Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti fizika matematika fakulteti matematika yo


Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi


Download 292.33 Kb.
bet4/14
Sana20.10.2023
Hajmi292.33 Kb.
#1713690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Algebra himoya yangi

Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi.
Bitiruv malakaviy ishida ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, monografik kuzatish, taqqoslash, induksiya va deduksiya, statik guruhlash, tizimli tahlil, usullaridan foydalanilgan
Tadqiqotda olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar Algebra va sonlar nazariyasining additiv masalalarini yangicha uslubda yechishga imkon beradi.
Bitiruv malakaviy ish tuzilmasining tavsifi:
Ushbu bitiruv malakaviy ishi natural sonlarni arifmetik progressiyadan olingan tub sonlar yig`indisi ko`rinishida ifodalashni o’rganib, Sonlar nazariyasining additiv masalalariga tadbiqini o’rganishga bag’ishlangan. Ushbu bitiruv malakaviy ish tarkibi kirish, 3 ta bob, 8 ta paragraph, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kirish qismi masalaning aktualligi, maqsadi va amalga oshiriladigan ishlar asoslanadi va berilgan sohada masalaning hozirgi holati aytilib, asosiy tushunchalar qisqacha keltiriladi.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida Goldbaxning ternar muammosi va uning isboti, binar muammosi va borada olingan natijalar, binar addettiv masalaning maxsus to’plami va uni baholash hamda ularning xossalari mukammal o’rganilgan. Misollar yordamida tahlil etiladi. Birinchi bob 3 ta paragrafdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida asosiy belgilashlar va birlik interval, kichik yoylar bo’yicha olingan integralni baholash, katta yoylarni soddalashtirish o`rganilgan. Ikkinchi bob 3 ta paragrafdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida esa Sonlar nazariyasining bir qancha additiv masalalariga to’htalib o’tilgan. Arifmetik progressiyadagi tub sonlar bo’yicha olingan chiziqli trigonometrik yig’indilarni baholash, arifmetik progressiyadagi tub sonlarning kvadratlari bo’yicha olingan trigonomertrik yig’indilarni baholash o’rganilgan. Uchinchi bob 2 ta paragrafdan iborat. Bitiruv malakaviy ishning hajmi 60 betdan iborat.


Download 292.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling