Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Qonun tushunchasi, uning moxiyati va falsafiy talqini


Download 162.87 Kb.
bet46/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

49) Qonun tushunchasi, uning moxiyati va falsafiy talqini.
Qonun – muayyan shart-sharoitda narsalar voqealar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy, barqaror munosabatlari.
Falsafaning uch qonuni bor:

  1. miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘zaro o‘tish qonuni;

  2. qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni;

  3. inkorni inkor qonuni.

Qonunlar amal qilish doirasiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
Eng umumiy qonunlar – tabiat, jamiyat, tafakkurning istisnosiz barcha obyektlariga xos bo‘lgan universal, falsafiy qonunlardir. Ular tabiat, jamiyat taraqqiyotining umumiy hamma yerda, doim mavjud bo‘lgan xossalari, mayllari o‘rtasidagi umumiy, zaruriy, barqaror ichki takrorlanib turuvchi, muhim obyektiv bog‘lanishlarni ifodalaydi.
Umumiy qonunlar – moddalarning saqlanish va aylanish qonuni; butun olam tortishish qonuni va hokazolar.
Xususiy qonunlar – fizikada Kulon qonuni, Mendeleyevning kimyoviy elementlarining davriy sistemasi, huquqshunoslikda fuqarolik qonuni, saylovlar haqidagi qonun, jinoyat kodeksi va boshqalar.
Namoyon bo‘lishiga ko‘ra qonunlar ikki guruhga bo‘linadi:
1) dinamik qonunlar – mutlaq ma’nodagi sababiy, zaruriy bog‘lanishlarni ifodalaydi;
2) statistik qonunlar – mutlaq ma’nodagi zaruriy qonunlar emas, ular ehtimollik sababiga muvofiq bo‘lgan bog‘lanishlarni ifodalaydi. Masalan: nishonga otilgan o‘qning mo‘ljalga tegish ehtimoli va hokazo.


50) Voqelik va o’zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyat dialektikasi.
Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil bo’lgan narsaning o’zi yo’q. Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan 2 barg xam bir-biridan farq qiluvchi ba’zi jihatlarga ega. Hech bo’lmaganda, ular bir-biridan makondagi o’rni bilan farq qiladi.
Hayotdan misol keltiradigan bo’lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o’xshash bo’lgan Hasan va Husanlarda ham juda ko’p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe’l-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo’lishi, ya’ni ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tafovut narsa — hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir.

Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling