Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
Laylat—ul qadr - ramazon oyining 27—kunga o'tar kechasi Islom diniga siginuvchilar xar yili shu kechada Alloh xar bir insonning ibodat paytida iltijo qilgan tilagini hisobga olib, uning takdiri xaqida hukm chiqaradi, deb tasavvur kiladilar Mana shuning uchun ham Laylat ul- qadr kechasining Qur'on o'qib, Allohga iltijo qilib, duo va ibodag qilib o'tqazish rasm bo'lgan.
Masjid - sajdagox, musulmonlarning ibodat joylari. Musulmonlar jamoa bo'lib, namoz o'qiydigan joy. Masjidlar asosan musulmonlarning kundalik besh vaqt namoz o'qishi uchun mo'ljallangan muqaddas joy. Juma va Xayit namozlari esa jome' masjidlarida o'qiladi. Birinchi masjidni Madinada Muhammad Payg’ambar qurdirgan. Imom - arabcha so'z bo'lib, namozda jamoatning oldida turib namozni boshqaruvchi kishi. SHuningdek, Islom dinida musulmonlarning rahbari boshlig’i demakdir Imom atamasi nixoyatda keng mazmuni bo'lib quyidagi ma'nolarda ishlatilgan va ishlatilmokda 1. Sunniylikda barcha musulmonlarning oliy rahbari 2. Sunniylikka shariat mazxablarining asoschisi, 3. SHialikda eng yuksak rahnamo, ya'ni Xazrati Ali va uning avloddari 4. Sunniylikda ham, shialikda ham masjidda namozni boshqarib boruvchi dindor — masjid imomi. Madrasa - Musulmon ilohiyotining masalalarini sharhlab berib turadigan markaz. U Madrasa sifatida arablarda VII — VIII asrlarda paydo bo'lgan. Keyinchalik ayrim masjidlar qoshida ilohiyot maktablari tarkib topib, Madrasa deb atala boshlangan. Madrasalar xonlar va yirik er egalari va boshqa davlatmand kishilar tomonidan qurdirilgan. Mutavalli vaqfdan tushgan daromadni mudarris, mullavachcha, imom va boshqalarga taqsimlangan. Madrasaga maktabni tugatgan o'spirinlar qabul qilingan. O'rta Osiedagi madrasalarda arab va fors tishlida yozilgan «Avvali ilm» kitobi o'qitilgan. Ayrim madrasalarda tibbiyot, aruz ilmi falsafa, geografiya va boshqa fanlar ham o'qitilgan. Madrasaning xar bir bosqichida o'qish muddati 3-4 yil davom etgan. Mavlid - Muhammad Payg’ambarning tug’ilgan kuni bilan bog’liq diniy bayram. Rabi al- avval oyining 12 kuni nishonlanadi Musulmon mamlakatlarida mavlud kuni duolar, Payg’ambar sha'niga madxiyalardan iborat she'rlar o'qiladi sadaqalar beriladi, dindorlarning yigilishlari o'tkaziladi Maddox - XX asr boshlariga qadar O'rta Osiyo hududida odam gavjum maydonlarda, joylardagi ochik maydon va choyxonalarda hamda saroylarda odamlarni to'plab, ularga aziz avliyolarning karomatli mo''izalarini izohlab beruvchi, diniy qonun-qoidalarini sharhlab tushuntiruvchi diniy notik. Maddox xizmati evaziga tinglovchilaridan nazr yig’ib olingan. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling