Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet25/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Gurxon — horaxitoy xonlarining fahriy laqabi.
Keshik — XIII asrda mo'g’ullar qo'shinidagi zahira qism gvardiya, guruh.
Doruga — harbiy ma'mur.
Izofa — zahira qism.
Otaliq — dastlab saljuqiylar sulolasi davrida (1038—1194) xon e'tiborini qozongan kishilarga berilgan mansab. Otaliq «Ota o'rniga ota» degan mazmunga ega bo'lib, uning vazifasi shaxzoda yoki xonzodalarni tarbiyalash va ular ixtiyoridagi ulusni balog’atga etganlariga qadar boshqarishdan iborat bo'lgan. Tarixda ba'zi otaliqlar hokimiyatni o'z qo'llariga olgan hollar ham bo'lgan. CHunonchi, ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida (1599—1753) Balxda Maxmudbiy otaliq (XVIII asr boshlari), Mangitlar sulolasi hukmronligi davrida (1753— 1920) Buxoroda Muhammad Raxim otalik (1753— 1758) mana shunday yo'l orqali hokimiyatni egallagan.
Sohibqiron — 1.Quyosh tizimidagi katta sayeralardan ikkitasini bir — birini tusish paytida to'g’ilgan odam. Rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur ikki sharofatli yulduzlar Zuxra va Mushtariy sayeralari bir-birlariga yaqinlashgan paytda tug’ilgan ekan. Munajjimlarning fikriga ko'ra, bunday odam baxtli, ulug’ martsyuali bo'lishi muqarrar sanalgan. Amir Temurning Sohibqiron deb atalishi ham shundan. Sohibqiron so'zining asl ma'nosi «baxtier podshox», «qudratli podshox» demakdir. 2. SHarq mamlakatlarida obro'li, g’olib podsholarga berilgan unvon. O'rta Osiyoda dasglab Amir Temurga shunday unvon berilgan. Ma'lumki, Amir Temur o'zining harbiy muvaffakiyatlariga o'zining kuchli qo'shini bilan erishgan. U qo'shinni o'ntalik askariy birikmalardan iborat lashkarlardan tuzgan. Lashkar ush minglik bo'lsa — t liman, minglik esa — xazora, yuzlik — xushun, unlik esa — xayl deb nomlangan. Ularga boshchilik qilgan lashkarboshilar esa tuman ogasi, mirikazora, qo'shinboshi, aylboshi deb yuritilgan
Amir — Mo'g’ullar istilosidan so'ng Oltin Urda, keyin O'rta Osiyo va eronda mug’ul va turk qabilalari birlashmasi — ulus boshlig’ining unvoni ham amir deb atalgan. Sohibqiron Temurning unvoni ham amir bo'lib, tarixda Amir Temur deb yuritilgan. XVIII asr oxiridan boshlab, Buxoroda mang’it sulolasiga mansub bo'lgan hukmdorlar ham o'zlarini amirlar deb yuritishgan.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling