Fanidan amaliy ishlarni
Mavzu: Siqilgan havoda ishlaydigan perforatorning ish unumdorligini aniqlash
Download 1.11 Mb.
|
Yangi amaliy mashg’ulotlar (KIA)-2020-21
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 amaliy mashgulotni bajarish uchun variantlar
- Amaliy mashg’ulot №6 Mavzu: Yer osti kon ishlarida o’ziyurar burg’ulash uskunalarining ish unumdorligini hisoblash. Ishdan maqsad
- 6 amaliy mashgulotni bajarish uchun variantlar
Mavzu: Siqilgan havoda ishlaydigan perforatorning ish unumdorligini aniqlash.
Ishdan maqsad: Konchilik sanoatida ishlatiladigan perfaratotrlarning turlari qo’llanilish sharoitlari haqida tushunchaga ega bo’lish hamda pnevmatik perfaratorlarning ish unumdorligini hisoblashni o’rganish. Ruda konlarini qazib olishda rudani maydalash ishlarida ko’pincha burg’ulash portlatish ishlari keng ko’lamda qo’llaniladi. Bunda shpurlar va skvajinalar burg’ulash dastgohlari yordamida amalga oshiriladi. Burgulash dastgohlarida asosiy ish bajarish uskunasi bu burgulash mashinasi bo’lib hisoblanadi. Burg’ulash mashinalari perfaratorlar va burgulash golovkalari (kallagi) kabi turlari mavjud. Qo’llanilish sharoitiga bog’liq ravishda burgulash mashinalari quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Ko’chma perfaratorlar (Переносные перфораторы (ПП)); 2. Teleskopik perfaratorlar (Телескопные перфораторы (ПТ)); 3. Kolonkali perfaratorlar (Колонковые перфораторы (ПК)); 4. Burgulash golovkalari (Бурильные головки). Ishlashda qo’llaniladigan energiyaning turiga bog’liq ravishda burg’ulash mashinalari quyidagicha turlarga bo’linadi: 1. Pnevmatik perfaratorlar; 2. Gidravlik perfaratorlar; 3. Elektro perfaratorlar. Burg’ulash mashinalarini tanlashda quyidagi asosiy faktorlar mavjud, ular: 1. Burg’ulanayotgan zaboydagi tog’ jinsining qattiqligi; 2. Burgulanadigan shpurlar yoki skvajinalarning eng katta chuqurligi; 3. Shpur yoki skvajinaning diametri. Perfaratorning smenalik ish unumdorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: p.m/smena Bu yerda υ – perfaratorning burg’ulash tezligi, mm/min; Т – smena davomiyligi, soat; R – burg’ulash uskunasidan (perfarator) vaqt birligidan foydalanish koeffitsiyenti, R = 0,4 ÷ 0,75. Perfaratorning haqiqiy burg’ulash tezligini aniqlash uchun quyidagi empiric formuladan foydalanish mumkin: mm/min Bunda А – zarb berish energiyasi, J; n – zarbalar chastotasi, Gers; d – shpur diametri, mm; σсж – tog’ jinsining bir o’q bo’ylab siqilgandagi mustahkamlik chegarasi, MPa, ya’ni σсж=10·f MPa; f – tog’ jinsining professor M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqlik koeffitsiyenti. Misol: Misol uchun NKMK MKBdagi Murumtau shaxtasi sharoitini qabul qilamiz; Tog’ jinsining professor M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqlik koeffitsiyenti f = 16; Shpur diametri (YT 29A tipidagi perforator uchun) d = 43 mm; Zarbalar chastotasi n = 37 Gers; Zarb berish energiyasi А = 70 J; Smena davomiyligi Т = 7,2 soat; Bir yildagi ish kunlari soni = 250 kun; YT 29A perfaratori uchun Perfaratorning haqiqiy burg’ulash tezligini quyidagicha aniqlaymiz: p.m/min Perfaratorning smenalik ish unumdorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: p.m/smena Perfaratorning yillik ish unumdorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: p.m/yil №5 amaliy mashgulotni bajarish uchun variantlar:
Amaliy mashg’ulot №6 Mavzu: Yer osti kon ishlarida o’ziyurar burg’ulash uskunalarining ish unumdorligini hisoblash. Ishdan maqsad: Konchilik sanoatida qo’llaniladigan o’ziyurar burgilash dastgohlarining gidravlik perfaratotrlarning turlari qo’llanilish sharoitlari haqida tushunchaga ega bo’lish hamda perfaratorlarning ish unumdorligini hisoblashni o’rganish. Ruda konlarini qazib olishda rudani maydalash ishlarida aksariyat hollarda burg’ulash portlatish ishlari orqali amalga oshiriladi. Bunda shpurlar va skvajinalar burg’ulash dastgohlari yordamida amalga oshiriladi. Burgulash dastgohlarida asosiy ish bajarish uskunasi bu burgulash mashinasi bo’lib hisoblanadi. Burg’ulash mashinalari perfaratorlar va burgulash golovkalari (kallagi) kabi turlari mavjud. Atlas Copco, Sandvik va boshqa markalardagi o’ziyurar burgilash dastgohlarida iste’molchilar talablariga, kon geologiksharoitlar, shpur va skvajinalar parametrlari, tog’ jinsi hamda qo’llaniladigan uskunaning taxnik xususiyatlaridan kelib chiqib turli xildagi perforatorlar o’rnatilishi mumkin. Perfaratorning smenalik ish unumdorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: p.m/smena Bu yerda υ – perfaratorning burg’ulash tezligi, mm/min; Т – smena davomiyligi, soat; R – burg’ulash uskunasidan (perfarator) vaqt birligidan foydalanish koeffitsiyenti, R = 0,4 ÷ 0,75. k – burg’ilash dastgohidan vaqt birligida foydalanish koeffitsiyenti k = 0,7 ÷ 0,9; Perfaratorning haqiqiy burg’ulash tezligini aniqlash uchun quyidagi empiric formuladan foydalanish mumkin: mm/min Bunda А – zarb berish energiyasi, J; n – zarbalar chastotasi, Gers; d – shpur diametri, mm; σсж – tog’ jinsining bir o’q bo’ylab siqilgandagi mustahkamlik chegarasi, MPa, ya’ni σсж=10·f MPa; f – tog’ jinsining professor M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqlik koeffitsiyenti. Masala: Misol uchun NKMK JKB Zarmitan rudnigi sharoitida amaliyotda qo’llanilayotgan uskunalardan birini qaraymiz; Tog’ jinsining professor M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqlik koeffitsiyenti f = 18; Shpur diametri (COP 1132 Atlas Copco tipidagi perforator uchun) d = 51 mm; Zarbalar chastotasi n = 100 Gers; Zarb berish energiyasi А = 110 J; Smena davomiyligi Т = 7,2 soat; Bir yildagi ish kunlari soni = 250 kun; COP 1132 Atlas Copco perfaratori uchun haqiqiy burg’ulash tezligini quyidagicha aniqlaymiz: p.m/min Perfaratorning smenalik ish unumdorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: p.m/smena Perfaratorning yillik ish unumdorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: p.m/yil №6 amaliy mashgulotni bajarish uchun variantlar:
Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling