35) XVII-XIX asr Yevropa falsafasidagi oqimlar va falsafiy maktablar.
XVII–XIX asrlar G‘arbiy Yevropa taraqqiyotida yangi davr hisoblanadi. Tabiat fanlarining yanada rivojlangan davrga to‘g‘ri keladi. Matematika va mexanika fanlari rivojlanadi. Yangi davr falsafasi namoyandalari: Frensis Bekon (1561- 1626), Tomas Gobbs (1588-1679),Rene Dekart(1569-1650), Benedikt Spinoza (1631-1677) Jorj Berkli (1685-1753), David Yum (1711-1776).
Bekon yangi davr empirik ingliz materializmining asoschisidir. Tabiatni bilish manbai – tajribadir. Chunki sezgi orqali olam, haqidagi yig‘ilgan dalillarni tajriba orqali tekshirish, aniqlash, kamchiliklarni bartaraf etish zarur. Bekonning eng katta xizmati – induktiv bilish metodini ishlab chiqishidir. Bekonning induktiv metodi tabiatni tajriba asosida bilishga qaratilgan metod bo‘lib, uning mohiyati: 1) dalillarni kuzatadigan; 2) ularni sistemalashtirish va turlarga bo‘lishdan; 3) ularni keraksiz dalillardan tozalashdan; 4) voqealarni tarkibiy qismlarga bo‘lishdan; 5) dalillarni tajribada tekshirib chiqishdan; 6) dalillarni umumlashtirishdan iborat.
Ratsionalistik oqimning asoschisi fransuz mutafakkiri Rene Dekart. Uning ta’limoticha, bilishning birdan bir ilmiy metodi – ratsionalizmga asoslangan deduktiv metoddir.
Dekart falsafasi dualistik falsafa. Olamning asosida bir-biridan mustaqil ikki substansiya yotadi. Birinchisi – «fikrlovchi substansiya» (xudo), ikkinchisi – moddiy substansiyadir. «Men fikrlayman – demak: mavjudman» degan mazkur tezisni ilgari surdi.
Uning ta’limotini Tomas Gobbs takomillashtirgan va rivojlantirgan. U moddiylikni asosiy substansiya deb hisoblagan, materiyaning abadiyligi, harakatning esa mexanik tarzda amalga oshishining tarafdori bo‘lgan olimdir. U matematik sifatida borliqning namoyon bo‘lishini geometriya fani nuqtai nazaridan tushuntirgan. Bilish nazariyasida Gobbs ko‘proq empirik jihatlarga o‘z e’tiborini qaratgan, sezgilarning bilimlar hosil qilish jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilgan.
Ingliz falsafasida Jon Lokk qarashlari alohida o‘rin tutadi. U tajribani bilishning asosiy manbai, deb hisoblaydi. Bunda ichki va tashqi tajriba ajratib ko‘rsatiladi. Uning fikricha, bilish tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlardan iborat bo‘lib, haqiqatlar esa kishilarning bu jarayonda hosil qilgan tushunchalari, g‘oyalari va xulosalarining olamga mos kelishidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |