3-mavzu. Qadimgi dunyo tarixining tarixiy atamalari
Reja:
Qadimgi Sharq ijtimoiy-iqtisodiy masalalari bilan bog’liq atamalar.
Qadimgi Yunoniston tarixiga oid siyosiy iqtisodiy atamalar.
Qadimgi Rim boshqaruv tizimiga oid atamalar.
Qadimgi Rim iqtisodiyoti va madaniyatiga oid atamalar.
Qadimgi YUnonistonda tabaqaviy jamiyatga o'tish davrida diniy tasavvurlar o'zgara borgan. YUnon dunyosida xar bir narsa, xodisa va kasb—korning o'z homiylari, ya'ni xudolari bor deb o'ylaganlar. Bu ko'p xudolikning ko'rinishi edi. YUnonistonda bosh xudo Zevs bo'lib, osmon, momaqaldiroq, chaqmoq xudosi bo'lgan.
U Olimp tog’ida yashaydi deb o'ylashgan. Rimliklarning YUpiter xudosiga teng bo'lgan.
Poseydon — «Erni tebratuvchi» daxshatli dengiz xudolaridan biri bo'lib, yunonlar undan ham qattiq qo'rqqanlar. Ular Poseydonni yarim— yalang’och, qo'lida uch ayrilik bahaybat nayza ushlagan holda tasavvur qilganlar. Afsonaga ko'ra, u o'zining uch ayrilik nayzasi bilan erni larzaga keltirib, dengizda bo'ron ko'targan va kemalarni cho'ktirib yuborgan.
Gelios — quyosh xudosi bo'lib, oppoq otlar qo'shilgan oltin aravasida osmonga chiqqanida go'yo kunduz boshlanar ekan.
Appolon — yorug’lik va san'at xudosi bo'lgan. YUnonlarda hosildorlik ma'budasi Demetriy bo'lib, o'simliklarni bahorda barq urib o'sishi, tabiatning jonlanishi, kuzda ularning so'lib sarg’ayishi unga bog’liq ekan.
Er osti saltanatining hukmdori — homiysi Aid bo'lgan. Afsonaga ko'ra odam o'lgach uning joni er osti saltanatiga tushib ketar ekan. Aidning oyoqlari ostida uch boshli bir it o'tirib, hammani er osti saltanatiga o'tkazib turar ekan. Lekin u hech kimni qaytib chiqishga yo'l qo'ymas ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |