32) Boburiylar davridagi falsafiy qarashlar.
Temur avlodidan bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) o’sha davrning eng ma’rifatli podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tug’ilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab-yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga ko’tarildi. Hindistonning XX asrdagi eng atoqli kishilari Mahatma Gandi va Javoharla’l Neru ham Bobur va boburiylar — ShohJahon, Avrangzeb va Akbar kabi Temuriyzodalarga juda katta baho berganlar.
Ichki kelishmovchiliklar natijasida o`z yurtini tashlab ketishga majbur bo’lgan Bobur avval Qobulda, so’ngra esa 1526 yilgi Panipat jangida Ibrohim Lo’di ustidan g’alaba qozonib, Hindistonda o’z hukmronligini o’rnatdi. “Boburiylar sulolasi” Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatining davomchisi sifatida mashxur bo’ldi.
Boburning xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o’rnatdi, obodonlashtirish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me’moriy yodgorliklar, bog’chalar, kutubxonalar barpo qildi, madaniyat, san’at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, san’atga katta qiziqish bilan qaragan, yuksak aql egasi, qomusiy bilimga ega bo’lgan davlat arbobi, olim va shoirdir. Boburiylarning ko’pchiligi ma’rifatchilik bilan mashg’ul bo’ldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar. Ularning yana bir xizmati islom va budda diniga e’tiqod qiluvchi musulmon va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga chaqirishdan iborat bo’ldi.
Boburning mashhur tarixiy asari “Boburnoma”dir. Bulardan tashqari, u huquqshunoslikka oid “Mubayyin”, aruz ilmiga oid “Mufassal”, musiqa bo’yicha “Musiqiy”, harbiy ishlarga oid “Harb ishi” risolalarini yozgan. “Boburnoma” o’sha davrdagi Markaziy Osiyo, Hindiston, Afg’oniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotini, savdo munosabatlari, jug’rofiyasi, hayvonot va nabotot olamini, ikdimi, qabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, turmush tarzi va marosimlarini aks ettirgan asardir. Bobur o’zining lirik she’rlarida ishq, muhabbat, Vatan sog’inchi, mehr, vafo, insoniylik, do’stlik, yaxshilik va mexr-oqibatni kuyladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |