Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi
Download 84.39 Kb.
|
FIZILOGIYA AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Bo’shashish davri.
- Tetonik qisqarish.
Yakka qisqarish deb, muskulga juda qisqa vaqt mobaynida bitta ta’sirot berilsa, u bir marta qisqaradi. Agar yakka qisqarishni kimografga yozib olsak, u ifoda etadigan egri chiziqda uchta davr hosil bo’ladi:
1. Yashirin davr - muskulga ta’surot berilganidan to qisqarishning paydo bo’lishigacha o’tgan vaqt. 2. Qisqarish davri. 3. Bo’shashish davri. Yakka qisqarishning umumiy davri turli hayvonlarda, shuningdek bir turdagi hayvonlarning har xil muskullarida bir xil emas va bu davr issiq qonli hayvonlar muskullarida sovuq qonli hayvonlar muskullarinikidan kam. Masalan: issik qonli hayvonlar muskullarida yakka qisqarish davri 0,04-0,1sekundga, sovuq qonlilarda esa 0,1-1,0 sekundga teng. Yakka qisqarish vaqti muskul qo’zg’aluvchanligiga, tashqi muhit haroratiga bog’liq. Baqa boldir muskulining qisqarish davri 0,1 sekundga teng. SHu vaqtning 0,01 sekundi qisqarishning yashirin davriga, 0,04 sekundi qisqarish va 0,05 sekundi bo’shashish davriga sarf bo’ladi. Qisqarishning yashirin davrida energiya ajralib chiqib, ana shu energiya hisobiga muskul qisqaradi. Muskulning qisqarish darajasi (kuchi) ta’surotning kuchiga bog’liq. Tetonik qisqarish. Tabiiy sharoitda, organizmda muskul tolalari yakka-yakka qisqarmasdan, balki uzoq tetonik holda qisqarib turadi. CHunki muskullarga nervlar orqali bir emas bir necha impulьslar navbatma - navbat, muayyan zalp bilan kelib turadi. Tanadan ajratib olingan muskulga navbatma-navbat sekundiga 10 marta tezlik bilan ta’sir bersak, muskul yakka qisqaradi. CHunki ta’surot bunday ritmda berilganida, har qaysi navbatdagi ta’surot, muskul oldingi ta’surotdan qisqarib, bo’shashganidan so’ng muskulga yetib keladi va uni yana qaytadan qisqarishga majbur qiladi. Agar muskulga berilayotgan ta’surot bir oz tezlashtirilib, sekundiga 10 tadan 25 tagacha yetkazilsa, u vaqtda navbatdagi ta’sir, muskul oldingi ta’surotdan bo’shasha boshlagan paytda yetib keladi. Natijada muskul qisqargandan so’ng, to’la bo’shashmasdan turib, qayta qisqara boshlaydi va tetonik qisqarish yoki tetonus hosil bo’ladi. SHuning uchun muskullarning bunday qisqarishi tishchali tetonus deyiladi. Muskulga berilayotgan ta’surot chastotasi sekundiga 25 tadan oshsa, navbatdagi ta’surot muskul qisqarib bo’shashmasdan yetib keladi va muskulni shunday qisqargan holatda qolishiga majbur qiladi. Bunga silliq tetonus deyiladi. Agarda muskulga sekundiga 300 va undan ko’proq ta’surot berilsa, navbatdagi ta’sir qisqarishning absolyut-mutloq refraktor fazasiga to’g’ri kelaveradi. Oqibatda muskul umuman qo’zg’almaydi. Tetonik qisqarish ta’surot chastotasiga, muskullarning qo’zg’aluvchanligiga va labilligiga bog’liq. Download 84.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling