Fan: umumiy psixologiya ilmiy rahbar: odilova naira gulyamovna


Birinchi bob bo’yicha xulosa


Download 108.72 Kb.
bet10/16
Sana14.05.2023
Hajmi108.72 Kb.
#1462011
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi Ergashev Ravshan Tafakkur va muloqot

Birinchi bob bo’yicha xulosa
Biz birinchi bobda tafakkurga tushuncha, uning turlari, tafakkur operatsiyalari va mantiqiy shakllani undan tashqari tafakkur nazaryalarni, nutqni nazariy asosda ko’rib chiqdik. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tafakkur inson uchun uning istiqboli uchun muhim hisoblangan yuksak darajadagi psixik jarayon hisoblanar ekan, Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o’zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog’liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o’tish sodir bo’ladi. Tafakkurning turlariga to’xtaladigan bo’lsak, ko’pchilik olimlar o’zining kvalifikatsilarini taklif qilganlar. Misol uchun E. G’oziyev, V. Karimova, P.I. Ivanov, A.V. Petrovskiylar turlicha kvalifikatsiya qilingan tafakkur turlarini ko’rsatib o’tadilar. Tafakkur mantiqiy shakllari inson uchun juda muhim hisoblanadi. Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Narsa va hodisalaming belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. Hukmlar obyektiv voqelikning aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo‘ladi. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Tushunchaga keladigan bo’lsak, biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Shu tafakkur mantiqiy shaklari inson uchun borliqni bilishga yordam beradi. Mazkur bobda tafakkurni operatsiyalar, nazaryalari va nutq haqida to’xtalib o’tilgan. Yana shuni aytib o’yish lozimki yuqoridagai tafakkur elementlari barchasi bir bo’lib tafakur jarayonini tashkil etadi. Shu jarayonlar asosida bilish faoliyatini amalga oshiradi.


Download 108.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling