Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


Download 84.39 Kb.
bet27/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY

Nazorat uchun savollar:
1. Organizmdagi ichaklarning turlari va nomlarini ayting.
2. Ichaklar avtomatiyasi va motorikasi deganda nimani tushunasiz?
3. Ingichka ichaklarning harakatlarini tushuntiring.
4. Yo’g’on ichaklarning harakatlarini tushuntiring.
5. Ichaklar avtomatiyasi qanday ro’yobga chiqadi?
6. Qanday qo’zg’aluvchan to’qimalarni bilasiz?
7. Fiziologik tinchlik, qo’zg’algan va tormozlangan holatlar deganda
nimani tushunasiz?
8. Ta’sirotchi nima? Ularning xillarini ayting.
9. Nerv va muskul qanday xususiyatlarga ega?

4-mavzu: Muskullarning yakka va tetonik qisqarishlari. fiziologik tinch va faoliyat davridagi biotoklarni aniqlash. Shartli reflekslarni hosill qilish.


Darsning maqsadi: Muskullarni yakka va tetonik qisqarishi, la­billik, pog’ona kuchi haqida tushunchaga ega bo’­lish va ularni nerv-muskul preparatida o’rganish. Muskullarda hosil bo’ladigan bioelektrik hodisalar to’g’risida tushuncha hosil qilish va ularni tajribada o’rganish.
Darsga kerak bo’ladigan hayvonlar va jihozlar:
1.Laboratoriya hayvoni:baqalar va ularning nerv-muskul preparati.
2. Reaktivlar: Ringer eritmasi.
3. Jihozlar: miograf, elektr toki, fiziologik eritma, shisha tayoqcha, pintset, skalьpel, qaychi.
Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga bo’linadi:
1. Ko’ndalang targ’il muskullar - skelet muskullari hayvonning faol
harakat qilishini ta’minlaydi.
2. Silliq muskullar - ichki organlarning devorlarida joylashgan muskullar bo’lib, ularning faoliyatini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Masalan, ozuqalarning hazm organlari bo’ylab harakati va qon tomirlarining kengayib-torayishi silliq muskullarning faoliyatiga bog’liq. Ammo ichki organlarda ham (masalan, qizilo’ngachda va to’g’ri ichak sfinktrlarida) ko’ndalang - targ’il muskullar bo’ladi.
Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo’lib, ular yordamida orga-
nizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi..
Organizmning turli qismlarida joylashgan muskullarga turli xil ta’surotlar ta’sir etib, ular yakka yoki tetonik qisqarishlar bilan javob berib turadi.

Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling