Fan: umumiy psixologiya ilmiy rahbar: odilova naira gulyamovna


I BOB TAFAKKUR OLAMNI BILISH VOSITASI


Download 108.72 Kb.
bet3/16
Sana14.05.2023
Hajmi108.72 Kb.
#1462011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi Ergashev Ravshan Tafakkur va muloqot

I BOB TAFAKKUR OLAMNI BILISH VOSITASI
Tafakkur haqida tushuncha, tafakkur operatsiyalar, turlari va mantiqiy shakllari
Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o’zini turli xil faoliyatlarni
bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko’rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy
ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o’rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar
ixtiyorsiz diqqat va ko’rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir
ob’ektlar va ularning bevosita o’rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar.
Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning
hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan
amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo’lgan savolga
javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «Yuzaga kelgan vaziyatda nimani, qay
tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo’ladi?»dan iborat.
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor,
tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning
mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o’zgartirishdan
iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni
ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi.
Tafakkurning asosiy vazifasi real bog’liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va
fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur
jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o’tish sodir bo’ladi.
Shunday qilib tafakkur deganda biz narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta'riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta'kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I. lvanovning darsligida "tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni oqilona amaliy faoliyat bilan shug'ullanishiga imkon beradi" deb ta’riflanadi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan. M.L. Gamezo tomonidan "tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vositali atrof-muhit hodisalarini aks ettira olishni ta’kidlaydi, A.V. Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta'rif keltiriladi: "Tafakkur – ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir". V.V. Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga o’xshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.PIatonov darsliklarida ham uchraydi, Keltirilgan ta'riflar orasida O.K,Tixomirovning darsligidagi ta’rif nisbatan to’liqroq deb hisoblanadi. Unda tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: "Tafakkur - bu o’z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalarga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir". Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta'riflar mavjuddir. Ulaming ayrimlariga tavsifnoma berib o’tamiz. S.L. Rubinshteyn nazariyasiga binoan tafakkumi psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmet, jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishidir. Muallif tafakkur operasiyalari shakliarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S.L. Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni sub'ekt faolligining paydo bo’lishi deb ataydi. A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkumi turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi. lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning tuzilishi, fikr yuritish motivasiyasi to’g’risidagi nazariy metodologik muammolami o’rtaga tashlaydi.
P.Ya.Galperin fikriga ko’ra, tafakkur -bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, ya’ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub'ektning tafakkuri ga orientirovka qilish jarayonini o’rganishga asoslanadi deb tushuntiradi. P.Ya.Galperin tafakkurning boshqa jihatlarini o’zining aqliy harakatlami bosqichrna-bosqich shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda voritishga intiladi. A.V.Brushlinskiy tadqiqotJarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalami bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta'kidlab o’tiladi.
Bosh miya po'stining biron-bir uchastkasi emas, balki bosh miyaning butun po'sti qilayotgan faoliyat tafakkurning nerv-fiziologik negizidir. Analizatorlarning miyaga borib tutashgan uchlari o'rtasida vujudga keladigan murakkab muvaqqat bog'lanishlar tafakkur qilish uchun birinchi galda ahamiyatga ega. Ikkinchi signal sistemasi bilan birinchi signal sistem asining bir-biriga ta ’sir o'tkazishida m uvaqqat bog'lanishlarning vujudga kelishi tafakkurning spetsifik nerv-fiziologik mexanizmlaridir. I.P. Pavlov aytganidek, « Avvalo, umuminsoniy empirizmni, (insonning tajribasi, orttirgan bilimlari) nihoyat atrof olamni va insonning o 'zini ham bilish uchun oliy qurol bo'lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy, oliy tafakkur» ayni shu bog'lanishlar asosida voqe bo'ladi. Tafakkurni yo'naltirib turadigan asosiy nerv-fiziologik negiz shunday yo'l ko'rsatib turuvchi refleksdirki, bu refleks tafakkur qilish jarayonlarida katta rol o'ynaydi. Odam tevarak -atrof olamni shaxsan bilib olayotgan chog'ida yoki o 'zi
harakat qilayotgan chog'idagina emas, balki shu bilan birga, u o'zining (og'zaki yoki yozma) nutqi bilan o'z fikrlarini boshqa odamlarga o'tkazayotganida hamda boshqa odamlarning fikr va bilimlarini o'zi o'zlashtirib olayotgan chog'da ham fikr qilaveradi.
Odamning bilish va amaliy ehtiyojlari, tevarak-atrof va hayot to'g'risidagi o'z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga intilishi tafakkur qilish faoliyatini vujudga keltiradi va bu faoliyatni kuchaytiraveradi. Shu sababli tafakkur qilish jarayonlarining muayyan maqsadga qaratilgan bo'lishi shu jarayonlarning muhim xususiyatidir.
Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari, tevarak atrofdagi olam va turmush to‘g‘risidagi o‘z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri - obyektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to‘g‘risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalaming butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning obyekti bo‘ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan qumq tafakkur bo‘lishi mumkin emas. Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning shunchaki bir biri bilan almashinishi tarzida voqe bo'lmasdan, balki alohida aqliy operatsiyalar — biz idrok qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan narsalar (obyektlar) ustida, biz umumiylashgan va abstract tushunchalarga ega bo'lgan obyektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo'ladi. Tafakkur qilish — operativ jarayondir. Analiz, taqqoslash va sintez, abstraksiya va umumiylashtirish, aniqlashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. Bizda yangi hukmlar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil bo'ladi, real olamdagi narsalar va hodisalar to'g'risidagi tushunchalar vujudga keladi.
Analiz - narsani (buyumlarni, hodisalarni, jarayonni) tarkibiy elementlarga, qismlarga yoki tarkibiy belgilarga bo'lish demakdir. Analiz - shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga uning elementlariga bo'lgan munosabati aniqlanadi. Biror moddiy narsani uning moddiy elementlariga ajratib bo'lish eng oddiy shakldagi analizdir. Stolni ayrim qism ­
larga bo'lish — uning oyoqlarini, yashiklarini va boshqa shu kabilarni bir-biridan ajratib olish mumkin. Kimyogar suvni vodorod bilan kislorodga ajratib yuboradi. Mana shu hollarning hammasida analiz narsalar va hodisalar bilan qilinadigan ish-harakatlarda ifodalanishi mumkin. Analiz obyektlarni amalda ajratib bo'lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo'lishda ham ifodalanishi mumkin. Bu fikriy analiz, ya’ni fikrda qilinadigan analizdir. Chunonchi, stolni analiz qilgan vaqtimizda biz uning
tusini, og'irligi va boshqa shu kabi belgilarini bilib olamiz. Suvning tiniqligini, og'irligini, bug'lanishini, haroratini, zichligini ham fikran ajratish mumkin. Psixologiyani o'rganayotganimizda biz har bir psixik hodisani bir-biri bilan taqqoslabgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, analiz ham qilamiz. O'qish mashg'uloti vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o'rin tutadi. Chunonchi, savod o'rgatish, odatda, nutqni analiz qilishdan: gapni so'zlarga, so'zlarni bo'g'inlarga, bo'g'inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Matematika masalasini yechish analiz qilishdan — dastlab bir qancha ma’lum sonlarni, so'ngra esa noma’lum sonlarni topishdan boshlanadi.
Sintez - shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo'laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez — analizning aksi yoki teskarisi bo'lgan tafakkur jarayonidir. Bu jarayon obyektning ayrim elementlarini, qismlarini, belgilarini bir butun qilib qo'shishdan iboratdir. Sintez jarayonida murakkab bir butun narsa, yoki hodisa tarkibiga kirgan elementlar, yoki qismlar tariqasida olingan buyum yoki hodisalarning shu murakkab bir butun narsa yoki
hodisaga bo'lgan munosabati aniqlanadi. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlarini bir butun qilib qo'shishdan iboratdir, amaliy analiz bo'lgani singari, sintez ham amaliy bo'lishi mumkin. Chunonchi, mashinaning ayrim detallari bir-biriga tegishli tarzda biriktirilganda, ya’ni ular sintez qilinganda, yaxlit, butun mashina, masalan, odimlovchi ekskavator hosil bo'ladi. Kislorod bilan vodorodning kimyoviy birikishi natijasida suv hosil bo'ladi. Mana shu va shunga o'xshash hollarning hammasida sintez fikr qilish jarayonlarida va ish-harakatlarda sodir bo'ladiki, bu ish-harakatlar natijasida bir butun, yaxlit moddiy narsa hosil bo'ladi. Analiz singari, sintez ham, fikran bo'lishi mumkin, ya’ni sintezda ayrim elementlarni faqat fikrda bir butun qilish mumkin. Masalan, biz chet tilining o'zimizga ma’lum bo'lgan so'zlaridan mazmunli gap tuzayotganimizda yoki ana shunday ma’lum so'zlardan tarkib topgan tayyor gapni o'qib tushunayotganimizda xuddi shunday jarayon sodir bo'ladi.
Analiz singari, sintez ham, o'qish jarayonida katta o'rin tutadi. Masalan, o'qishga o'rgatish vaqtida tovushlar va harflardan bo'g'inlar, bo'g'inlardan so'zlar, so'zlardan gap tuziladi. Mana shuning o'zi — sintezdir. Adabiy asarlardagi ayrim qahramonlarning yoki tarixiy arboblarning qilgan ishlarini, fikrlarini, hislarini tasvirlash va analiz qilish yo'li bilan hamda sintez qilish natijasida shu arboblarning, shu qahramonlarning xarakteristikasi hosil bo'ladi. Analiz va sintez yo'li bilan muayyan bir-butun narsaning har bir ayrim qismining, har bir ayrim elementining shu butun narsadagi roli va ahamiyati, shu qismlar va elementlarning bir-biriga bog‘lanishi, narsaning asosiy
(muhim) belgilari va ikkinchi darajali belgilari aniqlanadi.
Analiz va sintez hamisha birlikda o'tadi. Bir butun narsa analiz qilinadi. Binobarin, sintez analizni taqozo qiladi. Muayyan qismlarni, elementlarni, belgilarni bir butun qilib birlashtirmoq uchun avvalo shu qismlarni, shu elementlarni va belgilarni analiz natijasida ajratib olish lozim.
«Tafakkur, — deb yozgandi l.P . Pavlov, — albatta assotsiatsillardan, sintezdan boshlanadi, so'ngra sintezning ishi shu analiz bilan qo'shiladi. Analiz, bir tomondan, retseptorlarimizning, periferiya uchlarining analizatorlik qobiliyatiga, ikkinchi tomondan esa, bosh miya katta yarim sharlarining po'stida takomil topuvchi va voqelikka muvofiq bo'lmagan narsalarni voqelikka muvofiq bo'lgan narsalardan ajratib turuvchi tormozlanish jarayoniga asoslanadi. O dam bosh miyasi katta yarim sharlarining po'stida qilinadigan ana­liz va sintez ham birinchi, ham ikkinchi signal sistemalarining signallarini o'z ichiga oladi. Birinchi signal sistemasi bergan behisob signallarning yangi umumlashuvlari ham ikkinchi signal sistemasida yuksak analiz va
sintez qilinadi.

Download 108.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling