Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqto
- Siyosiy - harbiy mavzudagi tarixiy atamalar.
- Devon
Mutavalliy — Vaqf mulkiga va undan keladshan daromadga vasiylik qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy amaldor. Vaqf erlarni ijaraga berish, vaqf mulkida xo'jalikishlarini yuritishni ham mutavalliy bajargan.
Zakot — Islom dini besh asosiy talablaridan biri bo'lib, mol— mulk va daromaddan beriladshan sadaqa, xayr—exson, soliq. SHariatga muvofik muaiyan boylikka ega bo'lgan katta eshdagi musulmon zakot beradi. Zakot miqdori pul daromadlaridan qirqdan bir ulushiga teng. Dehqonlar va cho'ponlardan olinadigan zakot miqdori birmuncha yuqori bo'lgan. Zakot kambag’allar, etim—esirlar kasallar va xech kimi yo'q, ayollar o'rtasida taqsimlanishi lozim bo'lgan. Vaqf — davlat tomonidan shuningdek, ayrim kishilar tomonidan diniy muassasalar, masjiddar, madrasalar, ixtieriy daromaddan foydalanib turish, ammo sotmaslik sharti bo'lib o'tkazilgan yoki vasiyat qilib qoldirilgan mol—mulk ya'ni er—suv, bino va boshqalar vaqf deyiladi. Vaqfdan keladigan daromadlar diniy muassasalar va ularda xizmat kiladigan din peshvolariga berilgan. Iqto' — o'rta asrlarda YAqin va O'rta SHarq mamlakatlarida Hukmdor tomonidan feodalga katta xizmatlar evaziga in'om qilingan chek er. Odatda, Iqto' umrbod berilmay, hukmdor uni istagan vaqtda qaytarib olib, boshqa kishiga tortiq qilish mumkin bo'lgan. Iqto' xaqidagi dastlabki ma'lumotlar VII asr oxiriga mansub arab manbalarida uchraydi. IX asrga kelib halifa tomonidan arab amiriga idora qilish uchun berilgan viloyatlar ham iqto' deb atalgan. Ushr — musulmon mamlakatlarida natura shaklida undirilgan soliq. Ushr solig’i xar yili dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik maxsulotlari va boshqalardan olingan. Siyosiy - harbiy mavzudagi tarixiy atamalar. O'rta Osiyo mamlakatlarining tarixiy atamashunoligi ogzaki no'tkning rivojlanishi bilan bog’liq. SHu bilan birga mintakada fors (eroniy) atamalarining ham ta'siri kuchli bo'lgan. Bundan tashqari XII — XIV asrlarda ko'chmanchi mo'g’ullar bosqini va keyinroq ko'chmanchi o'zbeklarning kirib kelishi bilan bog’liqdir. Ushbu davr atamalarining eng ko'p qo'llanilganlarini keltirib o'tamiz. Devon — somoniylar davrida boshqaruv shakli bo'lib, vazirlar maxkamasi vazifasini o'tagan. Devonbegi esa vazirlar maxkamasining bosh ma'muri bo'lgan. Somoniylar davrida shahar hokimi rais deb atalgan. Viloyat hokimlari esa ba'zan vazir deb atalgan. Muxtasib — musulmon mamlakatlaridagi amaldor. Ko'pincha sayidlardan tayinlangan. U aholining urf — odatlarga amal qilish hamda bozorlardagi narx—navo va o'lchov asboblarining to'g’riligi ustidan nazorat qilib turgan XIX — XX asrlarda Buxoroda muxtasib rais deb ham atalgan. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling