Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari
Nemis klassik falsafasi. Immanuil Kant (1724-1804)
Download 162.87 Kb.
|
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e
Nemis klassik falsafasi. Immanuil Kant (1724-1804). Kant psixologik ta’limotida o‘sha davrda mavjud bo‘lgan metafizikani inkor etadi. Quyosh sistemasi kosmik fazodagi boshlang‘ich katta tumanlikdan, uning doimiy aylanma harakati oqibatidan kelib chiqqan birinchi turtki emas, balki materiyadagi ichki ziddiyat – o‘zaro tortishish va itarish ziddiyati bunga sababdir. Quyosh sistemasi va yer ham tarixiy taraqqiyotning mevasi.
Kant falsafiy ta’limotining eng asosiy mohiyati uning mashhur «narsalar o‘zida» degan tezisida yaqqol namoyon bo‘ladi. Kantning ta’limoticha, bilishning zaruriy sharoitlari inson tafakkurining o‘zida jamlangan va bilishning asosini tashkil etadi. Shuning uchun Kantning narsalar haqida bizda shakllangan tasavvurlaridan, alohida narsalarning mavjudligini farqlagan. Biz dunyoni o‘z holicha bilmaymiz, aksincha o‘zimizning tasavvurimiz doirasida fahmlaymiz. Bizning bilishimizga esa tajribamizda uchragan hodisalargina ma’lum. «O‘z holicha mavjud bo‘lgan narsalar» bizning ongimizda tartibsiz xaotik ravishda ta’sir qiladi. Tafakkurimiz ta’sirida esa bu tartibsiz ta’sirlarni muayyan bir tizimga keltiramiz. Biz tabiat qonunlari deb tasavvur qilgan holatimiz haqiqatda tabiatni harakatga keltiruvchi qonunlar emas, aksincha tafakkurimizning mahsuli (biz shunday deb faraz qilamiz va bu bog‘liqlik)ni keltirib chiqarishga harakat qilamiz. Aslida narsalarning mohiyati ularning o‘zlaridir. Ularni mutlaq oxirigacha bilib bo‘lmaydi. Kant inson bilishi chegaralarining alohida axloqiy negizini ham ko‘rgan. Uning fikricha, agar inson hamma narsani oxirigacha bilganda, unda vijdon, insof, burch degan alomatlarning ahamiyati ham qolmas edi. Kant agnostitsizmining mohiyati ham ana shundan iborat. Lekin, Kantning xizmati shundaki, u metafizika hukmron bo‘lgan sharoitda qarama-qarshiliklar muammosini ko‘ndalang qo‘yadi. Kant oqilona fikrga dialektika xarakterli ekanligini yaxshi tushundi. U formal mantiqni tanqid qildi. Nemis mumtoz falsafasining eng yirik vakili G. Gegel (1770-1831) edi. Dialektikani idealistik asosda targ‘ib qilishning eng yuqori cho‘qqisi Gegel falsafasida erishildi. Gegelda dialektika voqelikning barcha sohalarini mutlaq g‘oyadan tabiatga va undan tarixiy jarayonlarga o‘tishni o‘z ichiga oladi. Gegel dialektikasida harakatning umumiy shakllari tasavvur qilingan. Dialektika uchga bo‘linadi: borliq, mohiyat, tushuncha. Borliq – fikrning eng dastlabki va mavhumiy shakli bo‘lib, sifat, miqdor va me’yor tushunchalarida konkretlashadi. Borliqni oxirigacha ko‘rib chiqib, uning o‘zida o‘ziga-o‘zi qarshi turuvchi va in’ikos holat mohiyat kategoriyasini yuzaga keltirishni ta’kidlaydi. Go‘yoki borliqning borliqqa in’ikosi mohiyatni keltirib chiqaradi. Mohiyat bilan hodisaning sintezi voqelik kategoriyasini keltirib chiqaradi. Lekin mohiyat borliqdan ajralgan holda bo‘la olmaydi. o‘zida borliqni ham, mohiyatni ham birlashtiruvchi dialektikaning keyingi bosqichini Gegel tushuncha deb bilgan. Gegelning fikricha, rivojlanishning har bir bosqichi o‘z prinsipiga ega, ya’ni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish, refleksiya (in’ikos) va ichki rivojlanish. Rivojlanishning shu yo‘lida ilmiy tafakkur va falsafiy kategoriyalar tizimining barcha bosqichlarining dialektikasi ifodalanadi, ya’ni sifat, miqdor, me’yor, mohiyat va hodisa, ayniyat va tafovut, sabab va oqibat, tasodif va zaruriyat, imkoniyat, voqelik va hokazo. Gegel dialektikasining modeli sifatida obyektiv reallik emas, uni in’ikos etuvchi tafakkur namoyon bo‘ladi. Gegel ta’kidiga ko‘ra – dunyoda sodir bo‘layotgan barcha hodisalar obyektiv reallikda emas, balki g‘oyalarda ifodalanadi. Gegel dialektikasi qanchalik qimmatli bo‘lmasin, u cheklangan edi. Chunki u olamning va bilishning taraqqiyoti tugallangan deb hisoblardi, unda taraqqiyot g‘oyasi faqat ruhiy-g‘oyaviy hodisalarga joriy etilgan. Bir qancha mantiqiy kategoriyalarni rivojlantirishda sxemalashtirilgan, chunonchi, triada va sun’iylik, yasamaviylik bo‘lgan; dialektik sxemalari tor, biqiq bo‘lgan; dialektikadan ilmiy, izchil ijtimoiy xulosalar chiqarilmagan. Download 162.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling