Faoliyatidan tayyorlagan
IQTISODIYOTDA BOZOR MEXANIZMI BILAN DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING UYG`UNLASHUVI
Download 232.64 Kb.
|
Jaloliddin-kurs-ishi
IQTISODIYOTDA BOZOR MEXANIZMI BILAN DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING UYG`UNLASHUVI
Davlatning iqtisodiy siyosati-bu iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, bandlikni ta'minlash va inflatsiyani oldini olish orqali aholi farovonligini oshirib borishga qaratilgan chora-tadbirlaridir. Davlatning iqtisodiy siyosati har doim mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ichki va tashqi sharoitlarini hisobga oladi. Bunda eng avval mamlakat iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy konyunkturaning milliy iqtisodiyotga ta'siri, undan kutilayotgan o’zgarishlar, mamlakat zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlar, milliy iqtisodiyotning resurslar bilan ta'minlanish darajasi kabilarga e'tibor qaratiladi. Ko'pgina iqtisodchilarning aytishicha, iqtisodiyotning aralashgan turi juda ko'p afzalliklarga ega: Davlat va ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar iqtisodiy tizimning asosiy masalasini - nima, qanday, kimga va qanday hajmda ishlab chiqarishni talab qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu iqtisodiy samaradorlikni butun aholi ehtiyojlarini qondirish bilan birlashtirishga imkon beradi, bu esa butun davlatda ijtimoiy keskinlikni pasaytiradi. Tizimda hamma narsa muvozanatlangan va monopoliya yo'q va davlatni ichkaridan silkitadigan hech qanday kamchilik yo'q. Raqobatning saqlanishini, bozordagi erkinligini va aholi o'rtasida davlat darajasida himoyani bozor ishtirokchilari emas, balki bozor iqtisodiyotining salbiy oqibatlarini o'z ichiga olgan iqtisodiyotning ijtimoiy yo'naltirilganligi. Iqtisodiy o'sishni va rivojlanishni ta'minlaydi. Davlatning iqtisodiy siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda ma'lum maqsadlarni ko’zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar: 1. Barqaror iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish. Bu yalpi ichki mahsulotning bir maromda va yetarli sur'atlar bilan o’sishiga sharoit hozirlashni bildiradi, chunki u qanchalik tez o’ssa, mamlakat iqtisodiy qudrati shunchalik ortadi. 2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini mustahkamlash. Iqti- sodiyot qanchalik mustaqil bo’lsa, shunchalik milliy manfaatlarga ko’proq xizmat qiladi. 3. Iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlash. Bu iqtisodiy oqimlar uzluksizligini, ya'ni takror ishlab chiqarishning to’xtovsiz davom etishini, iqtisodiy falajlikka yo’l qo’yilmasligini bildiradi. 4. Milliy pul barqarorligini ta'minlash. Bu mamlakatdagi pul muomalasining me'yorida borishiga erishish, uni iqtisodiy aloqa- larning barqaror vositasiga aylantirish imkonini beradi. 5. Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib borish. Bu iqtisodiyotning ijtimoiyligini to’laroq yuzaga chiqarishga ko’maklashadi. 6. Milliy xo’jalikning xalqaro integratsion jarayonlarda faol ishtirok etishga erishish. Bu mamlakatning jahon iqtisodiyotida o’z o’rnini topishi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishishga sharoit yaratadi.10 7. Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya'ni uzoq davrga mo’ljallangan maqsadi hisoblanadi. Davlat strategik maqsadlardan kelib chiqib qisqa davrdagi vazifalarini belgilaydi. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning barqarorligini ta'minlash, investitsion faollikni rag’batlantirish, eksport salohiyatini oshirish, innovatsion rivojlanishni ta'minlash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar kiradi. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: - bevosita ta'sir qilish usullari; - bilvosita ta'sir qilish usullari; - tashqi iqtisodiy usullar. Markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta'sir qilish usullari ustun bo’lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat xilma-xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar beradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi. Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma'muriy vositalardan foydalaniladi. Ma'muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bulardan tashqari davlat kapital qo’yilmalari ilmiy tadqiqot ishlarida, kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga kapital chiqarishda ham katta rol o’ynaydi. IDTTSning oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o’rta muddatli, favqulodli va maqsadli bo’lishi mumkin. O’rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favqulodli dasturlar tig’iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo’ladi. Bunday maqsadli dasturlarning obyekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil yo’nalishlari bo’lishi mumkin. IDTTS tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo’jalik aloqalariga bevosita ta'sir ko’rsatiladi. Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag’batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to’lovlarini o’zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo’yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlat- lararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir. Shunday qilib, IDTTSning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqa- lariga o’z ta'sirini ko’rsatadi. Davlat o’zining iqtisodiy siyosatini tartibga solishning turli vositalari yordamida amalga oshiradi. Bular birinchidan, tartibga solishning iqtisodiy vositalar bo’lib, ularga soliqlar, subsidiyalar, hisob stavkalari, davlat buyurtmalari, investitsiyalari va transfertlari, turli iqtisodiy sanksiyalar kiradi. Ikkinchisi, huquqiy vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning davlat tomonidan rag’batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos ravish- dagi qonun osti hujjatlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan iboratdir. Uchinchisi, ma'muriy vositalar. Ma'muriy vositalar qo’shimcha hisoblanib, u bozor tizimida yaxshi natija bermaganida cheklangan holda qo’llaniladi.11 Davlatning iqtisodiy siyosatni pul-kredit, fiskal, investitsion, agrar, ijtimoiy, daromadlarni tartibga solish, tashqi iqtisodiy va global iqtisodiy siyosat kabilardan iborat bo’ladi. Pul-kredit siyosati - bu davlatning monetar siyosati bo’lib, u pul muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o’rtasidagi muvozanatni ta'minlash, iqtisodiyotdagi pul oqimlarini tartibga solib turishga qaratiladi. Uning maqsadi narxlarni va shunga mos ravishda milliy pul birligi xarid qobiliyatini ushlab turish, valuta kursini barqarorlashtirish, oxir-oqibatda pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishga qaratilgan. Monetar siyosatni amalga oshirishda hisob stavkasini o’zgar- tirish, ochiq bozordagi operatsiyalar va majburiy ehtiyotlarni o’rnatish kabi iqtisodiy vositalardan foydalaniladi. Davlatning monetar siyosat qattiq yoki yumshoq pul-kredit siyosat bo’lishi mumkin. Qattiq pul-kredit siyosatni amalga oshirishda pul massasining uni emissiya qilish hisobidan o’sib borishi qat'iy chegaralanadi. Natijada pul taklifi qisqarib tovar massasiga tenglashadi. Pul taklifining qisqarishi talabni kamaytiradi, natijada narxlar va pul birligining xarid qobiliyati barqarorlashadi. Ishlab pul topishga intilish iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bunday siyosat odatda iqtisodiyotni tanglikdan chiqarish yoki inflatsiyani bartaraf qilish maqsadida qo’llaniladi. Yumshoq pul-kredit siyosatini amalga oshirishda davlat pul massasining ortishiga to’sqinlik qilmaydi, pul emissiyasi mutlaq chek- lanmaydi, natijada pul taklifi ko’payib, tovarlarning arzon- lashuvi yuz beradi. Yumshoq pul-kredit siyosati iqtisodiyotning o’sish pallasida bo’lganda ko’proq qo’llaniladi, chunki pul massasining o’sishiga qarab tovarlar massasi ham ko’payadi. Bunda tovar-pul muvozanati pul taklifini qisqartirish hisobidan emas, balki tovarlarning ko’payishi tufayli ta'minlanib turadi.12 Fiskal siyosat - bu davlatning soliq-budjet siyosatidir, unga binoan soliq tushumlari belgilanadi, budjet mablag’lari aniq maqsadlar yo’lida ishlatilishi ko’zda tutiladi. Soliq siyosatini amalga oshirishda davlat soliqlar vositasida budjetga pul tushumini ta'minlaydi. Unga binoan soliq turlari, soliq stavkalari, soliq solinadigan obyektlar, soliq imtiyozlari, soliq undirish tartibi belgilanadi Diskretsion siyosat iqtisodiyotning o’zgargan sharoitga moslashish siyosatidir. Iqtisodiyot bir maromda o’sib borganda birinchisi, u tanglikka uchraganda diskretsion siyosat ustuvor bo’ladi. Fiskal siyosatda davlat budjeti orqali ham iqtisodiy faollikka ta'sir ko’rsatadi. Budjet mablag’lari hisobidan davlat ishlab chiqarish infratuzilmasiga katta hajmdagi investitsiyalarni ajratadi, milliy iqtisodiyot uchun ahamiyatli faoliyat (masalan, yangi texnologiyani yaratish) bilan shug’ullanuvchi korxonalarga subsidiya beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam sifatida qaytarib olinmaydi, uning hisobidan xarajatlar qoplanib foyda ko’payadi, bu bilan korxonalar faoliyati rag’batlantiriladi. Budjet siyosati ijtimoiy ne'matlarning yaratilishini uzluksiz ke- rakli miqdordagi pul mablag’lari bilan ta'minlab turishga ham qara- tiladi. Davlat budjeti balanslashgan bo’lishi, ya'ni taqchillikka yo’l qo’ymaslik, u yuz bergan taqdirda ham me'yorida bo’lishiga qaratiladi. Fiskal siyosat davlatning ichki va tashqi qarzlari me'yorida bo’lishini ta'minlashda ham ahamiyatli. Fiskal siyosat faol yoki passiv tavsifga ega bo’lishi mumkin. Faol fiskal siyosatni amalga oshirishda diskretsion vositalar ishga solinadi, jumladan, soliqlar kamaytiriladi, ulardan siylovlar beriladi, budjetdan transfertlar berish ko’paytiriladi, firmalar subsidiyalar oladi. Bularning barchasi iqtisodiy faollikka olib keladi, korxonalar xarajati qisqarib foydasi ortadi, aholining transfertlar hisobidan xarid qobiliyati oshad.13 Xullas, bu siyosat yalpi talabni rag’batlantiradi. Passiv fiskal siyosat moliyaviy dastaklarni o’zgartirmay, ularning erkin ishlashiga yo’l berishga qaratiladi. Iqtisodiyotning barqaror yuksalib borishi tufayli moliyaviy dastaklarni o’zgartirishga zaruriyat qolmaydi. Agrar siyosatda xarid narxlari, davlat subsidiyalari kabi moliyaviy dastaklar qo’llaniladi. Dehqon va fermerlarni qo’llab-quvvatlash uchun yer solig’i yuki yengillash- tiriladi. Masalan, O’zbekistonda yagona yer solig’i qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bozor qiymatining 35%idan oshmaydi.14 Qishloq xo’jaligida rentabellik nisbatan past bo’lganligidan kapitalning tarmoqdan chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun davlat fermerlarga subsidiya berib, uning hisobidan xarajatlarni qisman qoplaydi va ular me'yordagi daromadga ega bo’lishni ta'minlaydi. Download 232.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling