Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amfiteatr
- 4-mavzu. IX-XVIII asrlardagi O’rta Osiyo davlatlarining tarixiy atamalari
- IX-XVIII asrlar O’rta Osiyo davlatlarining tashqi aloqalariga doir atamalar
Tragediya (yunon tragodia — echki qo'shig’i) drama turi bo'lib, tragik (fojea) qaxramonlar ishtirokida namoyish etiladi. Tragediyaning asosini jamiyatdagi keskin ziddiyatlar, inson hayotining muammolari, shaxslar o'rtasidagi to'qnashuvlar tashkil qiladi.
Tragediya odatda bosh qaxramonnning o'limi bilan yakunlanadi. Tragediyaning klassik janri Qadimgi Rimda esxil, Sofokl tomonidan yaratilgan. Amfiteatr (yunon Amphitheatron) — Antik davr tomoshagoxi bo'lib, o'rtada saxna atrofida esa tomoshabinlar uchun zinasimon o'rindiqlar bo'lgan (masalan Rimdagi Kolizey amfiteatri). Manbalar va adabiyotlar: Abdiev V.I. Qadimgi Sharq tarixi. T., 1964. Abdullaev N. San’at tarixi. T-1. T., 1987. Boboeva M.K. , Qurbonalieva R.S. Qadimgi dunyo tarixidan izohli lug’at. T., 1992. Entsiklopedicheskiy slovar. M., 1987. Qadimgi dunyo tarixi. 1-2 jild. T., 1995. O’z.ME. 1-2 jild. T., 2000. 4-mavzu. IX-XVIII asrlardagi O’rta Osiyo davlatlarining tarixiy atamalari Reja: IX-XVIII asrlardagi O’rta Osiyo davlatlarining siyosiy atamalari IX-XVIII asrlardagi O’rta Osiyo davlatlarining iqtisodiy atamalari IX-XVIII asrlar O’rta Osiyo davlatlarining tashqi aloqalariga doir atamalar IX-XVIII asrlardagi O’rta Osiyo davlatlari madaniyatiga oid atamalar Islom dinining paydo bo'lishi va O'rta Osiyoda tarqalishi. VII asrning ikkinchi yarmi — VIII asrning boshlarida O'rta Osiyoga arablarning xujumi ko'chaydi va natijada ko'plab hududlar arab hukmronligi ostiga o'tdi. Arablar O'rta Osiyo xalqlarini yangi din — Islomga kiritdilar. Xuddi shu davrdan arab tili va yozuv keng tarqaldi. Natijada tilimizga arab to'xtalar ekanmiz, istilochilarning Movarounnahrda o'rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta'minlash uchun Islom dinini targ’ibotini va uni erli aholi o'rtasida ijtimoiy tabaqalardan qat’iy nazar, kengroq yoyishga ahamiyat berdilar. Bir nechta majusiy dinlarga topinuvchi va o'z diniga e'tiqodi kuchli bo'lgan Movarounnahrni e'tiqodli aholisini uzil — kesil buysundirishda yagona dinga — Islom diniga birlashtirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini arablar yaxshi tushunardilar. Islom dini boshda zo'rlik bilan aholi o'rtasida targ’ib qilindi. Islom dinining kirib kelishi, shubhasiz, O'rta Osiyo xalqlari hayotida yangi davrni boshladi. Islom arab dunyosida paydo bo'lgan bo'lsada, uning huquqiy asosi O'rta Osiyoda shakllandi. Qur'onga sharhlar (Tavsir), Xadis ilmi va fiqx (Islom xuquqshunosligi) kabi Islom dinidagi alohida sohalarning paydo bo'lishi va taraqqiyotiga O'rta Osiyolik olimlar, ulamolar hissa qo'shdilar. Buni butun Islom olami ham e'tirof etib kelmoqda. Prezidentimiz I.Karimov shunday degan edi: «Men faxr bilan aytishim mumkinki, xalqimizning butun tarixi davomida xech qanday nizo, odamlarni millati va diniy mansubligiga qarab ayirish hollari bo'lmagan va biz xech qachon yo'l qo'ymaymiz». Aytish mumkinki, bu dinlararo bag’rikenglik — tolerantlikning ko'rinishidir. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling