Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet17/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Tolerantlik (lot Tolerantia — sabr) boshqalarning fikr, e'tiqod va erkinliklariga bag’rikenglik va sabr-toqat bilan munosabatda bo'lishdir.
Islom dini bilan bog’liq va arab tilidan o'zlashgan atamalar
Ta'kidlash joizki, Islom dini bilan bog’liq yangi atamalar ham paydo bo'ldi. Avvalgi diniy atamalar sekin — asta o'z ta'sirini yo'qota bordi. Iqtisodiy hayotda ham yangi soliqlar solinishi bilan yangi atamalar paydo bo'ldi. Arablar Movarounnahrning iqtisodiy hayotini o'z qo'llarida jilovlab olish uchun sosoniylarning soliq tartibini joriy etdilar. Ularning nomlanishi arab tilidan kirib keldi.
Islom - dunyoda eng ko'p tarqalgan dinlardan biri bo'lib, unga e’tiqodda bo'lganlarni musulmonlar deb ataladi. Islom dini yagona xudo — Allohga e'tiqod qiladi. Islom dini VII asrda Arabistonda vujudga kelgan. Muhammad Payg’ambar islom dinining asoschisidir. Islom dini bugungi kunda arab davlatlarida, Turkiya, eron, Afg’oniston, Pokiston, Indoneziya, O'zbekiston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Turkmaniston, Qirg’iziston va boshqa bir qator mamlakatlarda asosiy din hisoblandi.
Qur’on - Musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Muhammad Payg’ambarning Makka va Madinada olib borgan og’zaki diniy targ’ibotlari to'plamidan iborat. Qur'onda islom qoidalari, e'tiqod talablari, xuquqiy va ahloqiy normalari o'z ifodasini topgan. Islom an'anasida Qur'on Alloh tomonidan Muhammad Payg’ambarga ramazon oyining 27 - kuni kechasi vahiy qilinib, ro'za tutilgan. Uning 27 — kuni kechasi «laylot ul—qadr», ya'ni qudrat kechasi, ilohiyot qudrati namoyon bo'lgan kecha deb ulug’lanadi. Qur'on kitobini «Qur'oni Karim», «Qur'oni Masjid» deb sifatlashadi.
Movarounnahr - arabcha so'z bo'lib, lug’aviy ma'nosi daryo ortidagi er, degan ma'noni bildiradi. Arablar O'rta Osiyoni bosib olgandan keyin Amudaryodan shimolgacha qarab cho'zilgan O'rta Osiyo erlarini Movarounnahr deb atashgan.
Avliyo - Islom dinida Allohga yaqin kishi, homiy, «bandalarning homiysi» ma'nolarini bildiradi. Avliyo xudoning alohida iltifotidan bahra olib, ilohiy qudratga ega bo'lgan, odamlarning hayotiga, turmushiga ta'sir ko'rsata oladigan kishi hisoblanadi. Mana shuning uchun ham musulmonlar avliyolarning mozorlariga sig’inishib, ulardan madad so'rashadi.
Azon - Islomda xar kuni besh maxal o'qiladigan namoz vaqtini e'lon qilish va unga da'vat qilish. Namozga xar bir masjidda maxsus kishi — muazzin tomonidan azon aytib chaqiriladi.
Amir - Islom dini qabul qilingunga qadar arablarda amir so'zi qabila boshlig’i, harbiy boshliq degan ma'nolarni bildirgan. Arablar ko'p joylarni bosib olib, o'z dinlariga o'tkazgandan so'ng arab halifaligiga qaram bo'lgan mamlakatlarni boshqarish uchun tayinlangan hokimni, qo'shin qo'mondoni va yirik lashkarboshilarni amir deb atashgan.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling