Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet10/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Eftallar — O'rta Osiyo va o'nga yaqin mamlakatlar xalqlarining etnogenezi va tarixida muhim rol o'ynagan yirik qabilalar uyushmasi. Ularning kelib chiqishi to'g’risida turli fikrlar bayon etilgan. A. N. Bernshtamning fikricha, eftallar tarkib topgan erlar o'rta va quyi, Sirdaryo hamda Amudaryoning yuqori havzasidir. S. P. Tolstov esa ularni Orol bo'ylaridan kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Garchi eftallarning tarkib topgan joyi qat'iy aniqlanmagan bo'lsada, ular etnik elementlar aralashgan O'rta Osiyolik qabilalar negizida shakllanganligi ma'lum eftallar otashparast bo'lganlar, lekin keyinchalik ular orasida buddizm va xristianlikka e'tiqod qila boshlaganlar ham bo'lgan.
Ilk o'rta asrlarda o'z qaramog’idagi xizmatkorlari mehnatidan foydalanib kelgan dehqonlar, keyinchalik turli yo'llar bilan qishloq jamoalari ustidan hukmronlik qiladigan, bora— bora ular kuchidan foydalaniladigan bo'ldilar. Dehqonlarga qaram bo'lib qolgan qishloqning mehnatkash ahli bu davrda «kadivar», ya'ni qishloq qo'rg’onida yashovchilar nomi bilan yuritilgan. SHunday qilib, mamlakatda ilk o'rta asrlar mulkchiligi munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik er egalari bo'lmish dehqonlar bilan bir qatorda o'z erkidan maxrum bo'lgan, mo'tlaqo ersiz va mulksiz kambag’al ziroatchi tabaqa — kadivarlar paydo bo'ladi. Ular ilk o'rta asrlarning ijtimoiy hayotida dunyoga kelgan va erdor dehqonlar tabaqasiga qaram bo'lgan qishloq jamoasining, yangi mehnatkash, mazlum aholining vakillari edi. Mamlakatda er—suv mulkchiligining xususiyligi ortib, feodal munosabatlarning mustahkamlanib borishi bilan qishloqning mulksiz va erksiz ziroatchi mazlum ahli — kadivarlarning soni ko'payib, dehqonchilik xo'jalikning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarining biriga aylandi.
V asrning o'rtalariga kelib, mulkdor dehqonlar va ruhoniy — kohinlarning qo'l ostidagi mulklardan iborat bo'lsa ham, ammo ziroatkor voxalardagi erlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog’ida edi. Ziroatchi jamoalarning oddiy mehnatkash a'zolari «kashovarz» - ya'ni, erni xaydovchi, erni omoch bilan ag’daruvchi, «qo'shchi» deb yuritiladi. Dehqonchilik maxsulotlarining deyarli asosiy qismi mana shu qo'shchi — kashovarzlarning mashaqqatli mehnati bilan etishtirilar edi.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling