Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet15/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Senat — (lot senatus, senex — qariya) — Qadimgi Rimda respublika davrida yuqori hokimiyat organi hisoblangan. Afinada oddiy xalq demos deb atalgan Demosning ko'pchiligini oddiy dehqonlar, hunarmanddar dengizchilar, matroslar va mardikorlar tashkil qilgan. Mil. av.gi VIII — VII asrlarda demosning bir qismi boyib ketgan. Ularning orasida boy savdogarlar, kema va ustaxonalarning egalari, shuningdek badavlat dehqonlar etishib chiqqan Ularning ixtiyorida ham qullar bo'lib, ayni paytda ular mardikor yollab ishlatar edilar. Ammo demosning xuquqi cheklangan bo'lib, ular aslzodalarga tobe edilar.
Xindistonda mil. av.gi I ming yillikiing birinchi yarmida tepasida podsho turgan ko'pgina davlatlar tashkil topa boshlagan. Mulkiy tengsizlikning kuchayishi jamoaning turli varnalarga — toifalarga bo'linishiga olib kelgan. Bular braxmanlar kohinlar, kshatriyalar, vayshilar va shudralardir.
Mil. av.gi XIII asr boshlarida Lakonikani doriylar istilo qiladilar. Doriylar evrat daryosining o'ng soxilida bir shahar barpo qilganlar. Ular bu shaharni Sparta deb, o'zlarini esa spartaliklar deb ataganlar. Istilochi doriylar Lakonikani bosib olganlaridan so'ng qo'shni Messeniyani ham istilo qilganlar. Spartaliklar itoat ettirilgan aholining ko'pchilik qismini qul qilganlar. Qul qilingan mahalliy aholi ilotlar deb atalgan. Bu so'zning ma'nosi «asir olingan» demakdir.
Mil. av.gi V — IV asrlarda butun YUnonistonda hunarmandchilik rivojlandi. Afina va boshqa shaharlarda to'qimachilik, zargarlik, kulolchilik, tikuvchilik, qurolsozlik va me'morchilik avj oladi. Bu erda xar xil hunarmandchilik ustaxonalari va ishxonalar ergastitsiya deb atalgan.
Gladiator — (lot gladiatr gladius — qasos) — Qadimgi Rimda qullar, harbiy asirlarning tsirk sahnalarida bir—birlari bilan yoxud yovvoyi hayvonlar bilan urushishiga majbur etilgan qismi. Ular maxsus maktablarda o'qitilganlar (Rimda Kapuya va Prenestda ana shunday maxsus maktablar bo'lgan) V asrdan boshlab gladiatorlar janglari to'xtatilgan.
Aytish mumkinki qullar mehnatini samarasizligini ko'rgan ko'pgina er egalari o'z xo'jaliklaridagi erlarni kichik—kichik qismlarga bo'lganlar. Ular bu erlarni ersiz erkin kambag’allarga ijaraga berganlar. Kichik—kichik erlarni ijaraga olgan kishilar Rimda kolonlar deb atalgan.
Qadimgi Rim tarixida etrusklar alohida iz qoldirganlar. Qadimgi Rimliklar ularni «tusklar» yunonlar «tirrenlar», o'zlari esa o'zlarini «rasen»lar deb nomlaganlar. Midollan avvalgi VIII — VII asrlarda etrusklar Podus (Po) daryosining quyi oqimi bilan Tibr daryosi oralig’idagi erlarda yashaganlar. etrusklar jamiyati ham quldorlik jamiyati bo'lgan. Ularda hukmdorlar luxomon qaram kishilar latunlar deb atalgan.
Teatr (yunon theatron—kurish joyi, tomoshagox) ma'noni anglatib san'at turi hisoblanadi. Unda saxna xaraqatli namoyish etiladi. Teart manbasi bo'lib Qadimgi ov va qishloq xo'jalik o'yinlari, oilaviy xalq, urf-odatlari xizmat qilgan. Qadimgi yunonistonda teatrning turli shakllari bo'lib, ular o'z an'analari va saxna texnikasiga ega bo'lgan. Teatr tomoshalarining xilma xil va boy shakllari Xindiston, Xitoy, Indoneziya, YAponiya va boshqa mamlakatlarda ham mavjud.
Komediya (yunon komodia) — drama janrlaridan biri bo'lib, undagi qaxramonlar komik (kulgili) tarzda namoyish etilardi, tragediyaning aksi.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling