Nerv va muskul preparatini tayyorlash.
Qo’zg’aluvchan to’qimalar va ularning xususiyatlari haqida tushunchalarga ega bo’lish. Nerv–muskul preparatini tayyorlash texnikasini o’rganish.
Darsga kerak bo’ladigan hayvonlar va jihozlar:
1. Laboratoriya hayvoni: baqalar.
2. Reaktivlar: Ringer eritmasi.
3. Jihozlar: po’kak taxtachasi, buyrak shaklidagi tog’aracha, ignalar,
stakanchalar, ip, paxta, qaychi, skalьpel, pintsetlar.
Nerv va muskul to’qimalarining faoliyati fiziologiyada quyidagicha ifodalanadi: fiziologik tinchlik holati, qo’zg’algan va tormozlangan holat.
Organizmda mutlaq tinchlik holati bo’lmaydi. CHunki organizm tinch harakatsiz turganda ham organlari ishlab turadi. Tirik organizmda moddalar almashinuvi hech vaqt to’xtamaydi. SHuning uchun ham tinchlik holati deganda, organizmdagi fiziologik tinchlik holat tushuniladi.
Organizmning barcha hujayralari ta’sirlanish xususiyatiga ega. Tashqi va ichki muhitdan kelayotgan ta’surotga javoban hujayradagi moddalar almashinuvi o’zgaradi.
Nerv, muskul va bez to’qimalari ta’sirlanuvchanlik bilan bir qatorda qo’zg’aluvchanlik xususiyatiga ham egadir. Nerv, muskul va bez to’qimalari ta’surotga javoban yuzaga kelgan reaktsiyani o’zi bo’ylab tarqatib, qo’zg’alib javob beradi. Qo’zg’aluvchan to’qima qo’zg’alishi uchun unga ta’surotchi (qitiqlagich) ta’sir etishi kerak.
Ta’sirotchi kuchlar o’zining kelib chiqishiga qarab ikki xil bo’ladi:
1. Ichki ta’surotchilar.
2. Tashqi ta’surotchilar.
Ichki ta’sirotchilarga organizm ichida kuzatiladigan turli o’zgarishlar (masalan: qonda karbonat angidrit, gormonlar miqdorini o’zgarishi, nerv impulьslari va boshqalar) kiradi.
Tashqi ta’sirotchilarga tevarak atrofda yuz beradigan turli o’zgarishlar (masalan: yorug’lik, tovush) kiradi.
Ta’sirotchilir to’qima uchun biologik ahamiyati jihatidan ikki xil bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |