Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


Download 162.87 Kb.
bet3/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

Monizm (yunoncha — monos, ya’ni yakka ma’nosini anglatadi) — olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir.
Dualizm (lotin tilida dua, ya’ni ikki degan ma’noni ifodalaydi) — olamning asosida ikkita asos, ya’ni modda va materiya bilan birga ruh va g’oya, ya’ni ideya yotadi deyuvchi qarash.
Plyuralizm (lotin tilida plyural, ya’ni ko’plik degan ma’noni anglatadi) — olamning asosida ko’p narsa va ideyalar yotadi deb e’tirof etadigan ta’limotdir.
Materializm — olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot.
Idealizm — olamning asosida ruh yoki g’oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limot.
Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog’liq masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis — bilish, logos — ta’limot) degan sohasi shug’ullanadi. Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni - gnostiklar; olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to’g’ri va aniq haqiqat darajasiga ko’tarila olmaydi deyuvchilarni esa - agnostiklar (yunoncha — bilib bo’lmaydi degan ma’noni anglatadi) deb yuritiladi.
Dialektika - grek tilida baxs va suhbatlashish san’ati degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo’li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o’zgarishda, o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda deb tushunishdir. Unga ko’ra, olamda o’z o’rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yo’nalishiga ega bo’lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog’liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog’lanishlar orqali namoyon bo’ladi.
Bir davr ikkinchisining o’rniga, bir avlod oldingisidan keyin, bir voqea boshqasining ortidan sodir bo’lib turadi. Ana shu abadiy va azaliy uzluksizlik, doimiy aloqadorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi va voqealarning ketma-ketligi tarzidagi bog’lanishlar, rivojlanish va taraqqiyot, olamning rang-barangligi va uyg’unligi dialektikaning asosiy tamoyillarini tashkil qiladi.
Falsafada mazkur tamoyillarga asoslangan tafakkurni - dialektik tafakkur, ana shunday dunyoqarashni - dialektik dunyoqarash, yondashuvni - dialektik yondashuv, metodni - dialektik metod deb atash an’anaga aylangan. Shu bilan birga u yoki bu olimning ushbu tamoyillarga asoslanadigan dunyoqarashi, falsafiy ta’limotlari ham bor. Masalan, Demokrit va Geraklit dialektikasi, Kant yoki Hegel dialektikasi deyilganda ana shunday hol nazarda tutiladi.

Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling