Fan: umumiy psixologiya ilmiy rahbar: odilova naira gulyamovna


Download 108.72 Kb.
bet5/16
Sana14.05.2023
Hajmi108.72 Kb.
#1462011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi Ergashev Ravshan Tafakkur va muloqot

Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, о‘xshash muhim belgilarning shu narsalar to‘g‘risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to ‘g‘risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida o‘ylaydi, ya’ni bular tafakkurning obyekti bo’ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo‘lishi mumkin emas. Psixologiyada umumlashtirishning keng qo‘llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hissiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko‘proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar obyektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. Hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Umumlashtirish, abstraksiyalash operatsiyasidan ajralgan holda sodir bo‘lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz mavjud bo‘lishi mumkin, lekin abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning o‘xshash hamda muhim belgilari tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan o‘xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar birlashtiriladi. Umumlashtirish jarayoni so‘z ta’sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga asoslanadi.
Konkretlashtirish - hodisalarning ichki bog‘lanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir. Psixologik tadqiqotlaming ko‘rsatishiga qaraganda konkretlashtirish odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstract belgining yakka obyektga tatbiq etilishi amalga oshiriladi. Masalan, biz “oq” deganimizda ko‘z oldimizga qor, qog‘oz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va yakka belgilar kamroq bo‘lgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxo‘ri, uzumni mevalar qatoriga, stol-stul, divan va shu kabilami mebellar qatoriga qo‘shamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash chog‘ida odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning o‘zidir.

Download 108.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling