Фарғона давлат университети Jahon tarixi kafedrasi Р. А. Арслонзода архившунослик бакалавриатнинг
MAF hujjatlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish
Download 195.79 Kb.
|
Архившунослик (маъруза матни)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAF hujjatlarini saqlash tartibi
MAF hujjatlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish
Миллий архив фонди ҳужжатларини давлат томонидан ҳисобга олиш ва сақлашни назорат қилиш мақсадида улар давлат рўйхатидан ўтказилади. МАФ таркибига киритилган барча ҳужжатлар уларнинг сақланиш жойи вa мулкчилик шаклидан қатъи назар, давлат рўйхатидан ўтказилиши шарт. Ўзбекистон Миллий архив фонди ҳужжатларини давлат рўйхатидан ўтказиш "Ўзархив" агентлиги ва у ваколат берган архив муассасалари томонидан амалга оширади. МАФга киритилган ҳужжатлар давлат рўйхатидан ўтказилгандан сўнг уларнинг эгаларига ягона намунадаги гувоҳнома берилади. MAF hujjatlarini saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo'lgan qismi qonun va boshqa meyoriy hujjatlarda belgilandan tartibda davlat arxivlari yoki davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalarining idoraviy arxivlarida saqlanadi. МАFning davlatga tegishli qismi hujjalarini sotish yoki xususiylashtirish mumkin emas. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi ushbu hujjatlarning egalari bo'lmish yuridik va jismoniy shaxslarning idoraviy yo shaxsiy arxivlarida yoki nodavlat arxivlarda saqlanadi. Bunday hujjatlarning egalari va saqlash joyi o'zgarganda, nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi yoki uning joylardagi organlarini ushbu hujjatlarning yangi egasi va ularning bundan keyingi saqlanish joyi to‘g‘risida xabardor qiladilar. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga taalluqli hujjatlarning egalari (nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar) ushbu hujjatlar shu maqsadda tashkil etiladigan arxivlar yoki idoraviy arxivlarda, shuningdek, jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari tarkibida doimiy saqlanishini ta’minlaydilar. Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar o‘z hujjatlarini davlat mulki qilib davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Bunday ishlar bitim (shartnoma) bilan, zarur hollarda hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish shartlari aniqlangan holda, rasmiylashtiriladi. Nodavlat korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar tugatilganda yoki shaxsiy arxiv hujjatlari egasi vafot etganda, vorislar va qonuniy merosxo‘rlar bo‘lmaganda ularning hujjatlari davlat mulkiga o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi hujjatlarini vaqtinchalik, shu jumladan, depozitar saqlashga davlat arxivlariga, muzeylarga va kutubxonalarga berishlari mumkin. MAFning davlatga tegishli bo‘lmagan qismi hujjatlarini vaqtincha, shu jumladan, depozitar saqlashga berish shartlari va tartibi hujjat egalari bilan davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalar o‘rtasida tuzilgan bitimlar (shartnomalar) da belgilanadi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi sotiladigan hollarda davlat arxivlari ularni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi. Hujjat egalari, kimoshdi savdosi tashkilotchilari, savdo-vositachilik tashkilotlari bo‘lajak sotishgacha kechi bilan bir oy oldin u to‘g‘risida aniq sotish vaqti va joyi ko‘rsatilgan holda “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalariga xabar berishlari zarur. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarning iltimosiga ko‘ra ularning arxiv hujjatlarini jamlashda, hisobga olishda, saqlashda va ulardan foydalanishda uslubiy yordam ko‘rsatadilar. Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishilganiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi muassasalari ularning arxivlariga hujjatlarni ilmiy-texnik ishlov berish, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, yig‘majildlarni ta’mirlash va muqovalash, arxiv hujjatlaridan foydalanish yuzasidan pulli xizmatlar ko‘rsatishlari, shuningdek, nodavlat arxivlariga boshqacha ko‘maklashishlari mumkin. Download 195.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling