Faoliyatidan tayyorlagan
O`ZBEKISTONDA ARALASH IQTISODIYOTNI KENGAYIB BORISHI
Download 232.64 Kb.
|
Jaloliddin-kurs-ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
4. O`ZBEKISTONDA ARALASH IQTISODIYOTNI KENGAYIB BORISHI
Respublikamizda vujudga kelgan vaziyatga nazar solar ekanmiz, O`zbekiston qisqa davr ichida o`zining davlatchilik, siyosiy va iqtisodiy qurilishida mutlaqo yangi bosqichga o`tganligini, milliy iqtisodiyot taraqqiyotida real ijobiy o`zgarishlarga erishganligini ko`ramiz. Xususan, mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida tub o`zgarishlar sodir bo`ldi, ko`p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Yalpi ichki mahsulotning 70 foizdan, sanoat mahsulotining 65 foizdan ziyodroq qismi va qishloq xo`jalik mahsulotlarining 99 foizi nodavlat sektori ulushiga to`g`ri kelayotgani fikrimizning dalilidir. Eng muhimi, o`tgan davr ichida mamlakatimizda bozor munosabatlariga o`tish va ularning samarali amal qilishini ta`minlash uchun zarur bo`lgan huquqiy-me`yoriy baza yaratildi. Qabul qilingan qonunlar iqtisodiy islohotlarni o`tkazishda muhim rol o`ynadi. Bular MDH tarkibidagi barcha mamlakatlarini qamrab olgan iqtisodiy bo`hronlar davrida vaziyatni engillashtirishga xizmat qildi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ilk davrida (1991-1995 yillar) mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz bergan tanazzul MDHning boshqa davlatlaridagi singari og`ir kechmadi. Makroiqtsodiy barqarorlik 1995 yilda boshlandi va 1996 yildan boshlab iqtisodiy vaziyatning jonlanishi sodir bo`ldi. 2006 yildan boshlab O`zbekistonda iqtisodiy o`sish tendentsiyasi juda yuqori darajada o’sa boshladi. Bu haqda quyidagi keltirilgan jadval ma`lumotlari dalolat beradi. Ko`rinib turibdiki, 2007 yil O`zbekistonda barqaror rivojlanishning boshlanish yili hisoblanadi. Rekonstruktsiya va rivojlantirish Evropa bankining tadqiqotlari shu narsadan guvohlik beradiki, aynan shu yili O’rta Osiya davlatlari ichida O`zbekiston 2012 yilga kelib YAIMning eng yuqori darajasiga erishgan, ya’ni 88-90% ga chiqqan. Mazkur ko`rsatkich Belorusiyada 72-74 foiz, Rossiya 61-64 foiz, Qozog`istonda 63-66, Turkmanistonda 55-57, Qirg`izistonda 68-70 foizni tashkil etgan bo`lsa, ayrim MDH mamlakatlarida hatto 50 foizdan ham kam bo`lgan. Markazning xomashyo bazasi va tayyor mahsulotlar bozori rolini bajarib kelgan O`zbekistonda mustaqillikning qisqa davri ichida bunday muvaffaqiyatga erishilishi, avvalambor, davlatning oqilona iqtisodiy siyosati natijasidir. Bu siyosat o`zining mazmun va mohiyatiga ko`ra bozor munosabatlariga inqilobiy yo`l bilan (birdaniga) emas, balki evolyutsion yo`l bilan, bosqichma-bosqich o`tishni nazarda tutadi. O`tgan davrga shu nuqtai nazardan baho beradigan bo`lsak, iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirilayotgani va o`tish davrining asosiy qiyinchiliklari o rtda q olganini k o`ramiz. Shu bilan birgalikda, mamlakatimizda bozor munosabatlarining qaror topishi nihoyasiga etdi va ular to`laqonli tarzda amal qilmoqda, deb bo`lmaydi. Mamlakatimiz oldida turgan bir qator dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etish ko`p jihatdan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga bog`liq. Yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarishda energiya va materiallar sarflash miqdori hozirga qadar yuqori darajada, bu rivojlangan davlatlardagiga nisbatan 2.5-3,0 marta ortiqdir. Asosiy fondlarni o`rtacha eskirish darajasi 40-50 foizga teng. Ko`pgina korxonalarda yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishga e`tibor etarli emas. Iqtisodiyotga jalb etilayotgan yirik investitsiyalarning, shu jumladan, xorijiy investsiyalarning samaradorligi ayrim hollarda past. Chet el investitsiyalarini jalb etishni rag`batlantirish tizimini yanada takomillashtirish talab qilinadi. Shu maqsadda huquqiy-me`yoriy bazani takomillashtirish, iqtisodiyotning shu sohaga mas`ul davlat tizimlari javobgarligini oshirish, xo`jalik sub`ektlarini moliyaviy-kredit ta`minoti, jumladan, mikrokreditlar bilan ta`minlashni kuchaytirish zarur. Eksport qilishga mo`ljallangan va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash, qayta ishlovchi sanoat ulushini ko`paytirish, iste`mol mollari ishlab chiqarishni kengaytirish kabi muhim vazifalarni hal etish ko`p jihatdan bozor munosabatlari tizimining mukammallik darajasiga bog`liq. Qishloq xo`jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlardan kutilgan natijalarga hali to`la-to`kis erishilgani yo`q. Zarar ko`rib ishlayotgan va kam samarali qishloq xo`jalik korxonalarini fermer xo`jaliklariga aylantirish o`zining ijobiy natijalarini ko`rsatdi. Biroq fermerlik faoliyatini rivojlantirish va rag`batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, bu boradagi mavjud to`siqlarga barham berish o`ta dolzarb vazifaga aylanib qoldi. Qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishda aniq dastur tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishning tashkiliy, huquqiy, mexanizmlarini yaratish l ozim. Bu tadbirlar qatoriga paxta va g`alla etishtirish bo`yicha davlat buyurtmasini aniq shartnomalar asosida belgilash, qishloq xo`jaligi mahsulotlari tannarxini kamaytirish, tabiiy monopoliyalar faoliyatini davlat tomonidan boshqarish, marketing va baholar kon`yukturasini o`rganishni tashkil qilish, kredit va moliya tizimlarini takomillashtirish masalalarini hal qilishni kiritish mumkin. Davlat qishloq xo`jaligida islohotlarni amalga oshirishda, tovar ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash va yordam berishda muhim rol o`ynashi kerak. Ayniqsa, investitsiya siyosatini amalga oshirishda, soliq va kredit imtiyozlarini qo`llashda, suv inshootlarini samarali ishlatishda, sanatsiya jarayonlarini amalga oshirishda o`zining aniq rejalarini amalga oshirishi lozim. Bozor munosabatlarining samarali amal qilishida raqobat muhitining ahamiyati, ayniqsa, katta. Raqobat yo`q joyda iqtisodiy o`sish ham bo`lmaydi. Shu munosabat bilan monopoliyalarga qarshi kurashning aniq va ta`sirchan chora-tadbirlarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish talab qilinadi. Ishlab chiqarishga va tadbirkorlikka xizmat qiladigan keng tarmoqli bozor infratuzilmasini barpo etish bo`yicha olib borilayotgan ishlarni nihoyasiga etkazish bozor munosabatlarini rivojlantirishning muhim yo`nalishi hisoblanadi. Ayniqsa, moliya va bank tuzilmalari, ulgurji bozorlar, investitsiya fondlari, lizing va konsalting kompaniyalari, sug`urta tashkilotlari ishining ham samaradorligini oshirish talab qilinmoqda. Moliya va bank tizimini yanada erkinlashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo`lishiga qaramay, mazkur tizimning samaradorligi hanuzgacha talab darajasida emas. Bu sohadagi asosiy muammolardan biri bank tizimi samaradorligini oshirish uchun xususiy banklar tarmog`ini kengaytirish va banklararo raqobatni yanada kuchaytirishdan iboratdir. Xorijiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda qo`shma banklar tashkil qilish ham bu yo`nalishdagi muhim vazifalar sirasiga k iradi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish, uning tizimini qayta ko`rib chiqish, ma`muriy cheklash metodlaridan iqtisodiy boshqarish usullariga o`tishni tezlashtirish zarur. Faqat shu yo`l bilan respublika Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lishi va uning imkoniyatlari va afzalliklaridan bahramand bo`lishi mumkin. Bozor munosabatlarini rivojlantirishning eng muhim yo`nalishi, bu - iqtisodiyotni erkinlashtirishdir. Shu munosabat bilan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning samarali faoliyat ko`rsatishi uchun zarur bo`lgan iqtisodiy erkinlik va mustaqillikni yanada kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Ularning faoliyati uchun qulay huquqiy va iqtisodiy muhit yaratish, bu faoliyatni tartibga solishda faqat bozor mexanizmidan foydalanish bozor iqtisodiyoti tizimining tamoyili hisoblanadi. Korxona va firmalar xo`jalik faoliyatiga davlatning aralashuvini cheklash, xususiy mulkning ishonchli himoyasini ta`minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur. Davlatning joylardagi hokimiyat va nazorat organlari xususiy biznesni rivojlantirish uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratib berishlari va xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatiga behuda aralashmasliklari darkor. Iqtisodiyotni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini bozor munosabatlariga to`la-to`kis javob berishini ta`minlash, ishlab chiqarishni boshqarishning xalqaro standartlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilganligi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning uzviy aloqada bo’lishini taqozo qiladi. Iqti- sodiyot ijtimoiy taraqiyot uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni yaratib bersa, o’z navbatida ijtimoiy muammolarning hal etilishi inson kapitalining rivoji orqali iqtisodiy o’sishga xizmat qiladi. Mana shunday bog’lanishning amaliy hayotda bo’lishi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning uyg’unlashuvini talab qiladi.Davlatning ijtimoiy siyosati - bu kishilarning hayotiy manfaatlarini yuzaga chiqarish, insonni himoya qilish va kamol topishiga qaratilgan siyosatdir. Uning maqsadi umumiy iqtisodiy farovonlikni oshirib borishga ko’mak berishdir. Bu siyosatda ish bilan bandlik darajasini belgilash, minimal ish haqini o’rnatish, kambag’allik chegaralarini aniqlash, tirikchilik minimumini belgilash, ijtimoiy yordam me'yorlarini aniqlash kabilarga ustuvorlik beriladi. Uning asosiy yo’nalishlari bandlik, daromad va ijtimoiy yordam siyosatidir. Bandlik siyosati. Bu mehnatga layoqatli va ishlashni xohlagan kishilarni ish bilan ta'minlash, shu orqali ularga o’zini-o’zi iqtisodiy ta'minlash uchun imkoniyat yaratishni ko’zda tutadi. Bunda davlat mamlakatda yangi ish o’rinlarini yaratish, mavjud ish o’rinlaridan to’laroq foydalanib bandlikni oshirilishini ko’zda tutadi. Yangi ish o’rinlarini yaratgan korxonalarga soliqdan imtiyozlar yoki subsidiyalar beriladi. Shuningdek, yangi ish o’rnini yaratib, uni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlab, mehnat unumdorligini va shunga ko’ra daromadlarini oshirishga erishish rag’batlantiriladi. Bandlik muammosining keskinligiga qarab uni hal etishning u yoki bu yo’liga ustuvorlik beriladi. Iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda ishsizlar nisbatan ko’p bo’lganida bandlik siyosati har qanday ish o’rnini, hatto unumi past ish o’rinlarining yaratilishini ham ko’zda tutadi. Aksincha, iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda malakali mehnatni band qiluvchi unumi yuqori ish o’rinlarini, yaratishga e'tibor qaratiladi. O’zbekistonda bandlik siyosatida yangi ish o’rinlarini yaratishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish sohalari, dehqon va fermer xo’jaliklarida ish o’rinlarini yaratishga ustuvorlik beriladi. O’zbekistonda maxsus bandlik fondi mablag’lari hisobidan ish o’rinlari yaratiladi, ishsizlarga nafaqa beriladi va ular yangi kasblarga o’rgatiladi. Davlat hisobidan moliyalashtiriladigan fondlar mablag’lari ham yangi ish o’rinlarini yaratishga yo’naltiriladi. Ishsizlik darajasi yuqori bo’lganda, uni kamaytirish uchun hukumat ish kuchini chetga chiqarish choralarini ham ko’radi. Mehnat migratsiyasi xususida davlatlararo kelishuvlar tuziladi, migratsiyaga xizmat qiluvchi firmalar tashkil etilib, ular moliyalashtiriladi. Bandlik siyosatida barcha mehnat qobiliyati borlarni ish bilan ta'minlab, 100% bandlikka erishish ko’zlanmaydi. Mazkur siyosat rivojlangan mamlakatlarda mehnatga yaroqli aholining 94-95%i band bo’lishini bildiradi. Daromadlar siyosati mazmunan daromadlarning taqsimla- nishini tartiblashga qaratiladi. Bu siyosatda ijtimoiy soliqlar, ijtimoiy dotatsiyalar va budjet transfertlari kabi dastaklar qo’llaniladi. Bandlikni, pensiya bilan ta'minlanish va mehnatning ijtimoiy sug’urtalanishini ta'minlash uchun korxonalar mehnat haqi mablag’laridan ijtimoiy soliqlar undiriladi. Bularning bir qismi davlat tomonidan ishsizlik nafaqasi ish qobiliyatini vaqtincha yuqotganlarga to’lovlar sifatida beriladi. Daromad siyosati soliqlarni progressiv, ya'ni daromad miqdoriga qarab oshib borishi tarzida belgilanishini nazarda tutadi. Bunda davlat budjetida to’plangan mablag’lar muhtojlarga yordam sifatida taqsimlanadi. Daromad siyosati qariyalarni nafaqa bilan ta'minlashni ham nazarda tutadi. Bunda 2 xil nafaqa tizimi mavjud bo’ladi. Birin- chisida, ishlayotganlar daromadining bir qismi olinib, davlat nafaqasi sifatida beriladi. Ikkinchisi, jamg’arib boriladigan pensiya tizimi bo’lib, unga ko’ra har bir xodim ishlagan paytidagi daromadining bir qismini pensiya jamg’armasiga o’tkazish orqali pensiya mablag’ini o’zi to’plab boradi. Ijtimoiy himoya siyosati aholining nochor qatlamlariga yordam berish, ularni qo’llab-quvvatlab turishga qaratiladi. Unga ko’ra o’zi ishlab pul topishga qodir bo’lmagan kishilarga budjet mablag’lari hisobidan moliyaviy yordam ko’rsatiladi. Daromadi kam kishilar soliqlardan ozod qilinadi, ularga turli nafaqalar beriladi yoki bir yo’la yordam ham ko’rsatiladi. Ijtimoiy yordam miqyosi muhtojlar soniga va davlatning moliyaviy imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi. XULOSAXulosa qilib aytganda iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish juda muhim vazifa hisoblanar ekan. Jumladan, bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda aralash iqtisodiyotni tartibga solish borasida davlat muhim vazifalarni bajaradi. Chunki, Davlat iqtisodiyotga faol aralashib, bozor mexanizmining amal qilishiga ko’maklashadi. Bozor munosabatlarini tartibga solishdan ko’zlangan asosiy maqsad bozor munosabatlarni muayyan va ma’lum yo’nalishlar asosida rivojlantirib, aholining turmush darajasini oshirish choralarini ko’rishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot qancha rivojlansa, kamol topsa aholi turmush darajasi ham shuncha rivojlanadi va yaxshilanadi. O’ylaymanki, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish Davlat uchun hozirgi kunda asosiy vazifalardan biriga aylangan. Iqtisodiyotni tartibga solishning Davlat mexanizmi taqozo etuvchi sabablardan biri ahilini inson salomatligiga va tabiatga ziyon yetkazuvchi omillardan himoya qilish zaruratidir. Shunday ekan bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo’jalik yurituvchi tadbirkor avvalo, o’zini o’ylaydi, o’z manfaati yo’lida faoliyat ko’rsatadi. Bu faoliyat ayrim hollarda tabiatga yoki inson salomatligiga ziyon etkazishi, davlat manfaatlariga zid kelishi mumkin. Shu bilan birgalikda davlat ixtiyorida bir qator moliyaviy, ya`ni iqtisodiy vositalar ham mavjudki, ular yordamida davlat xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning manfaatlariga bevosita ta`sir ko`rsata oladi. Soliqlar, sanatsiya va subsidiyalar ana shunday vositalarga kiradi. Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng kuchli va ta`sirchan vositasi hisoblanadi. Ular har qanday ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiladi. Shunday ekan, Davlat iqtisodiyotni rivojlantirish uchun harqanday chora va usullarni qo’llashi kerak. Hozirda mustaqil ta’limga alohida e’tibor berilmoqda. Shuning uchun ayrim mavzularni talabalar mustaqil tarzda o’rganishlari lozim. Buning uchun mavjud adabiyotlar, qo’llanmalar, ilmiy maqolalar, Prezident asarlari, jumladan gazeta va jurnal materiallaridan foydalanish kerak. Biroq u yoki bu boradagi fakt va raqamlardan foydalanilganda ularni chuqur tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Shundagina biz talabal yetuk mutaxassis bo’lib yetishamiz va bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ylaymanki mamlakatimizning iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirishda yetarlicha hissa qo’sha olamiz. O’zbekistonda eng past va eng yuqori daromad oladigan aholi guruhlari o’rtasidagi tafovut darajasi so’nggi yillarda 8 barobarga to’g’ri kelmoqda. Ijtimoiy siyosat daromadlarni tartiblash va ijtimoiy yordam uyushtirish orqali jamiyatdagi, turli ijtimoiy guruhlar hamjihatligini ta'minlashga qaratiladi. Bu bilan ijtimoiy beqarorlikning oldi olinadi va iqtisodiy o’sish uchun sharoit yaratiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling