Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet20/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Tarovix - dindorlar tomonidan ramazon oyi davomida, ya'ni ro'za to'tish kechalari o'qiladigan qo'shimcha namoz.
Munofiqlar - Islom tarixiga xos atama bo'lib, ikki yuzlamachilikni anglatgan. Islom dinining yuzaki qabul qilib, o'zi esa avvalgi qabilaviy diniga sig’inishni davom ettirgan arablarga nisbatan qo'llanilgan.
Murid - pir yoki eshonga qo'l berib, ularni o'zining rahnamosi deb bilgan shaxs Muridlar o'z pirlariga itoat etishi, xizmat qilish va ularning izidan borishi lozim bo'lgan.
Noyib - O'rta asrlarda musulmon davlatlarida o'lka yoki viloyat hukmdori Oltin O'rdada noyib xonning yirik viloyatlaridagi yordamchisi.
Sadaqa - musulmonlarda faqirlarga xayr—exson tariqasida beriladigan xadya. Sadaqa qattiq kasallik, yomon tush, qo'qqisdan biror falokatta yo'liqish natijasida yuz beradigan kulfat va musibatning oldini olish maqsadida berilgan. SHuningdek, biror xursandchilik munosabati bilan, sayoxat yuzasidan sadaqa berish ham rasm bo'lgan.
Ro' za - Islomning farz hisoblangan marosimlaridan biri. Qur'oni Karimda yozilishicha, ramazon oyi davomida Alloh Muhammadga Qur'onni vaxiy qilib yuborgan, shuning uchun xar bir musulmon 30 kun saxardan shomgacha ro'za to'tishi kerak bo'lgan. SHariatda ro'za to'tishni erkaklar uchun 12 yoshdan, ayollar uchun 9 yoshdan belgilangan. Unda ko'rsatilishicha, chyomilish, chekish, gul hidlash, ovqat iste'mol qilish, dori ichish bilan ro'za buziladi. Bu marosim Qur’oni Karim, xadis va shariatda gunohlardan qutulish, savob orttirish uchun eng yaxshi yo'l deb talqin qilinadi. Ro'zadan xomilador emizikli ayollar, og’ir bemorlar va safarga chiqqanlar ozod etilgan.
Salla - Musulmonlarda boshga o'raladigan mato. Asosan erkaklar o'raydi. Oq, yashil kul rang matolardan ko'pincha dokadan iborat bo'lib, do'ppi, telpak ustidan o'raladi. Kishi safarda, yo'lda vafot etgan, jangda xalok bo'lgan paytlarda sallasidan kafan qilishga mo'ljallangan. Salla o'rash usullari matosi kishilarning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligiga qarab belgilangan. Masalan, o'zlarini sayidlar deb hisoblovchilar va xojilar yashil matodan salla o'raganlar.
Sunna - Muhammad Payg’ambarning ko'rsatmalari va oyatlari xaqidagi xadislar, rivoyatlar. Islomda faqat Muhammad ibrati an'anasi deb e'tirof etilib, Qur'oni Karimdan keyingi muqaddas manba hisoblanadi. Sunna VII asr o'rtalarida yig’ila boshlagan.
So'fi - 1. Masjidda azon aytib, namozga chorlovchi shaxs. Muazzin atamasining sinonimi. Muazzin xalq tilida «so'fi» deb ham ataladi. 2. Namozxonlar safini tartibga soluvchi. 3.So'fi tariqat va sulukda bo'lgan murid.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling