Faoliyatidan tayyorlagan


Download 232.64 Kb.
bet1/8
Sana23.12.2022
Hajmi232.64 Kb.
#1047057
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jaloliddin-kurs-ishi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTAB MENEJMENTI TA’LIM
YO’NALISHI
201– GURUH TALABASI
Umarov Jaloliddinning
Iqtisodiyot”
FAOLIYATIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: ARALASH IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISH O`ZBEKISTONNING KELAJAKDAGI VAZIFASI EKANLIGI

Ilmiy rahbar: _____________________________

QO’QON – 2022 y
MUNDARIJA
KIRISH…………..…………………………………………………………..…….3

1. Aralash iqtisodiyotning mohiyati va tub belgilari.…………......…………….….6


2. Iqtisodiyotda bozor mexanizmi bilan davlat tomonidan tartibga solishning uyg`unlashuvi……………………………………………………..........................12
3. O`zbekistondagi aralash iqtisodiyotni shakllantirishni vazaifalari va ustuvor yo`nalishlari........................................................................................................….16
2.2. O`zbekistonda aralash iqtisodiyotni kengayib borishi………………………...22

XULOSA……………………………………………..……………………..……27
ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………...…….………………..29

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Aralashtirilgan iqtisod tufayli tadbirkorlar va hatto ayrim shaxslar moliya sohasida mustaqil qaror qabul qilishlari mumkin. Ularning avtonomligi jamiyat yoki davlat bu moliyaviy masalalarda ustuvorligi bilan chegaralanadi. Aralashtirilgan iqtisod - bu davlatning ham, xususiy sektorning barcha resurslarni ishlab chiqarish, tarqatish, almashish va iste'mol qilishda, mamlakatdagi moddiy boyliklarda muhim o'rin tutadigan tizim.
Ko'pincha aralash iqtisodiyotning g'oyalari demokratik sotsializmga sodiqdir. Ushbu tizim doirasida davlat va xususiy korxonalar, shuningdek, turli korporatsiyalar ishlab chiqarish aktivlarini boshqarish, tovarlarning harakatini boshqarish, savdo operatsiyalarini amalga oshirish, xodimlarni yollash va ishdan bo'shatish, aslida bozorda teng o'yinchilar bo'lishga qodir.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to‘g‘ri va izchil iqtisodiy siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimdan meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllandi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» faoliyatining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Zero, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, «hozirgi davrda, xalqaro maydonda turli siyosiy manfaatlar to‘qnashayotgan murakkab bir sharoitda faqat o‘z fikri, o‘z hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lgan xalq va jamiyat yengilmas kuchga aylanib, o‘z kelajagini o‘z qo‘li va aql-zakovati bilan qurishga qodir bo‘ladi».1
Ushbu iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning, uni chuqurlashtirishning, iqtisodiyotni erkinlashtirishning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi faoliyati iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi faoliyati mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi.

Download 232.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling