Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet19/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Fiqx - musulmon xuquqshunosligi, shariat qonun—qoidalarini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi Islom ilohiyotining bir sohasi. Fiqx diniy xuquqshunoslik sifatida ikki sohada — shariat manbalarini ishlab chiqish (usul al—fiqx) va shariatni aniq sohalarga tadbiq qilish (furur' al—fied)dan iborat.
Halifa - o'rinbosar, noib, muovin Musulmon jamoasi va musulmon teokratik davlati (Arab halifaligi)ning diniy va dunyoviy boshlig’i. U Muhammad Payg’ambarning o'rinbosari, ummaviylar davridan boshlab esa Allohning erdagi noibi hisoblangan. Birinchi to'rt halifa (Abubakr, Umar, Usmon, Ali) «al—Xulafo ar—roshidun» nomi bilan mashxur bo'lganlar. Ular Muhammad payg’ambardan so'ng arab halifaligini boshqarganlar

  1. Abubakr (632-634)

  2. Umar (634-644)

  3. Usmon (644 - 656)

  4. Ali (656 - 665)

Ummaviylardan keyin abbosiylar, shuningdek fotimiylar sulolasi vakillari ham halifa unvoni bilan hokimiyatini boshqarganlar.
Sayid - arablarda musulmon davri boshlangunga qadar qabilaning saylanadigan rahbarining unvoni bo'lib, boshliq mas'ul shaxs degan ma'noni bildirgan. Muhammad Payg’ambarning amakivachchasi Alining otasi Abu Tolib bir vaqtlar quraysh qabilasining sayidlaridan bo'lgan. SHuning uchun bu unvon Muhammad Payg’ambarning nevaralari, Alining o'g’illari, Hasan va Husaynning butun avlodlari ismiga qo'yiladigan faxriy unvon hisoblangan.
Sayidlarning qiziga uylangan kishining farzandlari ham sayid hisoblangan. Mana shuning uchun ham musulmon dunyosida, jumladan Movarounnahrda ham ko'pincha hukmdorlar ham o'z avlodlarining mavqeini ko'tarish maqsadida sayidlar qiziga uylanishga harakat qilishgan. Mang’itlar sulolasining so'nggi vakili Sayd Olimxon ona tomonidan Alining avlodi hisoblangan.
Xo'ja - tom ma'noda, asosan YAqin va O'rta SHarq. xalqlari o'rtasidagi feodal ijtimoiy tabaqa. Xo'jalar sayidlardan keyingi o'rinda turgan. Keng ma'noda feodal jamiyatdagi hukmron tabaqalar vakili. Xo'jalarning kelib chiqishi xaqida turli fikrlar mavjud. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda xo'jalar dastlabki to'rt halifa — Abu Bakr, Umar, Usmon, Alidan tarqalgan deyilsa, boshqa manbalarda arablarning istilochilik yurishlarida boshchilik qilgan sarkardalarining nasli deb hisoblanadi. Xo'jalar Islom oqsuyak tabaqasi sifatida ma'lum imtiyozlarga ega bo'lganlar. Ular ko'p hollarda o'lim, tan jazosi, urushlarda qatnashishi hamda soliq to'lashdan ozod etilganlar. Xo'jalar qizini fuqaroga berish man etilgan.
SHariat - Islom diniy xuquq tizimi. Unda sof xuquqiy masalalardan tashqari, ahloq,iy normalar va amaliy talablarga ham qonun tusi berilgan.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling