navoiy qahramonlari uchun ishq-bu inson qalbini turli illatlar va hayvoniy hissiyotlar ta’siridan tozalovchi, insonda yuksak ma’naviy tuyg‘ular uyg‘otuvchi qudratli ruh yoki axloqiy kuchdir. Xullas, ishq- muhabbat Navoiy talqinida insonni ma’naviy takomillikka olib keluvchi manbalardan biridir. Mutafakkir go‘zal kishi odamlarga yaxshilik qilishi, saxovatli va himmatli bo‘lishi kerak, deydi. Shoirning fikricha, yaxshilik insoniyat bog‘ining shirin mevasi, odamiylik kishvarining sof gavharidir. Birovga yaxshilikni ravo ko‘rmagan, saxovatsiz kishilarni Navoiy mevasiz daraxtga, gavharsiz sadafga o‘xshatadi. Kishilarni saxovatli bo‘lishga, odamlarga madad berishga chaqiradi. Bu xislatlarni insonning yuksak fazilatlaridan biri deb hisoblaydi. Navoiyning xushmuomalalik, shirinso‘zlik, muloyim takallumli bo‘lish haqidagi fikrlari ham inson go‘zalligi to‘g‘risidagi tushunchalarning ajralmas qismidir. Shoir so‘zning inson hayotidagi katta ahamiyatini yaxshi tushunadi. Har bir so‘zni o‘ylab, o‘z o‘rnida ishlatishga targ‘ib qiladi. Navoiy kishilarni rost so‘zlashga, mazmunli gapirishni urinishga undashi bilan birga, yomon tildan, qo‘pol so‘zdan saqlanishni talab qiladi. «Mahbubul-qulub»da «Muloyim takallum vahshiylarni ulfat sari boshqarur; fusungar-afsun bilan ilonni inidan chiqarur», deydi. Navoiy dunyoqarashi tasavvuf falsafasi, aniqrog‘i, Naqshbandiylik falsafasi ta’sirida shakllandi. Tasavvuf falsafasi bo‘yicha ilohiyot va koinot, ilohiyot va inson, ilohiylik va dunyoviylik, xullas, butun borliq va Olloh bir-birlari bilan o‘zaro uzviy ravishda bog‘liqdir. Bu bog‘lanish «vahdat-vujud» yoki panteizm, ya’ni borliq va ilohning (Ollohning) birligi, bir butunligi g‘oyasida ifodalanadi. Navoiy ijodining butun mohiyati ana shu g‘oyaga-borliq va Ollohning yaxlitligi, birligi g‘oyasiga asoslangandir. Bu esa o‘sha davr ijtimoiy-falsafiy qarashlar taraqqiyoti uchun, oddiy materialistik tushunchalarning rivoji uchun katta omil edi. Navoiyning falsafiy dunyoqarashida hurfikrlik yoki Ezgu fikrlilik g‘oyasi muhim o‘rin egallaydi. Navoiy yaratgan badiiy obrazlar sofdil, mard, olijanob insonlar bo‘lishi birga Ezgulik nuqtai nazaridan fikrlovchi shaxslardir. Ularning bu xususiyatlari insonga nisbatan muhabbatda, mavjud ijtimoiy munosabatlarni Ezgulik tomon o‘zgartirilishiga qaratilgan ideal kurash xususidagi g‘oyalarda ifodalanadi. Navoiyning bu va boshqa ilg‘or ijtimoiy-falsafiy g‘oyalari o‘z davrida va undan keyin ham uzoq muddat Markaziy Osiyoda ilg‘or fikrlar taraqqiyotiga katta ta’sir etib keldi. Download 162.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling