Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


Chegaradan chikkan tormozlanish


Download 84.39 Kb.
bet32/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY

Chegaradan chikkan tormozlanish - bu tashqi tormozlanishning bir ko’­rinishi bo’lib, shartli ta’surot kuchi yoki ta’sir qilish muddati odat­dagisidan haddan tashqari oshib ketganida kuzatiladi. Masalan, qo’n­g’iroq chalinishiga so’lak ajratish shartli refleksi hosil qilingan it­ga qo’ng’iroqni odatdagidan ancha kuchli yoki uzoq vaqt davomida chal­sak, so’lak ajratilishi kuzatilmay qo’yadi. CHunki nerv hujayralari­ning me’eri, chegarasi bor. Agarda qo’zg’alish shu me’erdan, chegara­dan chiqib ketsa tormozlanish paydo bo’ladi.
Shartsiz tormozlanish tugma bo’lib po’stloq bilan bir qatorda markaziy nerv sistemasining quyi qismlariuchun ham xos.
Shartli tormozlanish faqatgina po’stloqda kuzatiladi, sekinlik bi­lan paydo bo’lib, uzoq vaqt davom etadi.
Shartli refleks shartli ta’surot bilan doim bir zayilda mustahkamlanib turmasa, shartli tormozlanish paydo bo’ladi. Bu vaqtda tor­mozlanish mustahkamlanmay qolgan shartli refleks markazining o’zida paydo bo’ladi. Tormozlanish shartli refleksning o’z markazidan paydo bo’lganligi tufayli, u ichki tormozlanish ham deyiladi. SHartli tor­mozlanishning turtta xili bor: 1) shartli refleksning so’nishi, 2) shar­tli ta’surotning differentsiatsiyalanishi, 3) shartli tormoz, 4) shartli refleksning kechikishi.
SHartli tormozlanish organiz uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega SHartli tormozlanish bo’lmaganida edi, organizm shartsiz ta’surot bi­lan mustahkamlanmagan, ammo shartli ta’surot bilan oladigan har qanday signallarga ham ortiqcha, keraksiz reaktsiyalar bilan javob beraverar edi. Tormozlanish tufayli organizm faqatgina shartsiz ta’surot bilan mustahkamlanadigan, uzi uchun zarur reaktsiyalarni vujudga keltiradi va shunday qilib, tashki muhitga mukammalroq mos­lashadi.
1-Ish. Orqa miya reflekslarini markaziy tormozlanishi.
I.M.Sechenov tajribasi.
Ish olib borish uchun baqa boshining terisi va suyagi ikkala burun teshigi orqasidan qirqiladi. Keyin terining ung va chap tamonlari 1.5-2 sm uzunlikda kesib olib tashlanadi. Ingichka uchli kaychi yorda­mida kalla suyagi xuddi shu tartibda qirqiladi. Suyakni qirqqan vaqtda miyani zararlantirmaslik kerak. Qon oqayotgan bo’lsa, u paxta tampon bilan to’xtatiladi. Miya ko’rish burtigidan yuqoriroqdan kunda­langiga kesiladi va baqa shtativga osib quyiladi. Oradan 1-2 daqiqa o’tgach refleks vaqti bir necha marta aniqlanadi. Sungra kurish bur­tigining uti filtr qog’oz bilan qo’ritilib, unga osh tuzining bir dona kristali quyiladi. SHundan keyin baqa oyog’iga xlorid kislotasi­ning 0.1% li eritmasi bilan ta’sir etilib, refleks vaqtining qan­cha davom etishi bir necha marta tekshirilib ko’riladi. Bundan baqa oyo­g’i fiziologik eritma bilan yo’viladi va refleks vaqti yana bir necha marta aniqlanadi. Bu gal refleks vaqti asta sekin asliga kela boshlaydi. SHundan keyin uzunchoq miyaning pastidan qirqib, oradan bir necha daqiqa o’tkazilsa, reflekslar kuchayib ketganligi yoki refleks vaqti kamayganligi kuzatiladi.

Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling