Faoliyatidan tayyorlagan


Qo'shma iqtisodiyotning modeli


Download 232.64 Kb.
bet5/8
Sana23.12.2022
Hajmi232.64 Kb.
#1047057
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jaloliddin-kurs-ishi

Qo'shma iqtisodiyotning modeli


Ekspertlarning fikricha, zamonaviy aralash iqtisodiyotning bunday modellari mavjud:

  1. Neo-etatist aralash iqtisodiyot - u bilan millileştirilmiş sektor ishlab chiqildi, siyosat qarshi ziddiyatli va tizimli, transfer to'lovlari deb nomlangan tizim ishlab chiqildi.

  2. Neoliberal aralash iqtisodiyot iqtisodga qarshi siyosat bilan tavsiflanadi. Bu erda davlat bozorning samarali ishlashi uchun sharoit yaratishga intiladi.

  3. Muvofiqlashtirilgan harakat modeli ijtimoiy tuzilmalar vakillari - hukumat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning aniq muvofiqlashtirilgan ishi va hamkorligiga asoslangan.

O’zaro kelishuvlar asosida import qilingan texnologiya ham soliqdan ozod qilinadi. Xalqaro savdo-sotiqda o’zaro kelishilgan yengillashtirilgan bojxona to’lovlari qo’llaniladi. Jumladan, xalqaro savdo tashkiloti a'zolari o’zaro savdo qilganda, mazkur foizidan oshmasligi kerak. Xalqaro kredit berish tartibi ham birgalikda belgilanadi. Bunga ko’ra kredit kvotalari, uni berish muddati va kredit uchun foiz stavkasi o’rnatiladi.15 Xalqaro kreditda kelishilgan foiz stavkasi libor deb yuritiladi. Liborni yirik London banklari o’rnatadi, boshqa xalqaro banklar shunga qarab o’z foizlarini belgilaydilar. Xalqaro kredit siyosatini yirik kreditor-qarz beruvchi mamlakatlar banklari amalga oshiradi. Bular Parij va London qarz beruvchilar klubini tashkil etadi. Bu kredit siyosati kimga va qancha qarz berishni, qanday qarzlarni kechib yuborishni, qaysilarining to’lash muddatini cho’zishni belgilab beradi. Yirik xalqaro korporatsiyalar davlat ishtirokida eksport va import kvotalari o’ rnatadilar. Bularga binoan qayerga qancha tovarni eksport va import qilish hamda uning tartibi aniqlab beriladi. Integratsion ittifoqlarga kirgan mamlakatlarda, masalan, Yevropa ittifoqida, davlatlararo eksport va import uchun qulay sharoit yaratib beriladi, bunda ayrim mamlakatlar tovarlarini diskriminatsiya qilish, ya'ni kamsitishga yo’l qo’yilmaydi. Global iqtisodiy siyosatni transmilliy, ya'ni xalqaro korporatsiya va tashkilotlar, yetakchi davlatlar hukumati, davlat- lararo muassasalar va parlament belgilaydi. Bunga misol qilib Yevroparlament, Yevropa ministrlar kengashi qo’llaydigan siyosatni olish mumkin. Bu siyosatda o’zaro va boshqalar bilan bo’ladigan iqtisodiy aloqalarning qaysi yo’nalishda va qanday tartibda bo’lishi ko’rsatiladi. Global siyosat umuman yoki ayrim sohalarga tatbiqan qo’llaniladi. Transmilliy korporat-siyalar faqat o’z faoliyati doirasidagi xalqaro siyosatni belgilaydi. Masalan, OPEK tashkiloti neftni qazib olish va qayta ishlash kvotalarini, uning narxini o’z siyosatiga binoan belgilaydi. Bu yerda qabul qilingan neft narxining amal qilish doirasi o’rnatiladi. Xalqaro savdo birjalari jahon narxlarini o’rnatishga doir siyosatni amalga oshiradi. Xalqaro Valuta fondi, Jahon banki, Yevropa Tiklanish va Tarraqiyot banki, Osiyo Rivojlanish banki kabi xalqaro institutlar valuta rejimini mustahkamlash, kreditni rivojlantirishga qaratilgan siyosatni qo’llaydilar. Ular milliy valuta kursini barqarorlashtirish va uning tahlikasini kamaytirish uchun, milliy iqtisodiyotni rivojlantirib eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kredit siyosatini qo’llab-quvvatlaydi.
Global iqtisodiy siyosat davlatlararo ishchi kuchi migratsiyasiga ham taalluqlidir. Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solish uchun unga oid xalqaro qoidalar ishlab chiqiladi. Turli mamlakat hukumati va parlamentlari belgilagan migratsiya qoidalari bir-biriga yaqin turadi. Migrasiya oqimini nazorat qilish tartibi ham kelishiladi, migratsiyaga oid o’zaro axborot almashlab turiladi. Global siyosat tabiiy ravishda globallashuv jarayonining afzalliklaridan foydalanish, uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratiladi.




  1. Download 232.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling