Fan: Jahon tarixi 7-sinf


Download 38.19 Kb.
bet4/12
Sana29.01.2023
Hajmi38.19 Kb.
#1139510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-jahon t namuna

Davlat boshqaruvi. Buyuk Karlning saroy xizmatkorlari ayni paytda vazirlar vazifasini ham bajargan. Moliya, soliq, harbiy a’yonlari, dasturxonchi, otxona boshlig'i va boshqalar Franklar davlatidagi muhim lavozimlardan hi- soblangan. Yirik qabilalami gersoglar (nem. saylangan har­biy yo'lboshchi, keyinchalik merosiy qabila boshlig'i) boshqargan. Davrlar o‘tib gersog eng yuksak unvonlardan biriga aylandi. Yirik bo'lmagan hududlarni imperator ta- yinlagan graflar (nem. qirol tayinlagan amaldor) bosh- qaradi. Gersog unvoni avvaldan merosiy bo'lsa, graflami imperator tayinlagan. Buyuk Karl o‘z davlati chegaralarini mustahkamlash maqsadida markalar (nem. chegara harbiy viloyati) tuzib, ularni markgraflar (nem. chegara viloyati hokimi) boshqargan.
Yevropa hukmdorlari orasida katta hurmatga ega bo'lgan Karl saroyiga ko'plab elchilar kelib turishgan. Yilnomalarda yozilishicha, arab xalifasi Horun ar-Rashid o‘z elchilari orqali Karlga qimmatbaho sovg'alar bilan birga Quddusdagi Iso payg'ambar qabri joylashgan yemi ham taqdim etgan.Franklar imperiyasining inqirozi. Yillar o'tib mamlakatda graflar davlat amaldorlaridan — yirik yer egasi, o‘z viloyatining xo'jayiniga aylana borgan.
Buyuk Karlning vafotidan ko'p o'tmay, u tuzgan im- periyaning inqirozi boshlanadi. Uning nabiralari davrida mamlakat parchalanib ketadi. Verden shahrida 843-yilda tuzilgan shartnomaga binoan vujudga kelgan qirolliklar o'rnida, keyinchalik, Fransiya, Germaniya va Italiya dav- latlari tashkil topadi.Bu qirolliklaming har biri gersoglik va grafliklarga, ular esa yirik va o‘rta feodal mulklariga bo'lingan. Shu tariqa Yevropada feodal tarqoqlik davri boshlanadi.
Savol va topshiriqlar:

  1. Frank qirolligi qachon tashkil topdi?

  2. Buyuk Karl bosib olgan hududlarni yozuvsiz xaritaga tushiring.

  3. Ispaniya qaysi yarim orolda joylashgan? Buyuk Karl davrida u kimlarga tegishli edi?

  4. Franklar imperiyasi qay tariqa tashkil topdi?

  5. Saks qabilalari haqida nimalami eslab qoldingiz?

  6. Franklar davlatida boshqaruv qanday bo‘lgan?

  7. V—IX asrlar davomida Yevropa xalqlari hayotida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?

Uyga vazifa: Mavzuni o’qib tarixiy sanalar va atamalarni yodlash, savollarga javob yozish.

Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling