Denloning qaytarilishi. Qirol Buyuk Alfredning o'limi- dan so‘ng uning vorislari Denloga hujum boshlaydi. Yangi qo'shin muvaffaqiyatli harakat qilib, X asrning so'nggi choragiga kelganda Angliya qirolligi (bu paytda awalgi Britaniya nomi yangi Angliya atamasi tomonidan uzil-kesil surib chiqarilgan) Daniya qonunlari viloyatini qo'shib oladi. Bu davrga kelib, Denloga o'mashgan daniyaliklar mahalliy aholi bilan ancha yaqinlashib, aralasha boshlagan edi.
Keyinchalik Angliyada yana ichki nizolar boshlanib, davlat zaiflashadi. Ayni paytda, Daniya tez yuksala boshlaydi. Yagona Daniya qirolligi VIII asr oxirida Angliyaga hujum qilgan daniyalik vikinglarga nisbatan xavfliroq edi. Angliya qirolligi ichki nizolardan batamom holsizlangandi. Daniya qiroli 1013-yilda ingliz sohiliga o'z qo'shinini tushiradi. Urush uzoq cho'zilmagan, faqat London shahri daniya- liklarga ma’lum vaqt qarshilik ko'rsatib turgan.
Savol va topshiriqlar:
Britaniyaga qaysi german qabilalari kelib o‘rnashadi?
Amvrosiy Avrelian haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Germanlar tomonidan britaniyada barpo qilingan qirollikni sanab bering.
4.Qirol Buyuk Alfred Angliyani birlashtirishga qanday hissa qo’shdi?
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib tarixiy sanalar va atamalarni yodlash, savollarga javob yozish, test tuzish
Do'stlaringiz bilan baham: |