Fan: umumiy psixologiya ilmiy rahbar: odilova naira gulyamovna


Download 108.72 Kb.
bet6/16
Sana14.05.2023
Hajmi108.72 Kb.
#1462011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi Ergashev Ravshan Tafakkur va muloqot

Klassifikatsiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga о‘xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. Har bir guruhdagi muayyan narsaga xos bo‘lgan biror belgiga qarab, shu narsalar turkumlarga bo'linadi. Narsalarning umumiy belgisi borligi ularni biror jihatdan bir-biriga o'xshash qilib qo'yadi. Masalan, kutubxonada kitoblar muqovasiga, formatiga, mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab turkumlarga bo'linishi mumkin. O'quvchilami, odatda, yosh yoki jinsiy belgilari bo'yicha, ulgurishlariga va shu kabilarga qarab turkumlarga bo'ladilar. Turkumlarga bo'lish uchun asos qilib olingan belgi turkumlarga bo'lishning asos deb ataladi.
Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan о‘rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o‘tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo‘la oladi. O‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqealaming vaqtiga qarab tizimga solishning namunasi bo‘la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallaming joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir. Maktab ta’limida o‘zlashtirilgan bilimlami tizimga solish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari bo‘yicha, so‘ng yaxlit holda o‘quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga o‘xshash predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha predmetlar yuzasidan to‘plangan bilimlar ma’lum tartibga tushadi, ularning o‘xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to‘rtinchi bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg'ulotlarda egallangan bilimlami tizimlashtirish nazarda tutiladi.
Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlaming ehtiyojlari xatti-harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar. mayllar, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ulaming tafakkuri ham har xil holatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikming originallik davajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikasiya qilinadi.
Professor E.G’.G’ozievning "Umumiy psixologiya” darsligida tafakkur turiari
quyidagicha klassifikasiya qilinadi:

Tafakkur turlari

  • Shakliga ko’ra

  • Ko’rgazmali-harakat, ko'rgazmali-obrazli

  • Topshiriq xarakteriga ko’ra




  • Fikr yoyiqligiga ko’ra

  • Konkret, abstrak realistic, autistic, intiutiv, diskursiv

  • Fikrni originallik darajasiga ko’ra

  • Reproduktiv, praduktiv, ijodiy, visual, fazoviy


A.V.Petrovskiy muharrirligida chop etilgan, ’'Umumiy psixologiya" darsligida
tafakkurnii quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi: ko'rgazmali-harakat, kо'rgazmali-obrazli, mavhum nazariy tafakur turiari va boshqalar.

Download 108.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling