Fan: Jahon tarixi 7-sinf


Download 38.19 Kb.
bet9/12
Sana29.01.2023
Hajmi38.19 Kb.
#1139510
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7-jahon t namuna

Dars jihozlari: Darslik, Doska, Xarita, Chizma va tarqatma materiallar (krasvord, test va.b)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
a) Xavfli himoyachilar.
b) Qirol Artur.
d) Kurashning yakuni.
e) Yangi bosqin.
f) Qirol Buyuk Alfred.
g) Denloning qaytarilishi.

Rim legionlari 407-yilda Britaniyani tashlab Italiyaga qaytadi. Ularning ketidan qolgan rimliklar ham Yevropaga keta boshlaydi. Shu tariqa orolning kelt aholisi o‘z holicha qoldiriladi. Kelt qabila boshliqlari esa o‘zaro urushlarga kuch beradi. Ayni paytda shimoldan pikt va skott qabila­lari hujumlari boshlanadi.


Xavfli himoyachilar. Piktlardan himoyalanish uchun mahalliy britt- lar ilk marotaba germanlarning yut, angl va saks qabilalaridan yollanma drujinalami taklif etgan. Bu qabila- lar Germaniyaning shimoli va Yut- landiya yarim orolida yashardi. Lekin ko‘p o‘tmay ular­ning ortidan ko‘plab qabiladoshlari yo‘lga chiqadi. German­larning keltlardan tobora yuqori to‘lov talab qilishi, doimiy isyonlari, mamlakatni talashlari va tahdidlari kuchayib boradi. Yutlar V asr o‘rtalarida Kent viloyatini bosib oladi. Ularning izidan angl-sakslar ham keltlarga hujum boshlab, qattiq qarshilik bo’lmaganidan mamlakatni istilo qilishga kirishadilar. Angl-sakslar mahalliy aholining bir qismini qirib, ayrimlarini qullik asoratiga soladilar. Sha- harlar katta talafot ko‘radi, majusiy germanlar ibodatxona va monastirlarni talab, yondirib yuboradilar. Istilo dah- shatidan ko'pgina keltlar qit’aga, Armorika viloyatiga ко'chib o‘tadi. Fransiyaning shimoli-g'arbidagi bu hudud brittlarning ommaviy ko'chishidan so‘ng Bretan nomini olib, bu nomni hozirga qadar saqlab qolgan.



Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling