Fan: umumiy psixologiya ilmiy rahbar: odilova naira gulyamovna


Ko’rgazmali-harakat tafakkur turi


Download 108.72 Kb.
bet7/16
Sana14.05.2023
Hajmi108.72 Kb.
#1462011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi Ergashev Ravshan Tafakkur va muloqot

Ko’rgazmali-harakat tafakkur turi. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o’z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan yechganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajrailib chiqqan. amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bir-biri bog’langandir. Ko’rgazmali-harakat tafakkur turiga psixologik adabiyotlarda quyidagicha ta’riflar uchraydi. Jumladan. V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-harakat tafakkuri odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytda fikrlash jarayonini nazarda tutadi. "Psixologik lug’atda" ko’rgazmali harakatli tafakkur amaliy tafakkurning bevosita idrok qilayotgan narsa va hodisalar haqida harakatlar yordami bilan amalga oshiriladigan fikrlash turi, deb tavsiflanadi. Sof psixologik faoliyat birlamchi emas. balki amaliy faoliyatning o’zi birlamchidir. Yana faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqil nazariy fikr yuritish faoliyati ajrailib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayoni ham dastavval sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir.
Ko’rgazmali-obrazili tafakkur turi ham psixologik adabiyotlarda turlicha talqin
qilinadi. "Psixologik lug’atda ta'riflanishicha u konkret tafakkurning bevosita idrok
qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat bo’lgan turi. Professor
E.G’oziev fikricha, bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasavvur
qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi ko’rgazmali-obrazili tafakkur deb ataladi. V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-obrazili tafakkur esa
ko’rgan kechirgan narsalar va hodisalaming aniq obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ulaming mohiyatini umumlashtirilib bilvosita aks ettirishimizdir, deb talqin qilinadi. Tafakkurning mazkur ko’rinishi 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda namoyon bo’ladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ko’rgazmali-obrazili tafakkur bosqichiga o’tgandan so’ng ham saqlanib qoladi, lekin u o’zining yetakchi rolini yo’qota boshlaydi. Ko’rgazmali-obrazili tafakkur sodda shaklda ko’pincha bog’cha yoshidagi
bolalarda, ya’ni 4-7 yoshgacha bo’igan bolalarda paydo bo’ladi.
Tafakkur faolligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi. Intuisiya deb mantiqiy tafakkur yordamida ko’p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalaming to’satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoniga aytiladi. Ko’pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash, gipoteza kabi shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, matematika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi misol va muammolami yechish jarayoni. Bundan tashqari ixtiyoriy tafakkurga mantiqiy yoki nazorat (kontrol) tafakkuri ham kiradi. Moddiy borliqni adekvat aks ettirish, fikr yuritish, tanqidiy va sinchkov bo’lishni taqazo etadi. Binobarin, narsa va hodisalami atroflicha bilish uchun ob'ektiv baho berish zarurati tug’iladi, bu esa o’z navbatida fikr yuritish ko’lami keng, analitik sintetik faoliyat doirasi mustahkam bo’ilishini talab qiladi. Tafakkur jarayoni ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy, maishiy va hokazo faoliyatlarida ixtiyorsiz ravishda qator savollar paydo bo’ilishi va ularga beixtiyoriy javoblar axtarish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda inson fikr yurityaptimi yoki yo’qmi buni bilish qiyin, vaholanki, u o’zicha go’yo savollarga javob topadiganday, shirin his-tuyg’ulami boshdan kechirayotganday bo’ladi, shuning uchun ko’pincha "tilimning uchida turibdi" deyiladi. Odamlar qandaydir matn yoki muammo, masala ustida bosh qotirib, o’tirganlarida fikr yuritish mutlaqo beixtiyor ro’y berib qoladi va ular asosiy topshiriqni bajarishdan uzoqlashtiradi.

Download 108.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling