Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari
) Falsafaning milliy va umuminsoniy tamoyillari
Download 162.87 Kb.
|
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e
3) Falsafaning milliy va umuminsoniy tamoyillari.
Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma’lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o’tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog’liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o’z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo’ladi. O’z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg’uradi, ularni o’ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o’z navbatida, umuminsoniy fan bo’lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo’ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo’lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o’ralish, milliy mahdudlik degani emas. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo’lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o’zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy g’oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo’ladi, deya milliy falsafani yoqlab chiqadi. Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud degan fikrga o’rganib qolganmiz. Aslida, ularning barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyaga uzviy qo’shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo’ladi. Eng muhimi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi. Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ayrim milliy falsafalarning umuminsoniy ma’naviyat xazinasiga munosib hissa bo’lib qo’shilganini ko’ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tutganidan keyin o’z milliy davlatchiligiga ega bo’lgan Yevropa mamlakatlarida, o’rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish imkoni tug’ildi. Ularda Yevropa xalqlariga xos umumiy jihat va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon avvalo, Italiya va Angliyada, so’ngra Frantsiyada yuz berdi. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va J.J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o’z mamlakatlari, balki Yevropa va jahon falsafasida o’chmas nom qoldirdi. Ular, avvalambor, o’z yurti, o’z millati sha’nu sharafini yuksaklikka ko’tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg’or g’oyalarni o’rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga hissa qo’shgan. Download 162.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling