Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet12/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

«bantak» va ayollar «doya» deb yuritilgan. Aslzoda «ozod»lar tabaqasiga podshox, mahalliy hukmdorlar va feodal dehqonlar kirgan. Bulardan tashqari, So'g’dda ibodatxonalar va ularning tasarrufida mulk va erlar 6o'lgan ibodatxonlar «vag’n», uning bosh ruhoniy mulozimi, ya'ni kohini «vag’npat» deb yuritilgan. Kohinlar tasarrufidagi erlar esa «vag’nze» deb atalgan.
Qadimgi jamoa tuzumi insoniyat tarixida eng uzoq davrini o'z ichiga olgan. U odamzodning paydo bo'lishidan tortib to feodalizm davrigacha davom etgan. Ibtidoiy jamoa kishilari ibtidoiy to'da va urug’— aymoqchilik deb ataladigan ikki davrni o'z boshidan o'tkazgan.
Urug’ —aymoqchilik jamoasiga o'tish bilan odamlarning yashash tarzi o'zgarib, er yuzining ba'zi joylarida termachilikdan dehqonchilikka, ovchilikdan esa chorvachilikka o'ta boshlagan. Asta—sekin odamlar hunarmandchilikni ham o'zlashtira boshlaganlar.
Avvalo ularning diniy e'tiqodlari bilan bog’liq tarixiy atamalarga to'xtalsak. Ibtidoiy jamoa odamlarining dastlabki e'tiqodlari tabiat oldidagi nochorchiliklaridan yuzaga kelgan. SHulardan biri totemizm bo'lib, ibtidoiy jamoa odamlari totemlarga — hayvon va o'simliklarga sig’inishgan. Har bir qabila o'zining totemiga ega bo'lgan. O'z navbatida ushbu totemni o'ldirish, iste'mol qilish ta'qiqlangan.
Fetishizm (fr. fetich — tumor so'zidan olingan) — jonsiz predmetlarga e'tiqod qilishni anglatadi. Fetishizm predmeti bo'lib munchoq, tumor kabilar asosiy o'rinni egallagan. Hozirgi dinlarda ham ba'zi bir predmetlar fetishizmga misol bo'la oladi. Masalan, Makkadagi Qoratosh islom dinida, krest (xoch) xristianlik dinida muqaddas sanaladi.
Animizm — hayvon ruhlariga ishonish demakdir.
Manbalar va adabiyotlar:

  • Karimov I. A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. T., 1999.

  • Ahmedov B. Tarixdan qisqacha izohli lug’at. T., 1977.

  • Bekmuhammedov Х. Tarix terminlari izohli lug’ati. T., 1978.

  • O’z.M.E. 1-2 jild. T., 2000.

  • Miller B.V. Persidsko-russkiy slovar. M., 1953.


Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling