Фанидан курс иши мавзу


Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir cheklovlar


Download 391.63 Kb.
bet5/11
Sana17.06.2023
Hajmi391.63 Kb.
#1532019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodi1909.docx nobank

Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir cheklovlar
Nobank kredit tashkilotlari quyidagilarga haqli emas:
bevosita ishlab chiqarish, sug‘urta, shuningdek savdo faoliyatini amalga oshirishga, bundan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatuvchi mikromoliya tashkilotlari mustasno va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishga;
jismoniy va yuridik shaxslardan omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga;
jismoniy shaxs bo‘lgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasidan yoki ularning egaligidagi aksiyalarning nominal qiymatidan oshadigan miqdorda qarz mablag‘larini jalb etishga, bundan obligatsiyalar shaklidagi qarz mablag‘larini jalb etish mustasno.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir talablar
Nobank kredit tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida:
nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
ustav fondini (ustav kapitalini) ushbu Qonun 17-moddasining uchinchi qismida belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligini ta’minlash;
rahbar xodimlarning ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishini ta’minlashi shart.
Lombard ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablardan tashqari kassa xonasining Markaziy bank talablariga muvofiqligini ta’minlashi kerak.

Nobank kredit tashkilotlarining faoliyatiga doir mablag‘larning manbalari
Nobank kredit tashkilotlarining o‘z mablag‘lari, banklarning kreditlari, grantlar, shuningdek o‘z ishtirokchilaridan (aksiyadorlaridan) jalb etilgan qarz mablag‘lari nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir mablag‘larning manbalaridir.
Mikromoliya tashkilotlari ushbu Qonunning 26-moddasida belgilangan prudensial normativlarga rioya qilgan taqdirda, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lardan tashqari quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshirishga haqli:
korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining hamda davlat jamg‘armalarining mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlarining, chet el hukumat moliya tashkilotlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining qarz mablag‘lari;
yuridik shaxslardan, shu jumladan chet el yuridik shaxslaridan olingan qarz mablag‘lari;
islomiy moliyalashtirishga muvofiq bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar — mikromoliya tashkilotlari uchun;
ipoteka qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan olingan mablag‘lar — ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun.

Download 391.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling